Ha, bunday bunyodkorlik, qurilish-ta’mirlash ishlari bugun mamlakatimizning barcha hududlarida amalga oshirilmoqda



Download 113,36 Kb.
bet1/4
Sana16.07.2021
Hajmi113,36 Kb.
#121200
  1   2   3   4
Bog'liq
yul qurish


KIRISH
Mamlakatimizda kechayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamiridagi transport kommunikatsiyasini rivojlantirish, viloyatlardagi uy-joylar, mahallalar va magistral yo‘llarning o‘rtasidagi integratsiyani yaxshilashga qaratilayotgan doimiy e’tibor yo‘llar ravon, qishloqlar faravon bo‘lishida muhim omil bo‘layotir. Mamlakatimizning eng olis tuman va qishloqlari o‘zaro puxta bog‘landi, kommunikatsiya tarmoqlari zamonaviy asosda yangilandi.

Bu jarayonda nafaqat xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomagistrallarni, balki ichki yo‘llarni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilning o‘zida qariyb 28,1 kilometr ichki xo‘jaliklararo avtomobil yo‘llari va 36 pm 2 ta ko‘prikni ta’mirlash ko‘zda tutilgan edi. Bugunga kelib 10,1 kilometrlik yo‘llar va 36 pm ko‘priklar ta’mirdan chiqarildi. Buning uchun jami 3 milliard 84,5 million so‘mlik mablag‘ sarflandi.

Ha, bunday bunyodkorlik, qurilish-ta’mirlash ishlari bugun mamlakatimizning barcha hududlarida amalga oshirilmoqda.

– Ilgari bu yo‘llarda yurishga yuragimiz bezillardi, – deydi urgutlik haydovchi Bahtiyor Abdurahmonov. – Bir chuqurni aylanib o‘tmoqchi bo‘lsang boshqasiga duch kelarding. Yo‘l bo‘yi “ballonim yorilmasmikan, “xodovoy buzilmasmikan” deb xavotirlanib ketardik. Arzimagan masofaga qancha vaqtimiz sarf bo‘lardi, asabimiz buzilardi. Hozir yo‘llarimiz tekis, ravon va keng. Haydovchilar ham mashinani charchamay, asabiylashmay, halovatda boshqarayapti.

Avvallari qishloq bilan shahar o‘rtasidagi tafovut juda katta edi. Qishloq taraqqiy topsa, yurtimiz obod, hayotimiz farovon bo‘ladi, degan ezgu maqsad yo‘lida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari samarasida bugun qishloqlar shahar bilan bo‘ylashmoqda. Namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan turar joy massivlarida zamonaviy turdagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari ham bunyod etilmoqda. Tabiiy gaz va suv quvurlari, elektr uzatish tarmoqlari bilan bir qatorda, keng va ravon yo‘llar qurilmoqda.

Bularning barchasi xalqimizning hech kimdan kam bo‘lmay yashashi, munosib hayot kechirishi yo‘lida olib borilayotgan amaliy ishlarning o‘ziga xos samarasidir.

Prezident avtomobil yo‘llari bo‘yicha yangi qarorni imzoladi.

Avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanish sohasida ishlarni tashkil etishning ilg‘or xorijiy uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligi telegram-kanali xabariga ko‘ra, qaror bilan avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanish sohasidagi ustuvor vazifalar belgilandi.

Shuningdek, endilikda yo‘l qurilishini rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etish uchun yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalari jalb etiladi. Xususan, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mita 2018 yil 30 dekabrgacha Germaniya tajribasini o‘rgangan holda xorijiy konsultant ishtirokini ta'minlaydi.

Ushbu Rivojlantirish strategiyasi avtomobil yo‘llari sohasiga zamonaviy standartlar va texnologiyalarni joriy etish, 2020-2040 yillarda yo‘llarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqishga yo‘naltiriladi.

Hukumat avtomobil yo‘llari sohasida zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalarni tashkil etish, avtomobil yo‘llari va sun'iy inshootlarini loyihalashda nemis kompaniyalari – “OBERMEYER Panen+Beraten GmbH”, “Lahmeyer Internetional GmbH”, “Lomb Ingenieurgesellschaft mbH”, “INROS LACKNER SE” va boshqalar bilan hamkorlik o‘rnatish uchun ishchi guruh tashkil etadi.

Qaror bilan Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasiga 2019 yil 10 fevralgacha avtomobil yo‘llarini qurish va ta'mirlash sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazini tashkil etish bo‘yicha taklif ishlab chiqish vazifasi yuklandi.

Moliya vazirligi avtomobil yo‘llari sohasida davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlarini ko‘radi.

2019 yildan boshlab yo‘l xo‘jaligida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olishni ko‘zda tutadigan tartib bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Shuningdek, qaror bilan 2018-2019 yillarda yo‘l qurilishi sohasida ilg‘or xorijiy uslublarni joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.




Download 113,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish