darvozasiga zambaraklami shunday tartib bilan o'm ashtiradiki, har
bir jangovor saf boshidan oxiriga qaraganda xuddi bir odam turgandek
ko‘rinardi. Saflar orasida 36 zambarak o ‘rnashtirildi. K o'p o ‘tmay
dushman to ‘plari gumbirlab o ‘t ochadi.
Muhammad Solihning yozishicha, «o'ris askarlariga qarshi
to ‘p va miltiqlardan o ‘qlar otildi. Shundan keyin jang maydoni to‘p
va miltiqlar tutunidan kishi bir-birini ko 'ra olmaydigan darajaga
yetdi». Bu vaqtda, Alimqul har bir jangchi oldiga borib, xususan
bahodirlarga, sardorlarga va sarbozlarga shirin so‘zlar bilan murojaat
etib, din va vatan uchun jangga ruhlantirib turdi. Otliqlar uch tarafdan
hujum qilib, dushman safini to ‘zitdi. Olchoq va Oltintepa mavzelari
orqali Sho'rtepagacha ruslami ta ’qib qildilar. Chekingan rus qo'shini
tepalikka chiqib jon sakdadi. Dastlabki to'qnashuv shu tariqa yurt
mudofaachilari foydasiga hal b o id i. Ruslar ustidan qozonilgan
bu dastlabki g'alaba d o vrug i xonlikning barcha joylariga tarqalib,
mamlakat mudofaachilari ruhini ko'tardi. Q o'qon xoni bilan Alimqul
hali dushman kuchlari butkul m ag'lub bo'lm aganini yaxshi anglagan
holda, kelgusi jang rejalarini muhokama qilish uchun harbiy kengash
chaqirishdi. Kengashda Toshkent vakillari katta jasorat va g'ayrat
bilan g'alabaga erishilganligini eslatishib, Sulton Sodiq va uning inisi
Arslon Kenesari o'g 'illari boshchiligida navkarlar va g'oziylar bilan
Turkiston, Oqmachit, To'qmoq va boshqa dushman egallagan joylami
ozod qilish uchun borish zarurligini aytishadi. Ammo kengashda
xudbinlik holati ham ko'zga tashlanadi. Q o'qonlik Otabek sharbatdor
qozoq sardorlari kuchayib ketishidan xavfsirab, Alimqulga shunday
deydi: «Agar ulaming bu rejalari ro'yobga chiqib qolsa, u vaqtda
birisi xon, birisi vazirlikni xohlab, bizdan yuz o'girishi turgan gap»1.
Kengashda ana shu fikr ustunlik qilib, dastlab ichki nizolami tugatish,
so'ng ruslarga qarshi umshni davom ettirish lozimligiga kelishiladi.
Harbiy kengashning dastlabki yutuqni mustahkamlab, jangni davom
ettirish o'rniga, dushmanga nafas rostlashga imkon bemvchi bunday
xatoning yuzaga kelishi xunuk oqibatlarga olib keldi.
S hoitepada turgan rus askarlari bilan to'qnashuv kengash
xatosini ro'y-rost isbotladi. Sho'rtepa qaPasining narigi tomonida uch
boiinm adan iborat ms askarlari bilan jang nihoyat dahshatli b o id i.
Qo'liga qurol olib jang qilgan Muhammad Solihning yozishicha,
«To'plar va miltiqlar og'zidan dumaloq o't-olov chiqib, havoga
parvoz etib, dushman ustiga yog'ar edi. Jasur va fidoyi sarbozlar va
mujohidlar umsh maydonida dushmanni yoqasidan tutib va musht-
lab, qo'llaridagi tig‘, qilich va nayzalar bilan jang qildilar. Maydon-
1
Do'stlaringiz bilan baham: