« 0 ‘zbekistonning yangi tarixi» ilmiy-ommabop uslubda, Islom
Karimov ta ’limotiga asoslangan holda hamda tarixiy manbalar: asl
hujjatlar, esdaliklar, qo‘lyozma asarlar va o ‘sha davr tarixiga oid,
shuningdek, mustaqillik davri adabiyotlari asosida yozildi.
Shu o ‘rinda Prezident I.A.Karimov «Haqqoniy tariximizni bar
po etish ishini nimadan boshlash lozim?» degan savol qo‘yib, unga
javob berar ekan, «Avvalo, ko‘p ming yillik boy o ‘tmishimizni tadqiq
etishning yaxlit konsepsiyasini, y a ’ni
dasturini, ilmiy izlanishlar-
ning uslubini»1 aniqlashdan, tarixiyligini ta ’minlashdan boshlash
lozimligini uqtiradi. Demak, kitoblami yozishda tarixiylik, vorisiy-
lik va uzviylik tamoyillariga amal qilindi.
« 0 ‘zbekistonning yangi tarixi» uch kitobdan iborat.
Birinchi kitobda Turkiston o ‘lkasining chor Rossiyasi mus-
tamlakasiga aylanishi, uning sabablari, mustamlakachilik tuzumining
Turkiston xalqlari boshiga solgan zulmu bedodliklari atroflicha
yoritiladi.
Bu borada, xususan, quyidagi to‘rt masalaga to ‘xtalib
o ‘tiladi:
1. Chor Rossiyasi bosqini arafasida o ‘zbek xonliklari (Q o‘qon
xonligi, Buxoro amirligi, Xiva xonligi)dagi mavjud ijtimoiy-siyosiy
vaziyat.
2. 0 ‘rta Osiyo xonliklarining Rossiya tomonidan istilo
etilishi.
3. Chor Rossiyasining Turkistonni iqtisodiy-siyosiy, madaniy-
m a’naviy jihatdan t o i a mustamlakaga aylantirish uchun tutgan
siyosati va uning ayanchli oqibatlari.
4. Turkiston o ik a sid a milliy davlatchilikni tiklash va istiqlolga
erishish
uchun olib borilgan kurashlar, xalq harakatlari, jadidchilik-
ning dastlabki qadamlari.
« 0 ‘zbekistonning yangi tarixi»ning ikkinchi kitobida mam-
lakatimizning sho‘rolar tuzumi (1917-1991) davri tarixi tarixiy
manbalar va yangi tadqiqotlar asosida, xolisona bayon qilinadi.
Kitobda asosan quyidagi masalalar tahlil qilinadi:
1.
Bolsheviklaming m ash’um oktyabr (1917) to ‘ntarishidan
so ‘ng Turkiston xalqlarining milliy-ozodlik va istiqlol uchun olib
borgan kurashini bo ‘g ‘ib tashlashga qaratilgan siyosati hamda
mustabid sho‘ro diktaturasi o ‘matilgandan keyin soxta davlatchilik
faoliyati; mulkdorlar sinfi va mulkga egalik qilish tuyg‘usini
y o ‘qotishga
qaratilgan faoliyati; 0 ‘zbekistonda amalga oshirgan
1
Karimov I.
Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Т.: «Sharq», 1998, 30-bet.
4
www.ziyouz.com kutubxonasi
qatag‘onlik va sovet Rossiyasining Turkistonni paxta va umuman
xom ashyo manbaiga aylantirishi.
2. Markazning 0 ‘zbekistonni umumbashariy qadriyatlardan
chetlatishi, uning tabiiy va madaniy boyliklarini ayovsiz talashi,
paxta yakkahokimligini kuchaytirib, mamlakatni og‘ir ekologik
ahvolga tushirib qo‘yishi va buning oqibatlari.
3. Marksizm-leninizm ta ’limoti va kommunistik mafkura ta-
moyillari, g'oyalari va bayrog‘i ostida 0 ‘zbekistonda
barpo etilgan
«sosialistik jamiyat», uning manfaat hamda asl maqsadi. Shu bilan
birga, sho‘ro tuzumi davrida faoliyat ko‘rsatgan davlat va jamoat
arboblari, ilm-fan va madaniyat namoyandalarining ijtimoiy-siyosiy
va ilmiy-adabiy faoliyati, ulaming mamlakat va xalq oldidagi
xizmatlari va shaxsiy fojialari.
4. SSSRning tanazzulga uchrashi mantiqan va tarixan qonuniy
bir hoi ekanligi hamda m ash’um kommunistik ta ’limotning 0 ‘z-
bekiston xalqlari uchun tamoman yot va begonaligi.
« 0 ‘zbekistonning yangi tarixi»ning uchinchi kitobi mustaqillik
davri tarixini o ‘z ichiga oladi.
« 0 ‘zbekistonning yangi tarixi»ni
yaratishda ijtimoiy fanlar
vakillari, ayniqsa atoqli tarixshunos olimlar, jam oat arboblarining
bildirgan fikr-mulohazalari va ko‘maklari ham foydali b o ‘ldi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va
jam iyat qurilishi akademiyasining « 0 ‘zbekistonning yangi tarixi»
markazi buning uchun ularga samimiy minnatdorchilik izhor
qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi