1. Em-xashak ekinlarining ahamiyati va biologik guruhlari. Beda- asosiy em-xashak ekini. Qizil sebarga va bargak ekini



Download 36 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi36 Kb.
#375204
Bog'liq
1404451748 53326


Em-xashak ekinlari

Reja:
1. Em-xashak ekinlarining ahamiyati va biologik guruhlari.



2. Beda- asosiy em-xashak ekini.

3. Qizil sebarga va bargak ekini.

4. Qo’ng’irboshli em-xashak ekinlari
Em-xashak ekinlarini ekishdan maqsad-chorvachilikda talab qilinadigan har xil ozuqalarni etishtirish. O’tlar to’yimliligi bilan ajralib turadi, tarkibida ko’pgina vitaminlar mavjud. O’t ekilgan ekinzor tuproqni suv va shamol emirilishidan saqlaydi, tuproqni unumdorligini oshiradi, chirindining miqdorini ko’paytiradi. Bir yillik o’tlar takroriy va oraliq ekin sifatida bandli shudgorda ekilib erni erta bo’shatadi. Em-xashak o’tlari juda keng tarqalgan.

Em-xashak ekinlari 4 ta biologik guruhga bo’linadi:

a) ko’p yillik dukkakli o’tlar - beda, qizil sebarga, qashqarbeda, bargak.

b) ko’p yillik qo’ng’irbosh o’tlar- ko’p o’rimli mastak, bo’ychan mastak, oq so’xta, erkak o’t, o’tloqi qo’ng’irbosh, yaltirbosh, ajriqbosh.

v) bir yillik dukkakli o’tlar - shabdar, bersim, vika.

g) bir yillik qo’ng’irbosh o’tlar- sudan o’ti, bir yillik mastak qo’noq.

Beda muhim ko’p yillik dukkakli o’t bo’lib, uning tarkibida shonalash davrida o’rtacha 20,3% oqsil, 3% yog’, 26,3% to’qima, 40,7% azotsiz moddalar va 0,8% kul bo’ladi. Eng to’yimli qismi barg hisoblanadi. ko’kati sernam bo’lib, tarkibida 75% suv bo’ladi. Beda agrotexnik ahamiyatga ega ekin-tuproqning unumdorligini oshiradi, chirindi ko’payadi, tuproqning xossalari yaxshilanadi, mikroorganizmlarning hayot faoliyati yaxshilanadi, sho’rlanish kamayadi.

Beda qadimdan ekilib kelinayotgan ekin, er yuzida keng tarqalgan, ekin maydoni 30 mln.ga. Vatani Osiyo mintaqasi. O’zbekistonda bedaning ko’p turlari tarqalgan, ekin maydoni 200 ming. Ga atrofida. Pichan hosili bedaning yoshiga qarab 20-200 tsG’ga gacha bo’ladi. Urug’ hosili navlarning biologik imkoniyati bo’yicha 5ts ishlab chiqarishda 1-3 tsG’ga urug’ olinadi.

Beda dukkakliklar oilasi- Fabacea, avlodi- Medicago L ga kiradi, 50 ta turi aniqlangan. Eng ko’p tarqalgan turi ko’k beda- ko’p yillik, ildizi yaxshi rivojlanib, tuproqning 10 m chuqurligiga kirib boradi. Ildizida tuganaklar rivojlanib, bir gektar maydonda 2-3 yillik beda 250-400 kg sof modda hisobida azot to’playdi. Beda issiqlikni ko’p talab qilmaydi, urug’i 1-50C da unib chiqadi, muqobil harorat 18-220S. Beda 10-150C sovuqqa chidaydi. Qor qalin yog’gan yillari yaxshi qishlaydi.

Beda namsevar o’simlik, maysalanishi davrida 100-120% suv sarflaydi, transpiratsiya koeffitsienti 600-800 bo’ladi, suvni shonalash davrida ko’p talab qiladi. Beda yorug’sevar uzun kun o’simligi, boshqa ekinlar bilan qo’shib ekilganda kam shoxlanadi, barg soni kamayadi. Ozuqa talabchan 50ts. Pichan olish uchun 110 kg kaliy, 36 kg fosfor, 120 kg azot, 145 kg kaltsiy. Beda har xil tuproqlarda ekiladi, tuproqning sho’rini kamaytiradi, begona o’tlardan tozalaydi.

Navlari: Aridnaya, Boygul, Tashkentskaya-1728, Tashkentskaya 1, Tashkentskaya 2009, Tashkentskaya 3192, Xorezmskaya 2, Xivinskaya metsnaya.

Beda g’o’za, kanop, tamaki, kuzgi bug’doy, sholi, makkajo’xori, moyli va sabzavot ekinlaridan bo’shagan erlarga ekiladi. O’tmishdosh ekinlarning hosili yig’ilgandan so’ng talab qilinsa disklanadi va 7-10 kundan keyin 22-25 sm ga haydaladi. Erta bahorda borona qilinadi, ekishga yaqin, engil tuproqlarda mola bosiladi.

Beda ozuqaga talabchan ekin. Bir gektarga 10-15 t go’ng, 90-120 kg fosfor, 50-75 kg sof modda hisobida kaliy solinadi.

Beda biologiyasi bo’yicha bahori ekin. Ammo uni bahorda, yozda, kuzda ekish mumkin. Sharoitga qarab shu muddatlarda ekiladi. Beda yoppasiga qatorlab yoki tor qatorlab ekiladi. Bunda qatorlarning orasi 13-15 yoki 6,5-7,5 sm bo’ladi, beda sof holda yoki boshqa em-xashak ekinlari yuilan ekiladi. Bedani urug’i 12-18 kg, boshqa o’tlar oq so’xta 6-8 kg, ko’p o’rimli raygras 6 kg, sudan o’ti 12 kg, shabdar 4-6 kg ekiladi. Beda urug’ini ekish chuqurligi 1-3 sm.

Ekish bilan bir vaqtda sug’orish uchun egat olinadi. Bedaning har o’rimi 1-3 marta sug’oriladi. Urug’ uchun qoldirilgan o’rim bir marotaba kam sug’oriladi, sug’orish me‘yori 600-800 m3G’ga. Qo’shimcha oziqlantirishda faqat fosforli o’g’itlar beriladi.

Ko’kat va pichan tayyorlash uchun beda shonalash davrini oxirida va gullash davrini boshlanishida o’riladi. Urug’ olish uchun dukkaklarni 70% etilganda o’riladi va xirmonda quritilib, yanchiladi. Saqlanadigan urug’ning namligi 13% dan oshmasligi lozim.

Qizil sebarga va bargak ko’p yillik dukkakli o’tlar bo’lib, bu ekinlardan ko’kat, pichan, pichan uni tayyorlanadi. 1 kg pichan tarkibida 0,55 ozuqa birligi va 70 g oqsil bo’ladi. Senaj tayyorlanganda barg kam to’kiladi, to’yimliligi oshadi.

O’tlar agrotexnik ahamiyatga ham ega, tuproqda organik modda va 120-150 kg biologik azot to’planadi. Ikkala ekin ham er yuzida keng tarqalgan, qizil sebarga ko’proq nam etarli, bargak esa qurug’lik mintaqalarda ko’proq ekiladi. Bargak asal beruvchi ekin ham.

Pichan hosili 20-120 tsG’ga, urug’ hosili o’rtacha 6-18tsG’ga.

Qizil sebarga va bargak dukkakliklar oilasiga mansub, qizil sebarga Trifolium pratense L, bargak Onobruchis viciafolia Scop. Bu o’tlar uzun kun o’simligi, yorug’sevar. Qizil sebarga sovuqga chidamli, -15oS gacha sovuqqa chidaydi. Bir o’rim pichan etishtirish uchun foydali harorat yig’indisi 600-9000C. Kamsevar o’simlik, unib chiqish uchun 120% suv sarflaydi. Shonalash davrida 1t pichan etishtirish uchun 3 kg azot, 9 kg fosfor, 22 kg kaliy sarflanadi. Qizil sebarga 2-3 yil yaxshi hosil beradi.

Bargak kserofit yaxshi rivojlangan ildizi tuproqning chuqur qatlamlaridan suv o’zlashtiradi. Muqobil harorat 18-20oS. Sovuqqa chidamli. Bir tonna pichan tayyorlash uchun 7-8 kg fosfor, 18-20 kg kaliy, 11-12 kg kaltsiy sarflanadi. Bir o’rim pichani 60-65 kun, urug’i uchun 110-120 kun talab qilinadi.

Navlari: O’zbekistonda qizil sebarganing UzROS-73, Uzbekitsanskiy 3, bargak (espartset)ning Milyutinskiy 2, navlari ekiladi.

Qizil sebarga va bargak em-xashak, dala, g’o’za almashlab ekish tizimlariga qo’shiladi. Don, texnik, moyli ekinlardan bo’shagan erlarga ekiladi. Urug’i mayda bo’lganligi uchun erni holatiga talabchan, sifatli ishlov berish talab qilinadi. Asosiy ekish muddati bahor, boshqa muddatlarda am ekish mumkin.

Ekish yoppasiga qatorlab sof holda yoki qo’ng’irboshli o’tlar bilan aralashtirilib amalga oshiriladi. Ekish me‘yori 3-4 mln dona, qizil sebarga urug’ini vazni 8-10 kg, bargakdan 30-40 kg ekiladi.

Yuqori sifatli pichan tayyorlash uchun shonalash-gullash davrini boshlanishda o’riladi va tezda qabul qilingan texnologiya bo’yicha pichan g’aramlanadi yoki yangi usulda zichlashgan, maydalangan pichan tayyorlanadi. Saqlanadigan pichan namligi 17-20% bo’lishi lozim.

Qo’ng’irboshli o’tlar guruhiga ajriqbosh, yaltirbosh, mastak, erkako’t, oqso’ta, sudan o’ti, qo’noq kabi ekinlar kiradi. Dukkakli ekinlarga nisbatan bu o’tlarning to’yimliligi pastroq, ammo hosili yaxshi, tashqi muhitga chidamli, yaxshi chim hosil qiladi, bir maydonga 5-7 yil hosil beradi. Ajriqboshning ko’katida 14%, yaltirboshda 13%, sudan o’tida 11% oqsil bo’ladi. Qo’ng’irboshli o’tlardan pichan, silos, senaj, pichan uni tayyorlanadi. Tuproqda organik modda to’planadi, suv va shamol eroziyasidan saqlaydi. Shaharlarni ko’kalamzorlashtirishda ham foydalaniladi. Qo’ng’irboshli o’tlar er yuzida keng tarqalgan. Yaylovlar barpo etishda asosiy o’rinni egallaydi.

Pichan hosili 20-100 tsG’ga, urug’ hosili 2-8 tsG’ga. Ko’p yillik qo’ng’irboshli o’tlar ko’p tuplanadi, shuning evaziga vegetativ ko’payish ro’y beradi. Yangi rivojlangan poya sonlari tez ko’payib boradi. Tuplanish vaqtida hosil bo’ladigan poyalar mahsuldor, to’la rivojlanmagan gulto’plamlar bilan vegetativ va gulto’plami mutlaqo rivojlanmagan serbargli vegetativ poyalar rivojlanadi.

Ko’p yillik qo’ng’irboshli o’tlar biologiyasi bo’yicha kuzgi, yarim kuzgi va bahorgi guruhlarga bo’linadi. Kuzgi o’tlar yarovizatsiya davrini uzoq muddatda o’tadi, birinchi yili meva hosil qilmaydi, ikkinchi yili bir o’rim, urug’ hosili va bir o’rim pichan olish mumkin. Bu guruhga oqso’xta kiradi. Yarim kuzgi o’tlarda yarovizatsiya davri o’rtacha muddatda o’tadi, bir mavsumda 2 ta urug’ o’rimi etiladi. Bu guruhga erkak o’t va yaltirbosh kiradi.

Bahorgi o’tlarda yarovizatsiya davri qisqa muddatda o’tadi, birinchi o’suv yilida urug’ beradi, keyingi yillarda 2-3 ta pichan o’rimi etiladi. Bu guruhga ajriqbosh, bug’doyiq, mastak turlari kiradi.

O’tlarning hammasi uzun kun o’simliklari. O’tlar balandligiga qarab balanb bo’yli, o’rta bo’yli va past bo’yli bo’ladi. Tuplanish darajasiga qarab g’ovaktupli va zich tupli bo’ladi. o’tlarni orasida namsevar o’simliklar - bu ajriqbosh, qurg’oqchilikka chidamli va issiqsevar o’simliklar - erkak o’t, bug’doyiq. Ko’p yillar davomida hosil beradigan o’simliklar - ajriqbosh, erkak o’t, yaltirbosh. Bu o’simliklar sovuqqa chidamli bo’ladi.

Urug’i 2-30C da unib chiqadi, qishlab chiqqandan so’ng 5-70C da o’sishi davom etadi, muqobil harorat 10-120C.

Qo’ng’irbosh o’tlar har xil dala ekinlaridan bo’shagan erlarga ekiladi. Ekish muddati: kuz, bahor, yoz. Eng muqobil ekish muddati kuz. Tuproqqa ishlov berish bedaniki singari amalga oshiriladi. Ekish usuli yoppasiga qatorlab yoki tor qatorlab, sof holda yoki dukkakli o’tlar bilan qo’shilib ekiladi. Ekish chuqurligi 1-3 sm, ekish me‘yori:

a) ajriqbosh - 8-10 mln donaG’ga.

b) yaltirbosh - 4 mln donaG’ga.

v) oq so’xta - 6-7 mln donaG’ga.

g) mastak - 3-4 mln donaG’ga.

d) erkako’t - 4-5 mln dona.

Urug’ olish uchun keng qatorlab ekiladi; shunda ekish me‘yori:

a) ajriqbosh - 4-5 mln donaG’ga.

b) yaltirbosh - 2 mln donaG’ga.

v) oq so’xta - 3-4 mln donaG’ga.

g) mastak - 2-3 mln donaG’ga.

d) erkako’t - 2-3 mln dona.

Tez ko’kartirib olish uchun urug’ ekilgandan boshlab sug’oriladi. Har o’rimi 1-3 marotaba sug’oriladi.



Pichan uchun ro’vaklanish davrida o’riladi. Urug’ olish uchun dumbul pishishida ikki bosqichli usulda yig’iladi yoki to’la etilganda kombaynlar yordamida yig’ish mumkin.

Adabiyotlar:


  1. Karimov I. A. «Kishlok xujalik tarakkiyoti tukin xayot manbai» Oliy Majlisning 10-sessiyasida suzlagan nutki. Toshkent 1997 y.-

  2. Otaboeva. X. va boshkalar. «Usimlikshunoslik». Toshkent. Mexnat. 2000 y.

  3. Yormatova D. «Usimlikshunoslik» Toshkent Shark 2007 y.

  4. E. T. Shayxov va boshkalar Paxtachilik. Toshkent Mexnat 1997 y

  5. Chirkov V. N. «Usimlikshunoslik» Toshkent, Uzbekiston. 1994 y.

  6. Kerefov K. N. «Biologicheskie osnovo’ rastenievodetvo» Vo’sshaya shkola. M. 1982 g.

Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish