N.Ilminskiy
fikrlarini amalda podsho xukumatidan ham o ‘tkazib yuborgan
mustabid Sovet tuzumi siyosatini eslab o'tish maqsadga muvofiqdir. 0 ‘zbekistonga
markaz qanday odamlarni rahbarlikka qo'ygani barchaga m a’lum haqiqatdir.
Bu parchani tarix fanlari doktori B.VLunin Sankt-Peterburgdagi adabiyot
arxividan (SGALI) topib ilmiy muomalaga kiritgan.
1
V.Bartold
o ‘zining «Turkiston madaniy hayoti tarixi» (История культурной
жизни Туркестана) kitobida bu haqida batafsil m a‘lumot beradi.
339
www.ziyouz.com kutubxonasi
ulaming farzandlari b o ig a n ovrupoliklar ham butun dunyoning
mevalariga to'ym aydilar»1.
M uallif fikricha, XIX asr Yevropa madaniyati bilan qadim
Rim madaniyati mohiyatan bir xil. Qurollar, usullar, o in a k la r
o ‘zgargan xolos, natija va samara eskicha. Kitobda qadim Rim ota,
zamonaviy Evropa esa uning bolalariga o'xshatiladi. Shuning uchun
ham rimliklarning XIX asrdagi farzandlari - evropaliklar butun
dunyo mevalariga to ‘ymaydilar. Ota-bolalaming adolat haqidagi
mshunchalari ham adolatsizliklarga to ia , ular madaniyatining asosiy
nuqsoni shundaki, ularda haqqoniyat yo ‘q.
Gasprinskiy Yevropani Rim vorisi sifatida baholashida katta
m a’no yashiringan edi. CTquvchi XVI asrda rus podshosi Ivan
Grozniyning «Moskva ikkinchi Rim, uchinchisining bo'lishi mumkin
emas» degan iborasini eslashlari turgan gap edi. Rus shovinistlari
buni yaxshi anglab, Gasprinskiyni yomon k o iib qolishdi. Ulami
Ismoilbek Gasprinskiyning yana bir kitobi - 1892 yilda nashr qilin-
gan «Madaniyati islomiya» kitobi ham tanqid tig ig a olishdi. Bu
kitob ham mustamlakachilarga muxolifat tarzida yozilgan b o iib ,
Rossiya musulmonlari o'rtasida keng ommalashib ketib, taraqqiypar-
var ziyolilaming sevimli kitobiga aylandi. Ularda milliy ruh. ong,
o'zlikni anglash kayfiyatini ko‘tardi. Gasprinskiy unda Yevropa
ilm-fani bilan islom axloqi xamkorligida yangi umuminsoniy
madaniyat masalasini ilgari surgan edi. M uallif Yevropa va Sharq
madaniyati - islom madaniyatiga ta 'rif beradi, uning zamini va
rivojini tahlil qiladi. Gap shundaki, madaniyat hech qachon y o lg iz
bir millatga yoxud mamlakatga tegishli emas. Turli sabab va sha-
roitga k o ia birida ozroq, ikkinchisida ko‘proq yoxud birida bir.
ikkinchisida boshqa jihati nisbatan farqli rivojlanishi mumkin. Bir
vaqtlar Yevropa undan bebahra qolgan edi, endilikda uning Osiyodan
o ‘zib ketganligi barchaga ayon. Hozirda osiyolik ot-eshak, qayiq
bilan o 'n kunda yuradigan y o in i Yevropa temir y o i yo paraxod-
da bir kunda bosib o ia d i. Bu madaniyat darajasining samarasidir.
M uallif fikricha, ayni paytda bu samara butun insoniyatnikidir.
Kimki, bu y o id a xizmat kilsa, insoniyatga xizmat kilgan b o ia d i.
Shu jihatdan musulmon olami insoniyatga nima bergani va qanday
xizmat qilgani xususida Gasprinskiy boshqa olim, siyosatchilarga
qarama-qarshi fikr yuritadi va bu xususda mustaqil mulohazalar
bildiradi. U islom madaniyati xususida to'xtalib u birgina arab
' Iqtibos « 0 ‘zbekiston adabiyoti va san’ati» xaftaiigida bosilgan matndan
(1996 yil 26 yanvar soni) keltirildi.
340
www.ziyouz.com kutubxonasi
madaniyatidan iborat emasligini, arab madaniyati deb cheklashla-
riga qarshi chiqadi. Shunday b oiganda, deb uqtiradi muallif,
fransuz, ingliz, nemis ziyolilari bunyod etgan ilm-fanni «lotin
madaniyati» deyish kerak, chunki ular shu tilda yozilgan. Biz
unday demaymiz va to ‘g ‘ri qilamiz. Islom madaniyatini ham yolg'iz
arablar yaratmadilar. Unda turk, fors, hind va boshqa qavmlaming
ham ulushi bor.
Gasprinskiy fikrini davom ettirib, islom madaniyatining antik va
zamonaviy Yevropa madaniyati bilan o ‘zaro munosabati masalasiga
ham oydinlik kiritadi. Insoniyatning eng qadim madaniyati Misr,
Turon va yunon madaniyatidir. Zamonaviy madaniyat esa Yevropa
madaniyati b o iib turibdi.
Gasprinskiy shunday savolni o ‘rtaga tashlaydi. X o'sh, islom
madaniyatining o'm i qaerda? Yevropa olimlarining ko‘pchiligi bu-
gungi Yevropa madaniyati qadim Yunon-Misr madaniyatining davom-
chisi deyishadi. Ammo Yevropa madaniyatni to ‘g ‘ri yunondan olgan
b o ‘lsa, nima uchun ming yil uni olmasdan kutib o ‘tirdi? Shunday
savolni o ‘rtaga tashlagan m uallif yunon madaniyati Yevropadan
oldin islom dunyosiga yoyilgani, musulmonlar uni taraqqiy qildirib,
nuqsonlarini kamaytirib Evropaga topshirganlarini asoslaydi. Aris-
totcl. Platon kabi mashhur yunon olimlari asarlarini Evropaga tanit-
gan musulmon allomalari ekaniga urg‘u beradi1.
U islom olamidan uzoq yunon madaniyati musulmonlar olamiga
qanday kirib kelganiga doir aniq fakt-misollar keltiradi. Gasprinskiy
yunon madaniyati musulmon dunyosiga VIII asrda xalifa Abu Ja’far
Abdulloh al-mansur xukmronligi davrida kirib kelganini yozib,
xalifa Xorun ar-Rashid (785-809 yil) Fransiya kiroli, Mukaddas Rim
imperiyasi imperatori Buyuk Karl (7 4 2 -8 14)ga yuborgan sovg'alar
orasida zang chaladigan soat boMgani va u barchani hayratga solganini
uqtirib o'tadi.
Gasprinskiy turkiy xalqlaming o ‘tmish, madaniyatini, ruhiyatini
teran anglash, uning keyingi asrlarda taqdir taqozosi bilan tushib
qolgan tutqun va turg'un turmushini teran idrok etish unga y o i izlash
g'oyasini 1900 yilda Bokuda bosilgan «Turkiston ulamosi» kitobida
rivojlantirdi. Gasprinskiy zamondoshlarini ko‘hna Turonning yuzdan
1
Amerikalik olim Draber «Evropa aqliy taraqqiyoti tarixi» kitobida «Evropa-
ning bugungi ulug" ziyosi musulmonlar yoqqan sham va chiroqlam ing yog‘dusi-
dan m aydonga kelgandir» deb mardona e ’tirofi e'tiborga loyiqdir. Abu Nasr
Forobiyni «Ikkinchi Arastu» deb tan olishgan. U Aristotelning tushunarsiz «meta-
fizika» kitobiga kalit-sharhlar yozgani va uning ahamiyatini Ibn Sino o ‘z esdalik-
larida yozib qoldirgan.
341
www.ziyouz.com kutubxonasi
ortiq sahni keng gulshandan saralab olingan bir dasta gul sifatida
taqdim etadi, o ‘lkaning nodir iste’dodlarga benihoya boyligini
ta ’kidlaydi. Ismoilbek fikricha, hozirgi Turkistonda jaholat va
qullikni tugatish uchun uch muhim narsa kerak: Milliy fikr, milliy til,
milliy maorif. Milliy fikr, birinchi navbatda millat birligi fikridir. Til
yagona adabiy til masalasidir. Milliy m aorif esa ona tildagi ta’lim-
tarbiyani yo‘lga qo‘yishdir. Til millatning jonli, harakatdagi tarixidir.
Uning kechmishi ham, hoziri ham tilda ifoda etiladi. Millatning
barhayotligiga eng muhim guvoh tildir. Til millat uchun hayot-mamot
masalasidir. Yagona adabiy til milliy adabiyot bilan birga maydonga
keladi. Lekin uni shakllantirish uchun birgina adabiyot ahlining
emas, butun millatning, birinchi navbatda ziyolilaming g ‘ayrat va
rag‘bati kerak. Bu yerda ham ishni maorifdan boshlamoq kerak.
Bolaning ilk savodi, mayli shevada chiqsin, lekin ikkinchi-uchinchi
yildanoq o ‘qishlar umumiy yagona tilda ketmog‘i kerak. Bu degani
dunyoning tashvishlarini k o ‘zda tutgan, lekin o ‘z ona tilimizda
milliy ruhimizda b o ig a n o ‘rta va oliy maktablar ilmiy-madaniy
muassasalar turli-tuman mutaxassislar, xullas «Tarjimon» gazetasida
bosilgan o ‘tkir siyosiy maqolalar va Gasprinskiyning asarlari Tur
kiston o'lkasidagi m a’rifatparvarlar Munavvar qori Abdura-
shidxonovning «Bizning jaholat
jahli murakkab» maqolasida
ana shu ruhiyat ko‘zga tashlanadi. Unda ilgari surilgan g ‘oya -
maorifni milliy til va milliy odatlardan kelib chiqish talabi edi.
M uallif maktab va madrasalaming qoloqligi, muallimlar zamonaviy
ta ’lim va tarbiya usullaridan bexabarligini tanqid qiladi. U m aorif
ravnaqi uchun jon kuydiruvchi kuchlar mavjudligini eslatib, shu
bilan birga maorifga bee’tibor qarayotgan kishilami hushyorlikka
chorlaydi: - Va lekin, - deb uqtiradi muallif, - dunyoga nima uchun
kelganini bilmay ilm va maorifga aslo rag‘bat qilmay jonidan shirin
bolalarini ko‘cha bakucha kezdurub bechora ma'sumni aziz umrini
jaholat otashina yondiruvchi beahamiyat va bedunyodat otalar
ham oramizda oz emasdur. K o‘p dindoshlarimizni ko‘rarmizki, o ‘z
farzandlarini aslo maktabga bermay orqalaridan ergashtirib ruslar
eshigida o ‘zlari kabi xizmatchilikka o'rgatub, dunyo va oxiratni
saodati o ‘lg‘on ilm va maorifdin mahrum qilmoqdin hech bir ibo
qilm aslar1.
Taraqqiyparvarlar yetakchilaridan biri Munavvar qorining jaho-
latga qarshi qaratilgan bu da'vati o'sha davrda ham kcyinda ham
dolzarb yangrashi tadqiqotchilarni o ‘ylantirib ko‘yadi. «...bu jaholat
1 «Taraqqiy», 1906 yil., 1-son. 1-bet.
342
www.ziyouz.com kutubxonasi
natijasida, - deb fikrini davom ettiradi muallif, - o ‘zimiz yerlik
musulmonlardan o ‘ldug‘umiz holda musofir rus va yahudiylar eshigida
mardikor va xizmatchi o ‘lduk. Va bu jaholat xohishidurki, millat
foydasi uchun jonini qurbon qilmoqqa loyiq arslon kabi yigitlarimiz
butun millatni o ‘ylaridan chiqarib iste’dod va g ‘ayratlarini choyxona
va pivaxonalarig‘a sarf etmakdadurlar»1. M uallif bu jaholatning
aybdori kimligini ham aytishga o ‘zida ju r‘at topadi. Bu jaholat
aybdori bolasini o ‘qitolmagan ota ham emas, chunki uning bolani
o‘qitish uchun iqtisodiy tomondan qurbi etmaydi. Aybdorlar maktab
va madrasa o'qituvchilari ham emas. Buning aybdori hukmronlikni
o ‘z qo‘liga kiritgan va mustamlakachilik tarixida deyarli uchramagan
bir odat - millatni asoratga tushirish uchun uning milliy odatlari
va milliy m a’naviyati dini, tilini o iganish n i cheklab qo'yayotgan
bosqinchilik tuzumi va shu tuzumning yurt, millatga keltirayotgan
hamda keltirajak ofatlarini ko'ra bilaturib o ‘zining halovatini o ‘ylagan
sotqin va xoin mahalliy hukmdorlardir. Gazeta «madrasalarga oid»
mavzusidagi maqolada ana shu fikmi davom ettirib xon va beklar
zamonida ko‘p e ’zozlanib, diqqat-e’tiborda turgan madrasalar va
maktablaming ayanchli ahvoli sabablariga to ‘xtaladi. Ulami isloh
qilish vazifasi b o ‘lgan amaldorlar, ulamo va qozilar bu y o ‘lda aslo
jon koyitmayotganini, millatning taraqqiyotdan keyin ketishi ulami
o ‘ylantirmayotganini tanqid qiladi2.
Gazeta til masalasiga alohida e ’tibomi qaratadi. «Umumiy
o ‘qituv» maqolasida umumiy o ‘qitish har bir millatning o ‘z ona tilida
bo‘lishi lozimligi dalillanadi. Millat uchun eng mushkul masala til
masalasi b o iib qolganini, uni hal qilishda hokimiyat odillik bilan ish
yuritishi zamrligini ta ’kidlash bilan birga har bir millat o ‘z ona tilida
ish yuritishga haqli ekanligini, bu huquqni kattiq turib himoya qilmoq
lozimligini ta ’kidlaydi3.
Ismoilbek 1905 yilda yozgan maqolalaridan birida shunday
g ‘oyani o ‘rtaga tashlagan edi. Millatning o ‘zligini koisatadigan
xususiyatlaridan biri til va maorifdir. Bu ikkisi b o im asa millat mustaqil
b o ia olmaydi. Millatning o ‘zligini y o ‘qotish uchun shulaming bittasi
buzilishi kifoyadir4.
1O 'sh a joyda.
2«Taraqqiy’», 1906 yid, 9-son, 3-bet.
5 «Taraqqiy», 1906 yid, 9-son, 3-bet.
4
Shu o ‘rinda mualliflar 0 ‘zbekiston rahbari Islom Karimovning mustaqillik
uchun kurashning tamal toshini o'zbck tiliga davlat maqomi (1989 y.) berishdan
boshlaganining chuqur tarixiy zaminga asoslanganiga e ’tibom i qaratishadi. Bu
qaror 0 ‘zbekistonda milliy o'zlik, milliy ong va m illiy g ‘urur k o ‘tarilishiga
turtki b o'lgan edi.
343
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ismoilbek taraqqiyparvarlik g ‘oyalarini faqat o ‘z asarlaridagina
emas va balki o ‘zi yaratgan matbuot nashri «Tarjimon» gazetasida
1883 yildan to umrining oxirigacha (1914) keng targ‘ib va tashviq
qildi. U gazeta ommaviy targ‘ibotchigina emas va balki ommaviy
tashkilotchi ekanini ham yaxshi bilgan1.
Gasprinskiy fikricha Insonning oti bo‘lmasa, o ‘zi ham y o ‘q
demakdir, shuningdek tili bo im ag an inson ham soqovdir. Til birligi
masalasi hayot-mamot masalasidir. Til millatning jonli, harakatdagi
tarixidir. Uning kechmishi ham, hoziri ham tilda ifodalanadi. Ismoil
bek «Til masalasi - eng muhim masala» deb nomlangan maqo-
lasida shunday fikrlami o ‘rtaga tashlagan edi.
U turkiy xalqlaming mushtarak tili b o iish i zarurligiga alohida
diqqatni qaratgan edi. Ismoilbek «til va m as’uliyat» maqolasida
bildirgan fikrlar taraqqiyparvar uchun kurash strategiyasining bir
jabhasini tashkil qildi. Uning yozishicha, Rossiyaning turli joylarida
istiqomat qiluvchi turkiy xalqlaming tillari, to ‘g ‘rirog‘i, shevalari
bir-biridan farq kiladi. X o'sh, bu farq mslarda yo‘qmi? Vyatka
mujiklarining tili Yaroslavev hunarmandlarinikidan, Tulaliklamiki
Kursk, Smolenskliklardan qanchalik farq qiladi? Arablar-chi? Goho
ular orasidagi farqlar bir-birlarini tushunmaslik darajasiga boradi-ku?
Turgenev kabi adiblar, mutafakkirlar yagona adabiy til uchun umr
bo'yicha kurashdilar?! Nima uchun arabning ko‘zga ko'ringan olim-
fozili borki, til birligini tildan qo'ymaydi?! Nemislar nega umumiy
til ustida bu kadar jon kuydiradilar? To‘g ‘ri, yagona adabiy til milliy
adabiyot bilan birga maydonga keladi. Lekin uni shakllantirish uchun
birgina adabiyot ahlining emas, butun millatning birinchi navbatda
ziyolilaming g ‘ayrat va rag‘bati kerak:.
Gasprinskiy fikricha, bu yerda ham ishni maorifdan boshlamoq
zarur.
-
Bugundan boshlab, - deb yozadi muallif, - umumiy til ustida
kurasha boshlamoq maktablar uchun darsliklar, o ‘quv kitoblari,
lug‘atlar tayyorlamoq kerak3.
1 Mualliflar bolsheviklar firqasi asoschisi V.l.Lenin o ‘z dasturini am alga oshi-
rish va Rossiyada davlat to'ntarishini tayyorlash uchun eng avvalo ishni umum-
rus siyosiy gazetasini (Iskra) tashkil etishida Gasprinskiy tutgan y o ‘ldan foyda-
langani ehtimoldan uzoq emasligini taxmin qilishadi. M a’lumki, «Iskra» gazetasi
va undan keyin «Pravda» gazetasi bolsheviklar g'oyasini ommaga singdirishda
katta xizm at qilgani hech kimga sir emas.
2 Bu mavzu dolzarbligini mustaqillik yillarida 0 ‘zbekistonda o 'rta turk
tili haqidagi munozara ham ko'rsatadi.
’ «Tarjimon», 1907 yil, 42-son.
344
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sankt-Peterburg desanti rahbari graf K.Palen ana shu sohada
tarakkiyparvarlar olib borgan ishlami tahlil qilib asosiy e ’tiborini ular
tashkil etgan yangi usul maktablariga qaratdi.
Taftish komissiyasi materiallari bunday maktablar, ulaming
o ‘qituvchilari, darsliklar va qo‘llanmalar xususida keng m a’lumotlar
beradi. Yangi usul (usuli savtiya) maktablari tashkil etish g ‘oyasi
Ismoilbek Gasprinskiy tomonidan ilgari surilgan. U 1893 yilda
Buxoroga kelganida amir Abdulahadxon bilan uchrashib undan
yangi usul maktablari ochishga mhsat so‘raydi. Amir bilan avvallari
Qrimda uchrashib u bilan yaxshi munosabatlar o ‘matgani uchun
uning iltimosi yerda qolmaydi. Buxoroda shu tariqa birinchi jadid
maktabiga asos solinadi. Bu ish butun Turkiston o ‘lkasida shunday
yangi usul maktablari tashkil etilishicha turtki beradi. 1898 yilda
Q o‘qonda Salohiddin domla ikkinchi jadid maktabini ochadi.
To‘qmoqda ham yangi usul maktabi mahalliy taraqqiyparvarlar
tashabbusi bilan tashkil topadi. 1899 yili Andijonda Shamsiddin
domla va Toshkentda Mannon qori ham shunday maktablar ochi-
shadi. 1900 yili Buxoroda tomonidan shunday maktab tashkil
topadi. 1904 yilda Toshkentda Munavvar qori Abdurashidxonovning
hovlisida ochilgan «Namuna» maktabi katta dovrug‘ qozonadi. Unda
bir necha yuz bolalar o'qib ularga taraqqiyparvar ziyolilar saboq
berishgan.
Bu taraqqiparvarlaming mehnatlari zoe ketmaganligini keyingi
voqealar ham ko‘rsatdi. Yangi usul maktablarini tugatgan yoshlar
orasidan mashhur ijodkorlar Oybek, Abdulla Qodiriy, Hamza
Hakimzoda Niyoziy, Mannon U yg‘ur, Qayum Ramazon kabilar
yetishib chiqdi.
Taftish komissiyasi m a’lumotlariga ko‘ra, Turkiston o ‘lkasida
102 ta boshlang‘ich va 2 ta o'rta yangi usul maktablari mavjud bo‘l-
gan. 1904 yilda Toshkentda Mirobod mavzeida Abdulla Avloniy-
ning uyida ochilgan maktab ham keng e ’tibor qozondi. Toshkent
taraqqiyparvarlari darg‘alaridan biri b o ig a n Abdulla Avloniy
(1878-1934) shoir, muallim va olim sifatida o ‘zi ochgan maktab
uchun 4 qismdan iborat «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim»,
«Maktab gulistoni», «Turkiy guliston» yoxud axloq kabi darsliklar
yozgan. Munavvarqori Abdurashidxonov yaratgan «Adibi aw al»,
«Adibi soniy», Jug‘rofiya darsliklari, M ahmudxo‘ja Behbudiyning
«Qisqa umumiy geografiya», «Bolalar maktubi», «Islomning qis-
qacha tarixi», «Amaliyoti islom», «Aholi geografiyasiga kirish».
«Rusiyaning qisqacha geografiyasi» kabi darslik kitoblar yangi usul
maktablarida o ‘qitilgan.
345
www.ziyouz.com kutubxonasi
«Turkiston viloyatining gazeti»1 m a’muriyat organi sifatida
taraqqiyparvarlar tashkil etgan «usuli savtiya», «jadid» deb atalgar
yangi usul maktablarining faoliyatiga tan bergan holda shunda>
yozgan edi.
-
Eski zamon maktablari birlan usuli jadid maktabini farqi
nihoyat darajada m a’lum va ravshan b o id i. Usuli jadid maktabi birlan
eski zamon maktablarini bir joyga bormoq uchun otash aroba birlan
piyoda odimga misol qilsaq ham to 'g i id ir 1.
Taftish komissiyasi ish boshlagan kunlarda Ismoilbek Gasprin-
skiyning Buxoroga kelishi ham tasodifiy emas edi. Bu hoi mustamlaka
m a’muriyatini tashvishga soldi. Ismoilbek amir bilan uchrashib
yangi bir maktabni ochishga ruhsat oladi. Bu yangi usuldagi maktab
«Muzaffariya» deb nomlandi.
Sankt-Peterburgning oliy siyosiy doiralari vakillaridan iborat
taftish komissiyasi yangi usuldagi maktablar, ulaming darsliklari
va o ‘quv dasturlari bilan yaqindan tanishish uchun joylarga
so iovnom alar yubordi. Unda quyidagi savollar o ‘rin olgan edi: mak
tab qachon va kimning ruhsati bilan ochilgan? Aynan qaysi fanlar
va qaysi tilda dars o iilad i? Qaysi darsliklar qabul qilingan? Nomi,
muallifi, nashr vaqti? 0 ‘qituvchilaming shaxsiy tarkibi, m aium oti
va bilim saviyasi? Qanday o ‘quv dasturlari bor? 0 ‘quvchilar soni?
Mahalliy hokimiyatga bu maktablar va ulaming o'qituvchilari
xususida shikoyatlar tushganmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |