O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

M ehnatkashlar ahvoli. 
Birinchi jahon urushi butun Rossiya 
imperiyasi, shuningdek, Turkiston o ik a si aholisining ham ahvolini 
og‘irlashtirdi. 1914 yil 26 iyulda Turkiston o ‘lkasi «favqulodda 
muhofaza holatida» deb e ’ Ion qilinib, mirshablik nazorati kuchaytirildi. 
Har qanday tashviqot, targ‘ibot ta’qiqlanib, tartib buzganlarga Maxsus 
qo‘mita tomonidan 500 rublgacha jarim a solish, yo o ‘n oy muddatga 
qamash huquqi belgilandi. Ammo, shunga qaramay, yangidan paydo 
bo‘lgan sosial-demokratlar va eserlar tashkilotlarining yashirin 
faoliyati davom etib, korxonalarda ish tashlashlar to ‘xtamadi. TRMB 
agenturasi 1914 yil iyulida Toshkent Bosh temir y o ‘l ustaxonalarida 
ishchilaming urushdan noroziliklari va hukumatga qarshi kayfiyatlari 
haqida xabar berdi.
Mavjud tuzumdan norozilik o ‘zbek ishchi, hunarmandlari 
o ‘rtasida ham kuchaydi. Hozirgi 0 ‘zbekiston hududida joylashgan 
425 sanoat korxonasidan 220 tasi paxta tozalash, 76 tasi k o ‘n-teri 
ishlab chiqarish, 32 tasi pilla quritish zavodlari bo‘lib, ularda 18 ming 
ishchi kuniga 12-14 soatdan og‘ir sharoitda mehnat qilgan. Temir 
y o ‘l ishchilari safida tub joy aholidan ishchilar 4,5-5 mingni tashkil 
qilgan. Xuddi shu temir y o ‘l sohasidagi qora ishda, qurilishlarda va 
malakali kasblardagi ishchilar inqilobiy firqalar ta ’siri ostida o ‘z haq- 
huquqlarini tanib, milliy o ‘zligini anglay boshlagan edilar. Toshkent 
Bosh temir y o i ustaxonalaridagi kurash qozonida qaynagan o ‘zbek 
ishchilari ularga yalovbardor boiishgan. Shulardan biri Qosim 
Eshmatov edi. Yetim qolgan bola qo‘shni rus temir yo ‘lchisining 
yordamida ishga joylashadi va o ‘zi kabi tengqurlari bilan inqilobiy 
kurashga tortiladi'.
1 0 ‘zbekiston tem ir yo'llari m ashinasozlik ishlab chiqarish birlashmasi (sobiq 
Toshkent tem ir y o ‘l vagon-ta‘mir zavodi) arxividan. K. Eshmatov shaxsiy ishidan.
500
www.ziyouz.com kutubxonasi


Kelajakda temir yo‘lchilaming quni-qo‘shnilari va hammahalla- 
dagilardan ko‘p kishi shu ustaxona ishchilari safidan jo y oldi. Shu 
jarayon shohidi bo‘lgan N. Muhamedov Mirobod mahallasida 
yashagani, unda rus temir yo ich ilari ko‘p b o ‘lib, ulaming bolalari 
bilan birga o ‘sgani, otasi Niyoz Rizamuhamedov va akasi Abdusamad 
Niyozovlar Toshkent Bosh temir y o ‘l ustaxonalarida ishlaganliklarini 
ham eslaydilar. Ustaxonada 1903 yildan beri ishlab kelgan aka-uka 
Haitboevlar qarindoshlari Yodgor va Olim Rahimovni va uning 
mahalladoshlarini o ‘z ishxonalariga kirishlariga yordam berishgan. 
«Ustaxonadagi ish mobaynida, - deb eslaydi Yodgor Rahimov, -
men va boshqa o ‘zbek ishchilari rus ishchilarining ichki dunyosini 
o ‘rgandik. Ular mamlakatdagi voqealar haqida bizga qaraganda 
ko‘proq narsalami bilisharkan. Kapitalistlar va pomeshchiklar 
manfaatini himoya qiluvchi jahon imperalistik urushi faqat ruslarga 
emas, balki o ‘zbek xalqiga ham k o ‘p uqubatlar keltirgan. Ishchilar 
o ‘rtasida norozilik kuchaya boshladi»1.
Binokor ishchi Jamol Kamolov ana shu jarayonni shunday 
eslaydi: «O g‘ir mehnat sharoiti o ‘zbek ishchilarining ongida ham 
ozodlik uchun kurashish kerak, chinakam kurash olib borish kerak 
degan tushunchani yuzaga keltirdi va mustahkamladi. 0 ‘zbek binokor 
ishchilari bilan sosial-demokratik tashkilot a ’zolari o ‘rtasida aloqa 
o ‘matish va uni mustahkamlash borasida M irzaahmad Mirhodiev 
katta rol o ‘ynaganini ham aytib o ‘tish lozim. Binokor ishchilardan 
Ochil Bobojonov va boshqalar ham sosial-demokratik tashkilot bilan 
yaqindan aloqa b o g ia b y o i-y o ‘riqlar olib turishdi. Bosh temir y o i
ustaxonalaridagi rus ishchilari biz bilan juda mustahkam aloqada 
edi. Majlis yoki boshqa biror y ig ilish o ‘tkazish m oijallansa, ular 
bizni M.Mirhodiev orqali ogoxlantirishardi. M.Mirhodiev majlis 
qaerda va qachon bo iish ini aytgach, O.Bobojonov, usta Bahrom 
Normuhamedov, X onxo‘ja U lug‘x o ‘jaev, A kbarxo‘ja Qosimxo‘jaev 
va boshqalar bilan birga Bosh ustaxonaga kelar edik. Bunday 
majlislarda ko‘pincha rus ishchilaridan A.Pershin va N.Finkelshteyn, 
o ‘zbek ishchilaridan O.Bobojonov va boshqalar chiqib so‘zlagani 
esimda»2.
Turkiston hunarmandlarining ahvoli ham o g ir b o ig an . Rus 
sanoati mollarining raqobati ulami xonavayron qilib, ko‘pchiligini 
oxiri ishchilar safiga olib borib qo‘shgan. O ikad ag i hunarmandlar 
soni 100 mingdan oshiq edi. Hunarmandchilik sanoati mahsulotining
' 0 ‘sha arxiv. N .M uhamedov shaxsiy ishidan. 
- 0 ‘sha joyda. Yo.Rahimov shaxsiy ishidan.
501
www.ziyouz.com kutubxonasi


qiymati esa o ik an in g fabrika-zavod mahsulotlari qiymatining 22 
foizini tashkil qilgan. Urush o ‘lkaning qoloq qishloq xo ‘jaligiga 
asoslangan iqtisodiyotiga ham katta zarar yetkazdi. Natijada o ‘lka 
aholisining 90 foizini tashkil etgan dehqon va chorvadorlaming 
ahvoli ham mushkullashdi. 1916 yildan o ‘lkaning asosiy ekini 
bo‘lgan paxtaning ekin maydoni ham, hosildorligi ham kamayib ketdi. 
Paxtaga ixtisoslashgan rus fabrikantlari, o ‘z navbatida paxta narxini 
barqarorlashtirishga intilib, oxiri hukumat yordamida tayyorlangan 
paxtaning qat’iy narxda b o ‘lishiga erishdilar. Ahvolni yaxshilash 
maqsadida Moskva shahrida paxtani qayta ishlash fabrikalarini 
xom ashyo bilan ta ’minlovchi qo‘mita ham tashkil etildi. M e’yoriy 
narxlaming belgilanishi paxtakorlaming noroziligini kuchaytirdi. 
Paxta topshirishdan ommaviy bosh tortish boshlanib ketdi. Natijada 
fabrikantlar ikki yil mobaynida belgilangan narxlarga m a’lum dara- 
jada qo ‘shimcha haq to ‘lashga majbur bo‘ldilar.
Dehqonlardan olinadigan rasmiy soliqlaming hajmi ham kun 
sayin ortib bordi. Turkistonda yer solig‘i 1914 yilda 6859021 rubl 
b o ig a n b o is a , 1916 yilga kelib buraqam 14311771 rublni, y a’ni ikki 
barobami tashkil qildi1. 1915 yilda esa maxsus harbiy soliq solinib, 
u paxtakorlar uchun har pud paxtadan 2 rubl 50 tiyinni tashkil qildi2. 
0 ‘sha 1915 yili soliqlaming umumiy miqdori 38329000 rublni 
tashkil qildi. Chor mustamlakachilari imperiya to ‘qimachilik sanoati 
manfaatlarini himoya qilib, paxtaga, bozor iqtisodiyoti qonunlariga 
xilof ravishda, qatiy narx - pudiga 24 mbl belgiladi. Natijada 
paxtakorlar bir yil ichida 60 million mbl zarar ko‘rdilar. Agar 1913 
yilda paxta narxi 50 foiz oshirilgan b o is a , boshqa zam r mollar 
narxi 400-500 foizga ko‘tarildi. Non narxi esa 6 barobar oshdi3. 
Chayqovchilik avj oldi. Sudxo‘rlik kuchaydi.
Oziq-ovqat ta ’minotining qiyinlashuvi sababli Turkistonda meh- 
natkashlaming noroziligi kuchaydi. Narx-navoning oshishi yirik 
yer egalari, kapitalistlar, savdogarlar va chayqovchilarga qo‘l keldi. 
Natijada ular katta foyda ko ‘ra boshladilar.
M ustamlakachilar Turkistondan urush yillari 59 million pud 
paxta, 8,5 million pud paxta yog‘i, 950 ming pud pilla, 2925 ming pud 
teri, 300 ming pud go‘sht, 229 ming pud sovun, 474 ming pud baliq 
olib ketishdi. Frontga aholidan 70 ming ot, 12 ming tuya, 38 ming 
kvadrat m etr gilam-namatlar, 2400 ming mbl naqd pul yig‘ib oldilar.


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish