Amirlik qo‘shinining asosini xasabdorlar va galabotirlar tash
kil etar edi. 1868 yilga qadar bu ikki qo‘shin turiga olinganlar bir
umr xizmatda bo‘lar edi. Piyoda sarbozlar, odatda, tinch sharoitda
uylarda yashar, haftada to ‘rt kun (chorshanba va jum adan tash
qari) erta tongda eshak bilan Buxoroga kelar va uch-to‘rt
soatlik mashqlarda qatnashib, yana qaytib ketardi. G.A. Aranda-
renko, shu vajdan, Buxoro «harbiy tizimida»
qorovullik xizmati
mavjud emas», deydi.
Amir Nasrullo davrida va undan keyin ham to ‘pchiboshi
qo^shinr.ing bosh qoinondoni hisoblangan. Bu, harbiy ish muvo-
zanatida otliq qismga nisbatan texnikaga ahamiyat berish ibtidosi
boiganm i, har holda, aniq bir nima deyish mushkul. Erondan olib
kelingan Abdusamad to ‘pchiboshi, muarrix Mullo Olim Mahdum-
ning «Turkiston tarixi» kitobida aytilishicha, bilimli, zakovatli
kishi b o igan. U, chamasi, to ‘p va to ‘pxonalarning
dala sharoitidagi
harakat imkoniyatini oshirishga erishadi. To‘plar, ularni tortib
yuravchi otlar guruhlanadi va raqamlanadi. M aium ki, bungacha
to'plarni ho‘kizlar sudrashi taomilda b o iib kelgan edi. Abdusamad
to ‘pchiboshining qismati fojiaviy yakun topadi, amir Nasrullo uni
Shahrisabz beklari bilan til biriktirishda ayblab, qatl etadi. Yollan-
ma lashkarboshilarga ruju qo‘yishdan, baribir, qaytilmagan.
Shu paytgacha osonlikcha erishilgan g ‘alabalardan m a g iu r-
langan general Chemyaev urishqoq
va harbiy mahorati baland
qismlar bilan Jizzaxni tez fursat ichida egallashiga shubha qilmagan
edi. Lekin o ‘z yurti, ona tu p ro g i va muqaddas vatani ozodligi
uchun hayot-mamot jangiga bel b o g iag an Jizzax mudofaachilari
chor qo'shinlariga qaqshatqich zarba beradi. Ulaming soni 8-9
ming kishidan oshiq b o im asa ham, Chemyaev qo'shinlariga qarshi
mardona jang qilib, ulami m a g iu b etadilar. Shu vaqtgacha chinakam
m ag iubiyat alamini totmagan general Chemyaev uchun Jizzaxdagi
jang juda qimmatga tushdi. Jizzax mudofaachilari
yengilmas deb
ovoza qilingan chor askarlarini ham yengish mumkinligini, buning
uchun ularga qarshi bir jon, bir tan b o iib , uyushgan holda jang qilish
lozimligini namoyish qildi. Ular bu jangda ms askarlarini yengib-
gina qolmay, qattol general Chemyaev faoliyatiga ham chek qo‘ydi.
Sankt-Peterburg shu vaqtgacha g ‘olib b o iib kelayotgan bosqin
chilaming Jizzaxdagi m agiubiyati Rossiyaning O ita Osiyodagi
mavqeiga jiddiy putur yetkazishidan xavfsirab, o ‘zboshimcha Cher-
nyaevni mansabidan chetlatdi. Turkiston viloyati harbiy guberna-
tori va qo‘mondoni qilib general Romanovskiy tayinlandi.
Shu tariqa,
Rossiyaning hukmron doiralari, bu bilan o ‘z ha
rakatlari xalqaro maydonda bosqinchilik sifatida qoralanishidan
119
www.ziyouz.com kutubxonasi
cho‘chib, uning bevosita ijrochisi deb general Chemyaevni asosiy
aybdor sifatida jazolash bilan o ‘zini chetga olmoqchi b o id i. Lekin,
Rossiyaning harbiy-siyosiy doiralari, boshqa tomondan, yeng uchida
Romanovskiyga qatiy harbiy harakatlar olib borishga ijozat berdi.
Chor Rossiyasining bosqinchilik siyosati mohiyatini anglay
boshlagan Buxoro amiri mufitiy xoj a M uhammad Porso boshchiligidagi
elchilami, A fg‘oniston va Hindiston orqali, yordam so‘rab Istanbulga
jo ‘natdi. Xoja Muhammad Porso inglizlaming Hindistondagi vakili
Jon Lourensga amir M uzaffaming maktubini topshirib,
Angliya
qirolichasiga ham bu iltimosini yetkazishni so‘radi. Jon Lourens
Xoja Muhammad Porso bilan bo ‘lgan suhbatda Buxoro amirining
1842 yilda ingliz polkovnigi Stoddart va Konollining o idirilishiga
m one’lik qilmaganining sababini so‘raganda, Buxoro elchisi: « B o iib
o ‘tgan voqeadan juda afsuslanaman. Ammo, u vaqtda yosh edim va
davlat xizmatida emasligimdan, bu narsaga ta’sir eta olmas edim.
Hozirgi amir ham u vaqtda davlat ishlariga yaqinlashtirilmagan
shahzoda edi», degan edi.
0 ‘z fuqarolarining Buxoroda oidirilishini unutmagan ingliz
hukumati
Istanbulga kelib, u yerdagi Angliya elchisidan yordam
so‘rab murojaat qilgan Xoja Muhammad Porsoga boshda o ‘zlarining
Hindistondagi vakili Jon Lourens, keyinroq esa Istanbuldagi elchilari
Genri Ellab orqali oradagi masofa uzoqligini vaj qilib, rad javobini
beradi.
Muarrix Mirzo Abdulazim Somiyning «Tarixi salotini Man-
g ‘itiya» asarida aytilishicha, bosqinchi qo‘shinlaming tobora ich-
karilab kelishi amirlikning ilg‘or fikrli ziyolilari orasida qattiq
nafrat uyg‘otadi. Buxoroda madrasa
talabalari junbushga kelib, chor
bosqinchilariga qarshi g ‘azot qilishni talab qilib chiqa boshlaydilar.
Buxoro shahri raisi eshon Baqoxoja sadr am imi g ‘azotga otlanishga
da’vat etadi. Ilojsiz qolgan amir, Abdulazim Somiy aytmoqchi, «be-
ixtiyor bosqinchilarga qarshi yurishga qaror qildi. Muqaddas g ‘a-
zot uchun payshanba kuni beadad qo‘shin va behisob xayrixohlar
bilan uzangiga oyoq qo‘ydi va Buxoroyi sharifdan j o ‘nab ketdi»1.
Amir chor qo‘shinlariga qarshi jiddiy harbiy tayyorgarlik
k o ‘rmasdan, fuqarolaming qistovi bilan, o ‘z qo‘shinini muqarrar
halokat sari boshlab bordi. Voqealaming
keyingi rivoji shunday
xulosaga olib keladi.
Angliya va Turkiyadan yordam kutgan amir Muzaffar hatto
o ‘z homiyligidagi Q o‘qondan ham madad ololmaganidan tegishli
'
Do'stlaringiz bilan baham: