dushman
foydasiga ortiq b o isa-da, Buxoro lashkaridan jon
berib-jon olgan jasur sarbozlar ko‘p edi. Dushman K attaqo'rg‘on
urushida g ‘olib kelgan boisalar-da, o ‘zlari ham katta zarba yegan-
larini his qiladilar. «Buxoro lashkari dushmanning ko‘zini ochib,
chekinishga majbur qildi»1, deydi tarixchi.
Karmanada turgan amir Muzaffar ikki o ‘t orasida qolgan edi.
Bir tomondan, dushmanning qo‘li baland kelib, tobora uning
qarorgohiga yaqinlashib kelayotgan b o isa, boshqa tarafdan, Abdu
malik to ia n in g e ’tibori oshib, Samarqand bo‘sag‘asida
ularga tahdid
solayotgan, maboda zafar quchgudek b o isa , Buxoro taxti uning
q o iig a o ‘tishi muqarrar edi. Mirzo Abdulazim Somiy bu haqda,
«amir Xorazmga ketishga qat’iy qaror qildi»2, deydi. Amirning
hafsalasi pir b o iib , umid va ishonchi qolmagan, Xorazmdan
boshpana topishdan o ‘zga chora yo'q, deb hisoblagan paytida,
esiga Shukurbiy inoq tushib qoladi.
Shukurbiy inoqning amir
oldida hurmati katta, umuman, arkoni davlat orasida nufuzi baland
edi. Shukurbiy inoq ancha kundan beri hibsda saqlanayotgandi.
Shukurbiy inoqning hibsga olinishining sababi, Mirzo Abdul
azim Somiyning ko‘rsatishicha, bosqinchi qo‘shinlar Jizzaxdan
Samarqandga borish yo iid ag i
Soy-bo‘yi
qal’asida turganla-
rida, Buxoro lashkari G ‘ishtko‘prikda muqim edi. Amir Muzaffar
ish k o ig a n , aqlli sardor Shukurbiy inoqni lashkar boshlig‘i
qilib
tayinlaydi. Shu orada Shahrisabz va Kitob bekliklaridan 2 mingta
sarboz Shukurbiy inoqqa kelib qo‘shiladi. Shahrisabz va Kitob
hokimlari unga xat yozib, yurtga yov kelganda amir bilan bizning
ixtilof qilib turishimiz to ‘g ‘ri b o im as, ittifoq b o iib jang qilaylik,
amir bilan bizni yarashtirib qo'ying, degan taklifni o'rtaga
qo‘yadilar. Shukurbiy inoq ularning gapini m a’qullaydi va kelgan
lashkarga joy ko‘rsatadi. Biroq, ayrim hasadgo'ylar buni amirga
teskari tushuntiradilar: go‘yo
Shukurbiy inoq kenagaslarga qo‘shilib,
ular bilan amirga
qarshi fitnaga til biriktirgan emish. Soyasidan ham hadiksiraydigan
b o iib qolgan amir ig‘voga ishonib, G ish tko 'p rik ka Abdulqodir
devonbegini jo'natadi, Shahrisabz lashkariga javob berishni, Shu
kurbiy inoqni esa yaxshi gap bilan huzuriga olib kelishni topshiradi.
Endi, amir ikki o ‘t orasida qolgan, taxtu baxtidan ajralay deb turgan
paytida siyosat yurgizishni yaxshi biladigan, mulohazali Shukurbiy
inoqdan ham maslahat olish ortiqcha b o im as, deb hisoblaydi.
1 O 's h a joyda.
: 0 ‘sha asar, 87-bct.
141
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shukurbiy inoq garchand zindondan chiqib kelgan bo‘lsa-da,
gina-quduratni bir chetga qo'yib, amirga shunday maslahat beradi:
«Xorazmga qochmoq yov q o iig a bandi bo‘lmoqdan
yuz karra
yomondir, zero, hujum qilib kelayotgan qo‘shindan qochish jazoni
oshirgani kabi, gunoh hamda sharmisorlik hisoblanadi. Bordiyu
dushmanga asir b o ‘lmoq esa, olijanob va baxtli xotimotdir. Endi,
Samarqandning qo‘ldan ketganligi, yovning shijoat ko‘rsatganligi
bois qayg‘uga botish, o ‘zni xor qilish o ‘rinsiz. Aksincha, xudoni
dilga solib, qat’iyat bilan ish tutmoq lozim. Bu ko‘hna olam
bunday o ‘zgarishlarning qanchasiga guvoh b o ‘lgan, binobarin,
Samarqandning qo‘ldan ketishi Buxoro davlatining halokatiga
sabab b o ‘lolmas. Nechunkim, burungi
zamonlarda ham aksar vaqt u
boshqa hukmdorlarga tobe b o ‘lib kelgan. Bordiyu amiming bezov-
taligi yovning jasurligi tufayli bo‘lsa, bundan ortiq xavfsirash
to ‘g ‘ri b o im as. Negaki, gubemator imperatoming k o ‘pdan-ko‘p
boshliqlaridan biridir. Ruslarda mavjud b o ig a n odatga ko'ra, huku-
matdin yana boshqa topshiriq b o im asa, uning hukmdor irodasidan
o ‘zga harakat qilishi m arg‘ub tutilmas. Shu kunlarda Kaufman
Samarqand qamali haqida xabar olgan ekan, shubhasiz,
uni bartaraf
etishni muhim deb bilur va sulhga moyillik bildimr. Davlat ravnaqi
uchun, zudlik ila gubem ator oldiga kimnidir yo ‘llash, yarashuv
ahdini o ‘rtaga solish kerak. Siz esa baxt-saodat ila y o ‘lga chiqib,
Buxoroga qutb misol kirib, davlatxona markazidan joy olm og‘ingiz
darkor»1.
Amir Muzaffarga Shukurbiy inoq maslahati m a’qul tushib,
Xorazmga qochish qaroridan qaytadi. Gubemator Kaufmanga elchi
bilan maktub y o ila b , do‘stlik va sulhni taklif etadi. Kaufmanning
ham, Shukurbiy inoq aytganidek, yarashuvdan o ‘zga chorasi y o lq
edi.
Shunday qilib, Amirlik va Rossiya o'rtasida sulh qaror topadi.
Shirinxotun mavzesidagi ko‘prik oraliq chegara deb e ’tirof etiladi.
Bu sulhning vujudga kelishi va kuchga kirishi 1868 yilda yuz beradi.
Dushman bilan sulhga erishib, o'zini bir qadar tutib olgan
amir Muzaffar bor kuch va imkoniyatini o ‘g ‘li Abdumalik to'ra va
uning tarafdorlarini mahv etishga qaratadi. Mirzo Abdulazim Somiy
ta ’kidlaydiki, «hukmdor to ‘raning ishlari yurishib, g ‘alaba qilgudek
b o isa , shak-shubhasiz, hokimiyat unga o ‘tib, podshohlikni d a’vo
qila boshlaydi, degan xavfda edi. Shu bois, to'raning obro‘sini
to ‘kish, o'jarligini jilovlab qo'yish tadbirlarini ko‘ra boshladi»1.
Amir Muzaffar bosqinchilarga qarshi
amirlik hududida katta
m avqe’ va xalq ishonchiga sazovor bo'Iib, kurash boshida turgan
1
Do'stlaringiz bilan baham: