Amiri lashkar Alimqul bu haqda k o ‘p o ‘ylab ko‘rgandan keyin,
o ‘z shig'ovuliga shunday deydi: «Bu musoleha' nihoyat yaxshi va
fisandidadur va mundin yaxshi maslahat yo‘q, ammo bir nuqtamiz
ani qabul qilmoqdin m an’ qiladur. Bu musolehani qilsak, Turkiston
va Farg‘ona xalqi «Amiri lashkar va shig‘ovul degan ikki m al’un
o ‘z osoyishi va aysh-ishratlarin ko‘zlab, bu qadar musulmonlami
0 ‘rusiyag‘a tashlab sulh qildilar, agar bular g ‘ayrat va hamiyat qilsalar
hammamiz g ‘azotga otlanib,
bul taraf Urunburx, ul taraf Simfulod
(Simferopol) va Shomg‘acha olur erduk», deb tirik bormiz o ‘zimizg‘a
va o i g ‘animizdan so‘ngra farzand va nabiralarimizg‘a la’nat va ta’na
yuborsalar kerak... Endi bizga musoleha vajhidan so‘z qilmang, toki
savdom qo‘zg‘olib, safrom g ‘alaba qilmasun, dedilar»'.
General Chemyaev, polkovnik Lerx va kapitan Meyer Chim-
kentdagi m ag‘lubiyat oqibatlaridan cho‘chib, barcha kuchlami
Oqbuloqda jamladilar. Bu jang haqida rus manbalarida m a’lumotlar
juda yuzaki. Muhammad Solih Toshkandiy asarida esa bu voqea
shunday bayon qilinadi: «Mingboy bahodir birinchi fotihani olib
qipchoq qabilasi yigitlari bilan o ‘m slar y o iin i to ‘sib,
urushga
hozirlandi. Ikkinchi tarafdan toshkentlik jangchilar umsh maydonida
paydo bo‘ldilar. Shu holda Mirzo Ahmadbek qushbegi boshchiligidagi
X o‘jand navkarlari urushga kirishdilar. X o‘jandlik, m argilonlik,
andijonlik va namangonlik sarbozlar amiri lashkar mulla Alimqul
qo‘mondonligida Jinon qabristonining bir tomonida jang qildilar.
Bu yerda qilich va nayzabozlik bilan yoqalashishdi. Shunday qirg‘in
b o id ik i, o iiklardan tepalar hosil b o id i. Jangda Mingboy qipchoq
ot ustida qilich bilan u yoqdan bu yoqqa chopib dushmanlar boshini
tanasidan judo qildi. Ammo uning o ‘zi ham dushman o ‘qidan halok
b o id i. Xullas, kun botguncha to'xtovsiz
umsh b o iib , o ‘ruslar oxiri
chiday olmay orqaga qaytib, Avliyootaga chekindilar».
Avaz M uhammad Attor X o‘qondiy ham shunga hamohang
yozadi: «Safar oyining chorshanba, yigirma ikkinchi kunida bir necha
ming kofir o ‘z «go‘rxona»laridan to ‘satdan chiqib, islom lashkarini
pisand qilmasdan, ularga to ‘pu to ‘fangdan o ‘q otib, Chimkent qal’asi
tomon y o ig a tushdilar. Kamozi talligacha yetib kelib, shu yerdan
shahar qal’asini to ‘pga tutib, shunday umsh qiddilarki,
odamning
vujudi vahimaga tushib, hayratdan gung va lol b o id i. Mulla Alimqul
sardor janoblari har bir pahlavon gumhni joyiga tayinlab, Mingboy
qushbegini orqasigajoylashtirdi. Mulla Alimqul eshik og‘asining o ‘zi
bir necha dushman bilan umshardi...
1
Mullo Yumisjon Munshiy.
Amiri lashkar Alimqul tarixi, 49-50-betlar.
91
www.ziyouz.com kutubxonasi
Alqissa, ikki tomon ham shu xatarli hamda xavfli joyda
matonat va sabot ila bir-birlari bilan qattiq olishdi. Farg‘ona qo‘shini
ertadan kechgacha muharriba qildi... Oxiri zafar shamoli Farg'ona
tomon esdi va kofirlar tor-mor bo'lib, qochishni ixtiyor qildilar».
Alimqul erishilgan bu yutuqni mustahkamlab,
ruslar egallagan
shaharlami ozod qilish uchun qo'shinni ko'paytirish harakatiga
tushdi. Ana shunday taraddud qizigan kuz oyida Buxoro amiri
Muzaffaming Q o'qon xonligiga qarashli yerlarga bostirib kirgani
haqida xabar olindi. Bu orqadan urilgan xanjardek xoinona ish edi.
Alimqul shunday hal qiluvchi bir vaqtda Buxoro amirining yordam
berib, Vatanni himoya qilish o'm iga, Q o'qonga qilgan hujumiga qarshi
yurishga majbur bo'ldi. Bir tomondan, bosqinchi chorqo'shinlarining,
ikkinchi tomondan, amir M uzaffaming zarbasiga uchragan Alimqul
asosiy qo'shini bilan Q o'qon himoyasiga otlanishga majbur bo'ldi
va inglizlaming Hindistondagi vakolatxonasiga
hamda Turkiyaga
yordam so'rab murojaat qildi.
Alimqul X o'jand va O 'ratepada amir M uzaffaming qo'shinlari
bilan jang qilayotgan bir paytda, Chemyaev 1864 yilning 14
sentyabrida ikkinchi marta Chimkentga yurish boshladi.
Rossiyaning O 'rol, Orenburg kazaklari, 3-rota muntazam
piyodalari va to'pchilardan iborat gumhi Turkistondan, Chemyaev
qo'mondonligida, polkovnik Lerx boshchiligidagi G 'arbiy Sibir
bataloni, 4-rota o'qchilar, kazaklar, piyoda tog' artilleriyasi vzvodlari
va otliq o'qchilar
esa Avliyootadan chiqib, Sayram ostonasida
birlashdilar. 22 sentyabrdagi jangdan so'ng Chimkent istilo qilinadi.
Chimkentning olinishi bilan istilochilaming uzoqni m o'ljallab
tuzgan rejasi amalga oshib, Orenburg-Sibir liniyasidagi qo'shinlari
birlashtirildi. Q o'shin boshlig'i qilib Chemyaev tayinlandi.
Xullas, Rossiya imperiyasining keng istilochilik faoliyatini
davom ettirishi uchun juda qulay sharoit vujudga keldi. 1863 yilda
Polsha, Litva, Belomsiya va o 'n g qirg'oq Ulo-ainadagi qo'zg'alonlar
bostirilganedi. 1864yildaesaK avkazdatog'liklam ingso‘nggitayanchi,
hozirgi Checheniston ham chorizm qo‘shinlari tarafidan ishg'ol
qilinib, uzoq yillar davomida chor Rossiyasi mustamlakachilariga
qarshi kurashga rahbarlik qilgan imom Shomil taslim bo'ldi. Bundan
tashqari, imperiyadagi ichki ahvol O 'rta
Osiyoga qarshi hujumkorlik
kayfiyatini kuchaytirdi. 1861-1862 yillardagi Shimoliy Amerikadagi
fuqarolar umshi Rossiya sanoati uchun keltirilayotgan paxta oqimini
to'xtatib, bu xom ashyoga ehtiyojni kuchaytirdi. 1864 yilda O 'rta Osiyo
paxtasining narxi Rossiyada 1860 yilga nisbatan besh marta ko'tarilib
ketdi. Imperiya tashqi ishlar vazirligi harbiylar bilan birgalikda
imperator nomiga tayyorlangan axborotnomada «Rossiyaning
92
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sharqqa doimiy nazari kuchli bo‘lgani»ni eslatib, 0 ‘rta Osiyodagi
«yarim yovvoyi qabilalar bilan tinchliksevar siyosat o ‘tkazishning
iloji yo‘qligi» uqtirildi hamda Q o‘qon xonligidagi behisob tabiiy
boyliklarga alohida urg‘u berildi. Rus sanoatchilarining asl maqsadini
matbuot ham oshkora qilib, hukumatni «cho‘l
qaroqchilari bilan
pachakilashib oiirm aslikka» chaqirdi. Moskvaning «Golos» jum ali
ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatish va «yovvoyi kuchlarga kuch va
terror bilan javob qaytarish zarurligi»ga undadi. General Katenin esa
Toshkentni egallash Rossiyaning « 0 ‘rta Osiyo mulklariga ta’sirini
benihoya oshirishiga» diqqatni qaratdi.
Bunday sharoit va kayfiyatning vujudga kelishi urushqoq rus
generallarining mustaqil harakatiga keng yo‘1 ochdi.
Do'stlaringiz bilan baham: