O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


General Chernyaevning Toshkent va Iqondagi m agiubiyati



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

General Chernyaevning Toshkent va Iqondagi m agiubiyati
Amalda Q o‘qonning chinakam hukmdoriga aylangan lash- 
karboshi Alimqul ichki siyosat bobidagi parokandalikka chek 
qo'yolmadi. Natijada, ruslarga qarshi ittifoqni mustahkamlay olmadi. 
Nufuzli amaldorlar va sarkardalar boshini qovushtirish amalda 
mumkin bo‘lmadi. Ayniqsa o b ro ii qozoq biylaridan hisoblangan 
Boyzoqbiyning qatl etilishi xunuk oqibatlarga olib keldi. Qozoqlar 
sardori Boyzoqbiy Alimquldan hukmni o ‘zgartirishni iltimos qiladi. 
Bu haqda muarrix shunday deydi: «Amiri lashkar: «Sen ikki marra 
axd qilding, yana buzding» deb, jomadorga «Muni zambarakg‘a 
solib otqil!», deb buyursa, bechora Boyzoq chol, qari kishi erkan
yoshi yuzdan o ‘tgan ekan, aytibdurki, «hoy, Amiri lashkar, meni 
bulay qilma, ko'zim ni ko‘r qilib, H o‘qandga jubor, men Rusiyaga 
daP bo‘laman, meni xabarim bolalarim va biylarga yetsa, sanga 
yov bo‘lurlar, Rusiyani senga boshlab kelurlar, har ish qilib, meni 
o ‘ldirma» desa, Amiri lashkar quloq solmay, «kafil xat berayin» desa 
ham qabul qilmay, oxiri yuz paysa doruni zambarakka solib, kichkina 
odam ekan, yoniga ikki bog* quruq beda tiqib otdurubdur na o iu g i va 
na suyagi ham ko‘runmadi»'.
Qozoqlarning 120 biy sardorlari otasi Boyzoqbiyning o iim i 
Alimqulga nisbatan o b ro ii qozoqlar ommasida kuchli adovat 
uyg‘otdi. Ana shu adovat oqibatida ular chorizm armiyasi saflariga 
ko‘ngilli askar-zobit b o iib xizmatga kirishgan. Boyzoqbiy o ‘g ‘ilu 
qarindoshlari va yaqinlaridan 400 kishi general Chemyaev qo‘shini 
sanda Toshkent yurishida qatnashdilar. Chernyaev 1864 yilning 
27 sentyabrida Toshkent tomon yurish qilganida oid irilg an Boy­
zoqbiyning o ‘g i i Oqmulla yuklar ortilgan tuyalami boshqarib bor-

Ibrat.
F arg'ona tarixi. T, «Kamalak», 1991. 307-bet.
93
www.ziyouz.com kutubxonasi


gan. Boyzoqbiyning boshqa o ‘g411ari esa y o ‘1 boshlovchi b o ‘lib 
xizmat qilishdi. 1864 yilning 1 oktyabrida Chemyaev Toshkent 
shahrining sharqiy tomonidagi Darvishak qopqa degan joyga yetib 
keladi. Chor armiyasi harbiylari bu yerdan Anhor suvidan o ‘tib, 
Chinobod va Xoja Ahror vaqf yerlari, ya’ni O qqo‘rg‘on orqali sha­
harga yaqinlashib, Q o‘qon y o iig a joylashadilar. Dushman kelayot- 
ganidan xabardor b o ‘lgan shahar aholisi devor ustida jangga tayyor 
turgan edi. Q o‘shfarmonchi qipchoq boshchiligidagi askarlar 
Q o‘qon darvozasi, Mirza Ahmad qushbegi sarbozlari Qashqar darvo­
zasi himoyasiga otlanganlar. To'pchilar esa bu ikki darvoza orasidagi 
devor ustiga o ‘mashdilar. Mudofaaga barcha shahar aholisi otlanib 
«g‘ariblar, fuqarolar, qariyalar, hatto ibodatu namozdan ko‘ra, qo‘li- 
mizdan kelgancha xizmat qilish yaxshi va savob, deyishib mujohid- 
larga va g ‘oziylarga suv hamda oziq-ovqat yetkazib turdilar»1.
1864 
yilning 2 oktyabrida ertalabdan boshlab har ikki tomon 
o'rtasida to ‘plardan o ‘qlar uzildi. Bu vaqtda Eshonquli dodxoh 
madrasasi mullavachchalari, xususan, eshon Sharifxo‘ja Ofoqxo‘ja 
o ‘g ‘li, eshon Hojixon Molihhoji yuzboshi o ‘g ‘li Sa’id Ahrorxo‘ja 
Sotiboldixo‘ja o ‘g ‘li, pichoqchi usta Sodiq Nazar, o ‘ratepalik 
Xidimazar zargaming ukasi va boshqa ziyoli vakillari «g‘azotni va 
bu sharafli umshni Q ur‘on, tafsir va hadislardan olingan so‘zlar bilan 
isbotlab, hammani g ‘azotga va urushga chorladi. Ulaming o ‘zlari 
ham Q o‘qon darvozasiga borib, to ‘pchilarga qo‘shilib o ‘q joylashda 
va otishda qatnashdilar»2.
Toshkent devori to ‘plardan o ‘qqa tutilgandan keyin podpolkov­
nik Obux 2 rota askari va 4 to ‘pi bilan hujumga o ‘tib, devoming bir 
qismini teshishga erishdi. Shundan keyin ms askarlari podpolkov- 
niklar Obux va Lerx qo‘mondonligida shu joydan shaharga bostirib 
kirish uchun zovumi kechib o ‘tishga harakat qilganlar. Muhammad 
Solihning guvohligiga ko ‘ra, «o‘ruslar olg‘a chopib zovurga o ‘z- 
larini otdilar; ulaming ikkinchi guruhi yordamga kelmoqda edi. 
Shu onda devor ustidagi shertabiat va dovyuraklar o ‘zlarini pastga 
tashlab, zovur ichida o ‘m slar bilan yoqama-yoqa ushlashib bir- 
birlarini xanjar bilan o ‘ldira boshladilar. Hatto b a’zi kishilar qochib 
ketayotgan dushman orqasidan quvib va ushlab, xanjar va qilich 
bilan jang qildilar. Zovur ichidagi o ‘mslardan umsh va talash bilan 
72 kishining boshi tanasidan kesilib, yarog‘-aslahalari o ‘lja olinib, 
g ‘oziylarga b o ‘lib berildi».
1 Tarixi jadidai Toshkand, 459-bet.
2 O 'sh a asar, 462-bet.
94
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ana shu voqea haqida rus zobitlaridan K.K.Abaza o ‘zining 
«Turkiston istilosi» kitobida shunday deb yozgan: «Shahar devoriga 
2 rota va 4 zambarakdan iborat harbiy qism podpolkovnik Obux 
qo'mondonligida hujum qildi. K o‘p o'tm ay ular devomi teshishga 
erishdilar. Shundan keyin Obux podpolkovnik Lerx bilan hal qiluv­
chi hujumni boshlab yubordi. Ammo qo'qonliklar shu darajada 
qattiq o ‘qqa tutdilarki, soldat devorga yetguncha barcha boshliq- 
laridan ayrildilar. Obux esa, o 'lar holatda jarohatlandi. Chemyaev 
yordamga kelgan boisa-d a, lekin vaqt o'tgan edi, yo'lda o'liklar 
yotardi, yaradorlar jon bermoqda edi. Tiriklar esa, zovurda 
qalashib madorsiz yotishardi. 80 ga yaqin kishi o 'z boshliqlarining 
«jasorati» uchun halok bo'ldilar. Chemyaev askarlari ashulasiz va 
xursandchiliksiz g ‘am -g‘ussa bilan Chimkentga qaytdilar. Ammo 
ulaming har biri qo'qonliklar g'alabadan quvonayotganliklarini 
yaxshi tushunardilar»1.
Muarrix Avaz Muhammad Attor X o'qondiy Q o'qon xoni Sulton 
Saidxonni «janobi sohibqiron» deya ulug'lab, bu g'alaba haqida 
shunday yozgan: «Kofirlar o 'z joylariga qaytib ketdilar. Toshkent- 
liklar bu fathu zafami eshitib, janobi sohibqironga behisob lashkar 
bilan bir necha kofiming boshini hadya va sovg'a sifatida jo'natdilar. 
19-jumadul a w a l, chahorshanba kunida2 bu bashoratli xabar ul 
xosiyatsiz boshlar bilan birga Ho'qandi latifga keldi. Kabira sag'ir, 
fuqarolar bir necha kun xursandchilik qildilar»3.
So'ngra ular Toshkentda g'oliblam i qanday qutlashgani haqida 
Muhammad Solih qori ham yozgan: «Sulton Saidxon va mulla 
Alimqul amiri lashkar ko'p askarlar bilan Chirchiqdan o'tganda 
shahar ahli, akobirlari, ulamolari, fozillari, sardorlar va shayxlar 
ulaming qarshisiga chiqib ziyorat etib, y ig 'i-sig 'i bilan ko'rishib 
va duoga qo'l ko'tarib, ularni shahardagi hukumat saroyiga olib 
keldilar. Ularga mujohidlar, g'oziylar va shahar aholisi qatnashuvida 
ziyofat berildi».
1864 
yilning noyabr oyida Toshkentda Sulton Saidxondan foti- 
ha olingandan keyin Alimqul sarbozlar va g'oziylar bilan Shay- 
xontahuming katta ko'chasi bo'ylab Sag'bon ko'chasi va Sag'bon 
darvozasi orqali Sariog'och yo'liga chiqadi. Ular bu yergacha «har 
bir mahallada va masjidlar oldida to'xtab jam oa ahlidan duo va 
fotiha olib» keldilar.


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish