O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Palen K.K.
Taqdimnoma, 42-bet.
- Palen K.K.
Taqdimnoma, 39-bet.
'O 'R M D A , 1-TF, 12-ro‘yxat, 1674-ish, 105-varaq.
■'O'RMDA, 1-TF, 12-ro‘yxat, 1674-ish. PO-varaq.
371
www.ziyouz.com kutubxonasi


milliy-ozodlik harakatining barcha ko‘rinishlarini bo‘g ‘ib tash- 
lashga oid bir qator tavsiyalar berildi.
Alohida jandarmlar koф usi shtabi boshlig'i general shtab 
general-leytenanti Gerselman esa temir y o ‘1 ishchilari ustidan 
nazoratni kuchaytirish bilan bir qatorda ularning atrofidagi yerlarda 
paydo bo‘luvchi har qanday shaxslami nazoratiga olish to ‘g ‘risida 
maxfiy k o ‘rsatma y o ilad i. Bunday o ‘rgimchak to ‘rlari bilan qurshab 
olingan Turkistonda markaz ko‘rsatmalari qanday amalga oshiril- 
gani xaqida jum ladan 1912 yil Toshkentda bo‘lgan voqeani sosial- 
demokrat P.F.Saxarova (1890-1969) o 'z esdaliklarida shunday bayon 
qilgan: «Nuqul o ‘zbeklar istiqomat qiluvchi guvala uylardan iborat 
eski shahaming yangi shaharga yaqin joyidagi uylardan birida 
joylashdik. Biz temir yoTchilar bilan aloqa o ‘rnatishga intildik. 
Shunda o ‘ylab qoldik. 0 ‘zbeklar o ‘rtasida inqilobiy ruhdagi tash- 
kilotlar bormikan? Nahotki Turkiston noibi yaratgan qullik istibdo- 
diga qarshi ular safida inqilobiy tashkilot boim asa?». Saxarova shu 
maqsadda o ‘zbeklar bilan bir-ikki bor suhbatlashganida Kamolov 
degan odam o ‘zbeklarda ham taraqqiyparvar kishilar borligini, er- 
xotin Saxarovlarni ular bilan tanishtirishini aytgan. Shundan so ‘ng, 
ko‘p o ‘tmay, ular qamoqqa olindi. Kamolov TRMB ayg‘oqchisi 
ekan1. Shu faktning o ‘zi ham rus maxfiy polisiyasi va razvedkasi 
musulmon aholisi o ‘rtasida ham keng josuslik tarm og‘ini yoygani- 
dan dalolat beradi.
Peterburgda ishlangan dastur bo‘yicha ms mustamlakachilari- 
ning maxfiy siyosiy idoralari izchil ishlab, Turkiston musulmonlari 
ongida jiddiy to'ntarish yuz berganini va milliy-ozodlik kurashi 
kurtak yozib bu holat jadidlar siymosida gavdalanganini yaxshi 
payqashgan. Ular general-gubematorning maxsus so‘rov anketasi 
bo‘yicha mahalliy aholi kayfiyati dunyoqarashi, rus hokimiyatiga 
va tuzumiga munosabati, milliy mustaqillikka intilishi hollarini 
chuqur o ‘rganishgan. TRMB o ‘zbek, qozoq, qirgiz, turkman, tojik 
yoshlari-ning dunyoqarashi va xatti-harakatlaridan xabardor boTish 
uchun ulaming safida o ‘z odamlariga ega bo‘lgani hujjatlardan 
m a’lunr.
M ustamlakachilar va taraqqiyparvarlaming o ‘zaro kurashi 
bi-rinchi jahon umshi yillarida keskin tus oldi.
1 Вопросы истории. 1977, № I, стр. 125.
2 H.To'ychieva.
«XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston xalqlarining 
m illiy 
0
‘zligini anglash va istiqlol uchun kurashga tayyorlashda o 'lk a taraq- 
qiyparvarlarining roli». Siyosiy fanlar nomzodi ilmiy darajasi uchun dissertasiya. 
Toshkent, 2010, 70-75-betlar.
372
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shuni ham alohida ta ’kidlash kerakki, XX asr boshlaridayoq 
milliy-ozodlik bayrog‘ini baland ko‘tarib, milliy kuchlar birligini 
ta ’minlash borasida salmoqli faoliyat ko‘rsata boshlagan Turkiston 
jadidlari jahon jamoatchiligi e ’tiborini o ‘ziga jalb qildi. 1906 yil­
ning bahorida Fransiya Respublikasi bosh shtabi ikkinchi byurosi 
(harbiy razvedka) topshirig‘i bilan mayor Lyakost ikki yil davomida 
Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat bilan yaqindan tanishdi. U 
o'zining kuzatishlarini hisobot tarzida «Komita de Asiya Fransays» 
nomli jum alda chop etadi. Maqola Evropada katta qiziqish uyg‘otdi. 
Bu maqolada Turkiston general-gubematorligi hududidagi ijtimoiy- 
siyosiy kuchlar va partiyalar faoliyati sharhlab berilgan edi. E ’tiborli 
tomoni shundaki, fransuz razvedkachisining o ‘tkir nigohi bilan Tur­
kistonda qaysi partiya, qaysi siyosiy oqim kuchli ekani shunday 
aniqlab berildiki, bu hoi rus siyosiy polisiyasini g ‘oyat jiddiy tash- 
vishga soldi.
Mayor Lyakost Turkiston o ‘lkasidagi eng e ’tiborli va kelaja- 
gi porloq tashkilot sifatida sosial-demokratlar (bolshevik va men- 
sheviklar), yoki sosialist-inqilobchilar (so‘l va o ‘ng eserlar), yo kadet 
va liberallar emas, balki yosh sartlar' degan xulosaga kelgan edi. 
Razvedkachi Turkistonda jadidlar ta ’siri kuchli bo‘lgan o ‘z firqasiga 
ega ekani va u 1906 yilning yanvarida Sankt-Peterburgga, Umum- 
rusiya musulmonlarining qurultoyiga vakil yuborganini ta ’kidlab, bu 
firqa huddi Qozon tatarlari kabi o ‘zining milliy dasturiga egaligi va 
rus istibdodiga jiddiy zarba berishi mumkinligiga ishora qilgan edi.
Rossiyaning Turkistondagi maxfiy polisiya idorasi ham jadid­
lami o ‘zbek savdo-sanoat ahli qoilab-quvvatlashi va ular shakl- 
lanayotgan yosh avlodga yomon ta’sir ko‘rsatayotganidan ogoxlan- 
tirib, markazni jadidlar bilan jiddiy hisoblashishga chaqirgan edi.
1916 yilgi milliy-ozodlik qo‘zg‘aloni va 1917 yilgi Rossiya fevral 
inqilobining o ‘lkadagi jadidchilik harakatining yanada keng avj 
olishida va jadidlar faoliyatida keskin sifat o ‘zgarishi yuz berishida 
o ‘mi va roli katta bo‘ldi. Jadidlarning m a’rifiy-mafkuraviy jabhadagi 
kurashi aniq ifodalangan siyosiy kurash tusini oldi va bu harakat sifat 
jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi2.
Jadidchilik harakatining asosiy qanoti sifatida jadid adabiyoti 
ham yuzaga kelib, mukammal g ‘oyaviy tusga kiradi. Bu bilan ham 
nasrda, ham nazmda mhan yangilanish, qoloqlik va jaholatdan
1 Rasmiy idoralar jadidlam i yosh turklarga qiyoslab «Yosh sartlar» deb 
atashgan.
2 Bu haqda ikkinchi kitobda batafsil hikoya qilinadi.
373
www.ziyouz.com kutubxonasi


qutulish g ‘oyasini kuylash, rus istilosiga qarshi kurash, m a’rifat va 
hurriyatga erishish, istiqlolni q o ig a kiritish kayfiyati bilan sug‘orilgan 
yangi bir adabiy oqim vujudga keldi. Buxoroda Ahmadjon maxdum, 
Sadriddin Ayniy, Usm onxo‘ja P o‘latxo‘ja o‘g‘li, Abdulvohid Rafiy 
mahdum «Tarbiyayi atfol» nomli yashirin jamiyatni asosladilar. Bu 
jam iyat imperializmga, mustamlakachilikka, jaholatga qarshi kurash 
boshladi.
«Tarbiyayi atfol» jam iyati Turkiyada tahsil ko ‘rayotgan 
talabalarga ko‘mak-yordam k o ‘rsatish maqsadida Istanbulda sho“ ba 
tashkil etdi. Uning rahbariyati Sodiq Ashur o ‘g ‘li, Abdurahmon va 
A bdurauf Fitratlar edilar.
Buxoro jadidlarining yana bir tarm og‘i «Turon nashri maorif» 
jamiyati edi. Uning tashkilotchilari A. Fitrat, Muqim Boyjon, 
Abdulaziz, Ahmadjon mahdum, Olimjon Idrislar boiishgan. Bu 
jam iyat qisqa vaqt ichida Turkiyaga talabalar jo ‘natdilar. Ular 
tez orada ahli ilm b o iib yetishdilar. Samarqandda M ahm udxo‘ja 
Behbudiy, Toshkentda Munavvar qori, Abdulla Avloniy, Q o‘qonda 
Ashurali, Orenburgda Ahmad Boytursun, Miryoqub Dulat, Andijonda 
Abdulhamid Sulaymon o ‘g i i C h o ip o n Turkiston jadidchilik 
harakatining yirik namoyandalari edilar. Asriy qoloqlik va jaholatga 
qarshi qaratilgan kurash adabiyotda ham o ‘z ifodasini topgan edi.
Xullas, butun bir jadid adabiyotchiligi yuzaga keldi. XX asrdagi 
Turkiston milliy adabiyotida Rossiya zulmi, istilosi va unga qarshi 
kurash juda ajoyib va o ‘ziga xos tarzda ifodalandi. Birinchi jahon 
urushi yillaridagi jadid adabiyotida turkchilik va uning g ‘oyasi asosiy 
mavzu va mafkura b o iib qoldi. M ahm udxo‘ja Behbudiy, Hoji Muin 
shu adabiy oqimning ko‘zga k o iin g a n namoyandalari dan edilar.
Sadriddin Ayniyning jaholatga qarshi kurash olib borishga da’vat 
qilingan she’rlari mahalliy aholi orasida keng tarqaldi:

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish