taraqqiyot va inkishof y o iig a to ‘siq b o iib kelgan bu g ‘ovni
ortiq
kutmay oradan ko‘tarmoq lozim. Bizning butun umidimiz kelajakda
ham qo‘shni b o ia ja k Rossiyada Turkistonning mustaqillikka eri-
shishiga imkon beradigan va u mustaqil bo ig and an so‘ng ruslaming
taaddi va tajovuzlariga m one’ b o ia oladigan bir vaziyatning vu
judga kelishidir. Rossiyada qanday idora usuli b o iishidan qat’iy
nazar, mustaqilligimizni haqiqatda ham tanigan ruslarga qarshi bir
yomon fikrimiz boim asligi tabiiydir. Bizning bugungi tavajjuhimiz,
avvalo, o ‘zimizga, so‘ng boshqa g ‘ayri rus millatlaming bu y o id a
sobit va q uw atli boim oqlariga qaratilgandir. Biz ular bilan birgamiz
va mushtarak g ‘oyamizning amalga oshishida hamkorlarimiz bilan
birgalikda kurashamiz»'.
Xorijga ketishga majbur b o ig a n Ahmad 3akiy
Validiy Rossiya
siyosatini ro‘y-rost va atroflicha tadqiq etadi: «Rusiya Osiyoda g'oyat
uzoqni ko‘zlovchi siyosat ketidan quvuvchi va bu keng qamrovli
harakatlari hech qanday chek-chegara bilmagan, hirs va ishtahasi
esa kun sayin oshib boruvchi imperialistik davlatdir... Rus istilolari,
yangi-yangi o ik a lam i zabt etmoq va u yerlardagi qavmlami mada-
niy-iqtisodiy sharoitlar vositasida assimlyasiya qilib, ular hisobiga
kengayib, ko‘payib, kuchayib bormoq g ‘oyasini k o ‘zda tutadi»2.
Ahmad Zakiy Validiy To‘g ‘on ms podsholigi
siyosatini mohiyat
e ’tibori bilan yanada yuqori pog‘onaga k o ia rib davom ettirayotgan
sho‘ro Rossiyasi inustamlakachiligining asosiy y o ‘nalishlarini shun
day belgilaydi:
1. Rus imperializmi bilan kommunizm biri ikkinchisining da-
vomi b o iib , ulami ikki asos - tamoyil sifatida birlashtirgan Rusiyaga
tobe millatlarga va butun dunyoga lkkiyuzlama siyosat yuritmoq.
2. Rus millatining jahonga hokim b o iish g ‘oyasini «muqaddas
ideal» darajasiga ko ia rm o q va bu milliy g ‘oyani amalga oshirmoq
y o iid a tayyor turuvchi mutaassib va jangovor millat tayyorlamoq.
3. Har qanday vositalar bilan bo isad a, ms nufusini oshirmoq.
4. Ruslami Osiyoning yangidan ishg‘ol qilinajak yerlariga o ‘sha
lahzadayoq jo ‘nab keta oladigan darajada harakatchan, ayni paytda,
qo‘nimsiz b o iish in i ta ’min etmoq.
5. Istilo qat’iyatini ta’min etmoq uchun boshqamvdagi oliy
markaz va diktatorlik sistemasini mukammallashtirmoq.
1 Bugun ham xuddi shu fikrlar alohida
dolzarb ahamiyat kasb etib, tadqiqot-
chi bashoratini tasdiqlamoqda.
2
Validiy Ahmad Zakiy.
Turkiston masalasi. Berlin, 1924; Rus mustamlaka
siyosatining mohiyati va maqsadi. Vena, 1929. Bugungi turk eli va Turkiston Yangi
tarixi. Istanbul, 1981, 2-nashr, professor B. Qosimov tarjima qilgan.
13
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ahmad Zakiy Validiy fikrlari shu tariqa 20-yillar tarixshunosli-
gidagi tadqiqotchilik saviyasi b o ‘yicha erishilgan to iaq o n li ilmiy
xulosa boidi.Taniqli olim, m a’rifatparvar va jam oat arboblaridan
M ahmudxo‘ja
Behbudiy, Abdulla Avloniy, Fitrat, C h oipon, M unav
var qori Abdurashidxonov kabi o ‘zbek xalqining millatparvar fido-
korlarining 20-yillardagi matbuotda yoritilgan katta-kichik maqola-
larida Turkistondagi eski va yangi mustamlakachilik hamda istiqlol
kurashi tarixi yoritilgan va ular ham Turkiston tarixshunosligida o ‘z
o ‘mini topishi muqarrar. Munavvar qori Abdurashidxonovning 1927
yil 0 ‘zbekiston madaniyat xodimlari qurultoyida qilgan m a’ruzasi
Turkistonda chorizm siyosatiga qarshi, istiqlol uchun olib borilgan
kurash sahifalarini oydinlashtiruvchi nodir manbadir. Uning siyosiy
idora talabi bilan yozilgan jadidchilik harakati tarixiga bag'ishlan-
gan uch qismdan iborat xotiralari
ham ana shunday qimmatli
adabiyotlar sirasiga kiradi. Chorizmning mustamlaka istibdodi va
unga qarshi k o ‘tarilgan milliy-ozodlik harakatlari jadidchi Fozilbek
Otabek o ‘g ‘lining «Dukchi Eshon voqeasi» kitobida dalillar asosida
o ‘zining yorqin ifodasini topdi. Bu asarda rus mustabidlarining
ko‘chiruvchilik siyosati va istibdod zulmi boy dalillar asosida
yoritilgani e ’tiborga loyiqdir. Fozilbek Otabek o ‘g ‘li XIX asr oxir-
larida Turkistondagi vaziyatni o ‘sha davr shohidi sifatida ishonarli
tasvirlagan1. 20-yillar tarixshunosligida
birinchi b o iib , 1898 yilgi
Andijon qo‘zg ‘aloni rahbari Muhammad Ali eshon shaxsi
va uning
faoliyatini bevosita o ‘sha voqealar guvohi sifatida xolis baholab, o ‘z
fikrlarini zamondoshlar guvohliklari asosida ishonarli tarzda isbot-
lab bergan2.
20-yillarda shu tariqa chor Rossiyasining zulmiga qarshi qaratil-
gan inqilobiy va milliy-ozodlik harakatlari xususida turli qarashlar,
bir-biriga zid g ‘oyalar o ‘rtaga tashlandiki,
bu holat tarixiy tafakkur-
ning rivojlanishi hamda tadqiqotchilik saviyasining koiarilishiga
qulay zamin yaratdi. Bu davrda ham to ‘g ‘ri va xolisona fikrlar mav
jud. Unda s h o io tarixshunosligining otasi hisoblangan M.N.Pok-
rovskiy xizmatini alohida qayd etish kerak. Chor Rossiyasining
istilochilik qabohatini bir qadar xolis va haqqoniy baholagan Pok
1
Fozilbek Otabek o'g'li.
Dukchi Eshon voqeasi. Samarqand - Toshkent, 1927.
2 Bu mavzuga oid dastlabki koiyozm a asarlar XX asr boshlaridayoq yuzaga
kelgan edi. Bu o'rinda Qo'qon shahri qozisi Muhammad Yunus ibn Muhammad
Amin Toibning «Tuhfai Toib» (1905), Marg'ilon hokimi devoni kotibi Muhammad
Aziz ibn Muhammad Rizo Marg'iloniyning «Tarixi Aziziy» (1910) asarlarini
ko'rsatish mumkin. Mazkur asarlarda 1898 yilgi Andijon qo‘zg‘oloni va uning
rahbari Dukchi Eshon haqida ma’lumotlar keltirilgan edi.
14
www.ziyouz.com kutubxonasi
rovskiy fikricha, «Moskva imperializmi» XVI asrdan e ’tiboran hukm
surib kelayotgan bir davrda Yevropadan Osiyogacha b o ig a n buyuk
suv y o iin in g Qozondan Ashtarxonga qadar b o ig a n janubiy inti-
hosi zabt etilib, Boltiq dengiziga chiqish uchun uning shimoliy
nihoyasiga ko‘z tikish boshlangan edi.
M.N.Pokrovskiy rus imperializmining Kavkaz va O 'rta Osiyo-
da amalga oshirgan tajovuzini
Do'stlaringiz bilan baham: