1886
yilda V.P.Nalivkin tomonidan rus zobitlari uchun o ‘zbek tilini
o ‘rganish kurslari ochildi. U ikki yil davomida 50 ga yaqin zobitni o ‘z
atrofiga to ‘pladi. Nalivkin o'zbek tilini o ‘rganishga oid qo‘llanmalar,
lug‘atlar va boshqa asarlami yozib nashr ettirdi1.
Birinchi rus-tuzem
maktabiga rahbarlik qilgan V.P.Nalivkin mukofotlanganlardan biri
bo‘lgani tasodifiy emas.
Shaharlarda ochilgan bilim yurtlari ham ruslashtirishning
muhim o ‘chog‘i bo‘lib xizmat qildi. Ular rus-tuzem maktablaridan
intematlari bilan ajralib turgan. Intematda o ‘zbek, qirg‘iz, qozoq
bolalarining rus tengdoshlari bilan birga yashab, rus tilini yaxshi
o ‘zlashtirishlari mustamlakachilarga ayon b o id i.
Shuning uchun
ham Turkiston general-gubematori M.G. Chemyaev (1882-1884)
Chimkent shahar bilim yurtini kengaytirish uchun 100 ming rubl
ajratgani va ana shu bilim yurtida o ‘qishni istagan xotin-qizlar uchun
pul mukofoti ta ’sis etgani bejiz emas, albatta. 0 ‘sha Chemyaev
shveysariyalik Genrix Mozer bilan suhbatda uning turkistonliklami
«ruslashtirishni qachon oxiriga etkazasiz?» degan savoliga sipoh-
larga xos jangarilik bilan «mahalliy aholi rus arog‘i va tamakisiga
o'rganib bo'lgandan keyin», deya javob bergan.
Toshkentning Eski shaharida uzoq
yillar davomida polisiya
boshlig‘i lavozimida ishlagan N.S.Likoshinning o ‘zbek bolalarining
bilimga chanqoqligi va tabiiy qobiliyatlariga baho bergani diqqatga
sazovordir. U Sodiq degan bolaning rus tilini o ‘rganish uchun uning
uyida m a’lum vaqt yashagani va shu vaqt ichida kunt va sabot bilan
ms tilini mutolaa qilganini hikoya qiladi. Sodiq Likoshinning qizlari
bilan birgaliqda dars qilib, og'zaki so‘zlashuvni
ham yaxshilab
o ‘rganib oladi. «Men, - deb yozgan edi N.S.Likoshin, - ms-tuzem
maktabida o ‘qimay, eski maktabni bitirib to ‘g ‘ri shahar bilim yurtiga
kelgan bolalami ko‘rganman. Ruslar orasida yurgan bu bolalar
tezda o ‘z tengdoshlari bilan chiqishib, ruscha biyron gaplashadigan
bo‘lib ketishdiki, hatto rus-tuzem maktabidagi
tengqurlarini ham
bu borada ortda qoldirib ketdilar. Buning asosiy sababi mahalliy
bolalaming rus bolalari bilan birga bo‘lishidadir. 0 ‘yinlarda va bolalik
m ashg‘ulotlarida og‘zaki nutq tez rivojlanadi»2. Likoshin ms tilini
o ‘zbek bolalari maktab doirasidagina emas, balki ms tengdoshlari
bilan o ‘zaro suhbatda va muloqotda o ‘rganishi samarali b o iish in i
alohida ta’kidlagan. Oliy lavozimdagi mustamlaka m a’murlari
mslashtirish siyosatida Turkiston yoshlariga e ’tibomi kuchaytirgani
1
Bendrikov K.E.
K o‘rsatilgan asar, 79-bet.
2Ликошин Н С.
Полжизни в Туркестане. Петроград, 1916, стр. 78.
332
www.ziyouz.com kutubxonasi
bejiz emas, albatta. Ular mahalliy xalqni idora qilish kelajagini yoshlar
orasidan tarbiyalanadigan sodiq qullarda ko‘rdi
va shu maqsadda
ulaming imperiya markaziy shaharlariga sayohatini uyushtirdilar.
1898-1899 yillarda shaxsan general-gubemator tashabbusi va
faol ishtiroki bilan dastlab katta yoshdagi turkistonliklami, so‘ng
o ^uvchilam i Yevropa Rossiyasiga sayohatga yuborishdi. Kuzatilgan
maqsad haqida Turkiston o ‘lka bilim yurtlari bosh inspektori
F.Kerenskiy shunday fikr bildirgan: «Sartlar va qirglzlarning bolalari
Rossiya ulug‘vorligini, qudrati va boyligini k o ‘rib, aholisining
mashg‘ulotlari, mehnat unumi, sanoati va savdo-sotig‘i bilan tanishib,
bu haqda uzoq eslab, boshqalarga gapirib yurishadi.
Ular buyuk oq
podshohning qudratli panohida faqat ruslargina emas, boshqa o ‘zga
elatlar ham osoyishta kun ko‘rayotganiga guvoh boiishadi».
Birinchi sayohatchilami 1899 yilda harbiy vaziming shaxsan o ‘zi
qabul qilib. ulami «aziz mehmonlar» deb atadi va muloyim tarzda
suhbatlashdi. Vazir ularga sovg‘a tariqasida 300 rubl berdi. Sarskoe
seloga tomoshaga yuborib, ularga yo‘1 boshlovchi qilib general
shtab
polkovnigini tayinladi. Bu joyda imperator Nikolay II harbiy bilim
yurti yunkerlari ko'rigini o ‘tkazmoqda edi. Zivoratchilar Sarskoe
seloda ko'rikni kuzatishayotgan paytda ularning oldiga general shtab
boshlig‘i, imperatorning amakisi buyuk knyaz kelib k o iin ish berdi.
K o'nkdan so'ng Rossiya imperatori Nikolay II va uning rafiqasi
Mariya Fedorovna ular bilan suhbatlashdi. Toshkent, Samarqand,
Andijon, Q o ‘qon kabi yirik Turkiston savdo-sanoat
shaharlandan
kelgan, 14-18 yoshlardagi 15 o ‘zbek, 2 qozoq, 1 tojik o ‘quvchi
«davlatpanoh imperator» oq podshohning iltifotiga sazovor bolishdi.
Turkiston yoshlari ikki oy davomida Sankt-Peterburg, Moskva va
Rossiyaning boshqa yirik shaharlarini tomosha qilishdi.
Keyingi ikki
ekskursiya ham shunday dabdabali tarzda yakun topdi1.
Rus amaldorlariga ruschani yaxshi bilgan va xalq ko'zini ochib,
g'allat uyqusidan uyg'otadigan ziyolilar kerak emas edi. Mustamlaka
m a’muriyati Turkiston ziyolilari katta mansabga erishsa, o ‘z xalqi
uchun xizmat qilishlari va mustamlaka tartiblariga qarshi chiqishlari
mumkinligidan xavfsirashgan. Ana shunday nuqtai nazardan kelib
chiqib, mustamlaka m a’muriyati o ik a aholisi rus tilini tabiiy
ravishda va ixtiyoriy tarzda
o iganadi deyish xomxayoldir, buning
uchun ham zo'rlik, ham ustamonlik darkor, degan xulosaga keldi.
Bu o'rinda Toshkentdagi erkaklar gimnaziyasida 1899 yil fevral
oyida shahar jamoatchiligi bilan b o ig a n bir y igindagi voqea
1
Do'stlaringiz bilan baham: