Akademik Bartold uni Turkiston oTkasidagi «o‘quv-tarbiya ishlariga
isloh kirita olgan ilg‘or ziyoliy» deb atagan. U Rossiyaga sayohat
qilib, «Turkiston viloyati gazeti»da «Mahalliy olimning 1910 yilda
Moskva va Peterburgga qilgan m a’rifiy safari» sarlavhasi ostida
turkum maqolalami e ’lon qilgan.
Mustamlaka m a’muriyati rus tilini o ‘rganishni targ‘ib qilsa
ham ana shu tilni yaxshi o ‘zlashtirgan va ruslar bilan yaqin aloqada
b o ig a n mahalliy millat vakillariga shubha hamda hadik bilan qara-
gan. Shunday odamlardan biri o ‘zbek ziyolilari o ‘rtasida boobro1
va e ’tiborli sobiq Kitob begi Jo ‘rabek Qalandar qori o ‘g i i edi. 1868
yilgacha ruslar bilan jang qilgan, xiyonat
tufayli asir olinganidan
so‘ng esa rus armiyasiga xizmatga o ‘tishga majbur b o ig a n Jo ‘ra-
bekka 1901 yili general-mayor unvoni berilgan. Millat fojiasining
guvohi, mustamlaka istibdodining barcha qabohatlarini qariyb
30 yil general-gubemator mahkamasidagi tarjimonlikda ko‘rgan-
bilgan Jo‘rabek iste’foga chiqqanidan keyin mavjud tuzum
muxoliflari rahnamolaridan biriga aylangan. 1902 yili akademik
V.V.Bartold uning uyida boiganid a iste’fodagi ms armiyasi generali
Jo‘rabek taniqli olimga o ‘zining Sharq qoiyozm alari majmu-ini
ko‘rsatib, uni lol qoldirgan edi1.
0 ‘zbek jadidlari Turkiston xalq maorifiga jiddiy e ’tibor ber-
ganlar. Bu sohada taniqli mudarris va m a’rifatparvar Munavvar
qori Abdurashidxonovning xizmati kattadir. Munavvar qori 1909
yilda maslakdosh do‘stlari Abdulla Avloniy,
Ubaydulla Asadul-
laxo‘jaev, T oshpoiatbek N orbo‘tabekov va boshqalar bilan ham-
korlikda toshkentlik bir boyning raisligida «Jamiyati xayriya»ni
tashkil qildi. Munavvar qori va safdoshlari jam iyat orqali qashshoq
va kasalmand kishilar, o ‘quvchilarga yordam ko‘rsatish bilan
cheklanmaydi. Rossiya va Turkiyadagi oliy o ‘quv yurtlariga tala-
balar yuborish bilan ham shug‘ullanadi. Munavvar qori gumhiga
mansub keksa san’atkor Abdurahmon Akbarov o ‘z xotirasida
shunday voqeani eslaydi: «Gumhdagi jadidlam ing bosh rahbari
b o ig a n Munavvar qori bir kuni to ‘daning majlisiga kelib: «Ziyoli
yoshlardan bir nechtasini Germaniyaga yuborib o ‘qitish kerak»,
deb uzoq nutq so‘zladi. Shundan keyin to'daning rahbarlaridan
7-8 kishi Orifko‘jaboyning yangi shahardagi hovlisida shu haqda
1 Akademik V. V. Bartold «Jo'rabekka tegishli q o ‘lyozmalar yig'indisi»
nomli asar yaratgan. Undagi «Jom e’ ut-tavorix» asarini « 0 ‘rta asrda na Osiyodagi,
va Yevropadagi biror xalqda uchramaydigan ulkan tarix qomusi» deb bahoiagan.
Q a r a n g: Bartold V.V. «Turkestan v epoxu mongolskogo nashestviya». Soch.
T o m .l. М.. 1968, 24-bet.
379
www.ziyouz.com kutubxonasi
birinchi marta majlis o ‘tkazdilar. Oradan chamasi 15 kunlar keyin
K attaxo‘ja X o‘jaevning uyida ikkinchi marta katta yig‘in b o ‘ldi.
Bu majlisda Toshkentning eng mashhur boyonlari yig‘ildilar.
Jumladan, Orifxo‘jaboy, Saidkarimboy, Komiljonboy choyfurush,
Asil oqsoqol, Boqijonboy va boshqalar. Bu yerda to‘planganlaming
soni 50-60 taga yetardi. Buni tashkil qilishda ko‘proq tashabbus
k o ‘rsatgan Munavvar qori bilan Ilhom samovarchi va M urodxo‘ja
Solixo‘ja o ‘g ‘illari edi. Hamma yig‘ilib bo‘lgandan keyin majlis
ochilib, birinchi b o ‘lib Munavvar qori so‘zga chiqdi. Munavvar qori:
« 0 ‘zbek ziyoliy bolalarini Gennaniyaga yuborib o ‘qitishga juda
muhtojmiz. Bolalar o ‘qub, ilm tahsil olib kelsalar,
millatiga katta
xizmat qilaoladilar», degan so‘zlar bilan uzoq nutq so‘zladi. Uning
ketidan, Munavvar qorining so ‘zini quvvatlab, Samig‘ qori chiqib
so ‘zladi. Oxirda savollar tushdi: kim, necha kishini yuboramiz,
deb Samig' qori «boradigan kishilaming ro ‘yxati bor», deb domla
M urodxo‘ja Solixo‘ja o ‘g ‘lidan ro‘yxatni o ‘qib berishni so‘radi...
Germaniyaga o ‘qib kelish uchun boruvchilar shular ekan:
1.
Shayxovandtahur dahasidan Abdulvahob Murodiy. Besh-
yog‘och dahasidan ham ikki kishi: 1-si Chaqar mahallalik Muham-
madjonov, 2-si Yalanqiri mahallalik A’zam soatsoz o ‘g ‘li, jam i 4
kishi ekan. Munavvar qori yana o'm idan turib «Jamoat, mana bu
yosh, o ‘smir bolalarimizning Gennaniyaga borib o ‘qib
kelishlari
faqat siz boyonlarimizning yordami ostida vujudga chiqadi», -
deyishi bilan o ‘tirgan boylaming biri Munavvar qorining qo‘liga
anchagina pul berdi... Pul to ‘planib sanalib boiingandan keyin
Munavvar qori o ‘midan turib: «Millatimizning kelajakdagi baxtu
saodati uchun shunday katta himmatlaringizga ko‘pchilik tomoni
dan rahmatlar aytaman», deb tashakkur bildirdi»1.
Bu dalil qaddini rostlab borayotgan o ‘zbek burjuaziyasining
milliy birlikka va o ‘z-o‘zini anglash jarayoniga xayrixoh bo‘lganini
k o ‘rsatadi. Andijonlik Mirkomil M irm o‘minboev kabi boylaming
xayriya ishlariga katta m ablag‘ ajratgani, yoshlami Germaniya
va Turkiyaga o ‘qishga jo'natgani ana shundan dalolat beradi.
M o‘minboevga ms siyosiy polisiyasi shunday ta ’rif bergan: «U
juda aqlli, ayyor, uddaburon kishi. E ’tiqodi bo‘yicha panislomchi
va mslarga qarshi... Andijon shahar tijoratchilar partiyasi boshlig‘i.
Ushbu partiya a ’zolarining hammasi unga moddiy jihatdan bog‘-
langan»2.
1
Do'stlaringiz bilan baham: