Q o‘shinda Alimquldan
tashqari mirza Davlat qushbegi, Q o‘sh-
farmonchi qipchoq, Yusufboy dodxoh, 0 ‘tambiy qushbegi qipchoq
o ‘g i i va boshqa nufuzli kishilar bor edi. Avaz M uhammad Attor
X o‘qondiy ulaming navbatdagi yurishini shunday tasvirlagan:
«Shunday qilib, qish ham kirdi. Kundan-kunga havo sovub, qoru
yom g‘ir yog‘ib,
yer yaxlab, qoming balandligi otu tuya ko‘kragiga
tegadigan bo ‘ Idi. «Tuf», desangiz muzlaydigan havoda sohibqironning
g ‘ayrati toshib, lashkar safidan 12 ming yosh yigitni tanlab, ularga
mulla Alimqulini sardor qildi va Turkistondagi kofirlarga qarshi
jangga borishlarini buyurdi. Shu vaqt havoning sovuqligidan his
va harakat mhi badandan soqit b o ‘lib, nafas tanadan xuddi p o ‘st
tashlaydigan ilonga o ‘xshab zo ‘rg‘a chiqardi.
Ayniqsa Toshkentdan
chiqib Qayrog‘och mavzesiga yetib kelgan kun tunda shunday
shamol k o ‘tarildiki, Od qavmini yo‘q qiladigan to'fonga o'xshardi.
M usulmonlaming bir necha nafarining oyoq-qoiini sovuq urdi,
ba’zilarining yuzlari, ko‘zlari muzladi, b a’zi kishilar esa aqldan ozib,
safdan chiqdilar. Bir g ‘aroyib ahvol yuz berdi. Lashkar tez sur'atlar
bilan harakat qilib Chulak mavzeiga keldi. Odamlar manzil qilgan
shu joyda kofirlar ham kichik qo‘rg ‘on bino etib, bir dasta sarbozlami
himoya uchun qoldirgan ekanlar. Shu qavmdan qariyb 50
kishini
o ‘ldirib, xotiralarini toza va musaffo qilib Iqon qal’asi oldida qo‘sh
urdilar»1.
M ag‘lubiyatga uchratilgan dushman harbiy qismi yasovul
(mayor) Serov boshchiligida Iqon qishlog‘iga to ‘rt chaqirim qolgan
joyda Alimqul qo‘mondonligidagi lashkar tomonidan qurshab olin
gan edi. Yasovul Serovga yordam berish uchun Turkiston shahri-
dan yetib kelgan ruslaming madad kuchi ham tor-mor qilindi.
Muhammad Solihning yozishicha, yurt fidoyilari «Toshkent
akobir-
larining maslahatiga ko‘ra, xashak, qamish va tikanni namatga
o ‘rab va dehqonlaming «qora b o ‘yra»sini yasab orqasidan otliqlar
hujumga o ‘tdilar. Natijada dushman askarlari yarog‘-aslahalarini va
boshqa narsalarini tashlab hamda ko'p kishisini yo‘qotib Turkiston
ga qochishga ulgurdi»2.
Iqon jangiga oid axborot Avaz Muhammad Attor X o‘qond asa-
rida ham uchraydi: «Namozi asr va shorn vaqti orasida ketma-ket
shunday xabar keldikim, bir necha yuz o ‘ms
kofirlari dabdaba bilan
yaqinlashib kelmoqda edilar. Bu xabami eshitib sohibqironning
g ‘aflat uyqusi boshidan uchdi. Mardlik g ‘ayrati uning hamma payu
1 Tarixi jahonnam oyi, 125-bet.
: Tarixi jadidai Toshkand, 477-bet.
96
www.ziyouz.com kutubxonasi
suyaklarida harakatga kelib, ahli lashkarini qurollantirib, kofirlar
yo‘lini to‘sish uchun jo'nadi. Sarbozlar dushman yo‘lini
hamma
tomonlama bosib oldilar. Qoru muz otlaming ko‘kragiga tegar, havo
sovuqligi esa ifrot qaddiga yetardi. Shu kechani sarbozlar ot ustida
o ‘tkazdilar, ulaming ko‘pchiligini sovuq urdi. Kofirlar esa o ‘zlari
kavlagan xandaqlarga kirib, yuz ming ranju azob ila kechani kunduz
qiddilar... Islom lashkarining g ‘oziylari to ‘rt tomondagi kofirlarga
qarata o ‘q yom g‘irini yog‘dirdilar. Yosh
pahlavon yigitlar otlariga
minib, har tarafga chopib ketdilar, kofirlar esa vahimaga tushib, ulami
o ‘zlariga yo ‘latmasdilar. Shunday qilib, kechgacha jang qilsalar-da,
hech bir natijaga erisha olmadilar. Kofirlar tog‘dek mustahkam edilar.
Aqlli odamlar o ‘z rasmu oyinlariga qarab, maslahat qilib, hiyla yo‘lini
tutdilar. Ular bir kecha-kunduzdan keyin har xil narsalar - namat,
daraxt shoxlari, qoru muzdan «qorabo‘yra»
yasab uni oldilariga
qo‘yib yumalatib, kofirlar mavzeiga yaqinlashdilar. Ularning
orqasidan panalab kelgan navkarlar to ‘satdan dushmanga hujum qilib,
kofirlami parishon holda nobud etdilar. Battollardan o ‘ttiz-qirq kishi
ot va tuyalami minib, Turkiston sari qochishga tushdi. Mard sarbozlar
bundan xabardor b o ‘lib, ularga yetib olib, aqlsiz kofirlami miltiq bilan
otib o ‘ldirishdi. Ming xil hiyla va nayrang bilan shu qavmdan 3-4
nafari qutulib, Turkiston qal’asiga yetib bordilar»1.
Iqon jangida rus askarlari va zobitlaridan 57 nafari o ‘ldirilib, 43
nafari jarohatlangan edi.
Toshkent va Iqondagi bosqinchilam ing m ag ‘lubiyati m am lakat
vatanparvarlarini ruhlantirib, kelgusi sinovlarga m a’naviy
birdamlik
bag‘ishladi.
Do'stlaringiz bilan baham: