XIVA
Rossiyaning hukmron doiralari Turkiston general-gubernatorligini o'zining O'rta Osiyodagi harbiy rejalarini amalga oshirish uchun tayanch markaziga aylantirib, bu safar istilo tig'ini Xiva xonligiga qarshi qaratdilar. Ular Pyotr I vasiyatini sira unutmagan edilar. 1717 yilgi Bekovich-Cherkasskiy qo'shinining halokati va 1839 yilda Perovskiy yurishining barbod bo'lganligi rus generallarining xotirasidan chiqmagan edi. Pyotr I ning bosqinchilik rejasini to'la amalga oshirish uchun tayyorgarlik ishlarini poyoniga yetkazishgach, istilochilar Xiva xonligiga ko'z tika boshladilar.
Xiva xonligi mustaqilligi bilan mustamlakachilarga jiddiy xavf solib turar edi. U ming yillardan buyon davom etib kelayotgan qadim Xorazm davlati timsoli sifatida ham Rossiya uchun xavfli ko'rindi. Rossiya imperiyasi o'z tasarrufidagi qozoqlami ozodlik kurashiga rag'batlantirib turgan Xiva ekanligini ham yaxshi bilardi. Qozoqlaming milliy-ozodlik kurashiga rahbarlik qilgan Kenesari Qosimov Xivadan doimo madad olib, o'n yil davomida Rossiyani bezovta qilib kelayotganligini ham unutmadilar. Masalaning siyosiy tomonidan tashqari, Sankt-Peterburg butun Turkiston oikasida tijorat ishlarini ham batamom o‘z qoiiga olishni maqsad qilib qo‘ygan edi. Kaspiy dengizining sharqiy sohillaridan Turkiston shaharlariga olib boruvchi barcha savdo yoilari esa Xiva xonligi hududlaridan o’tar edi.
1872 yil oxirlarida harbiy vazir boshchiligida Peterburgda Turkiston, Orenburg general-gubernatorlari va Kavkazdagi podshoh noibi ishtirokidagi maxfiy kengashda Xiva xonligini bosib olishga qaror qilinadi. Generallar rejasiga k o ia , Turkiston general-gubernatorligiga qarashli kuchlar sharqdan, Orenburg gubematori va Kavkaz noibligi ixtiyoridagi harbiy kuchlar esa g‘arbdan va shimoli-g‘arbdan Xiva ustiga yurishlari kerak edi.
Rossiyaning tajovuzkorona niyati Xiva xoni va uning oliy mansabdorlariga sir emas edi. Sayid Muhammad Rahimxon II (1865-1910) 1872 yilda Hindiston vise-qiroli huzuriga elchi jo ‘natib, Rossiya tahdidiga qarshi Angliyadan madad so‘ragan edi. Xonning elchisi Aminboy Muhammad o 'g ii Kalkutta shahrida lord Norsbruk bilan muzokaralar olib bordi. Angliyaning xukmron doiralari Xiva mustaqilligini saqlab qolishdan manfaatdor bo‘lsalar ham, Rossiya bilan ochiq to‘qnashuvdan xavfsirar edilar. London o‘zining boy mustamlakasi Hindistonga Rossiya tahdid solishidan va Afg'onistondagi mavqeiga Rossiyaning jiddiy xatar yetkazishini hisobga olib, Xivaga yordam koisatm aslik yoiini tutdi. Hindiston vise-qiroli Norsbruk shu sababli elchiga iloji boricha mslar bilan aloqani yaxshilash vositalarini ishga solishni hamda qo'shni musulmon davlatlari ittifoqini vujudga keltirishni maslahat berdi. Lord Norsbruk, agar chor Rossiyasi bilan urush boiib qolsa, Angliya yordamiga umid qilmaslikni ham ochiq izhor qildi.
Xiva endi o‘z kuchi va imkoniyatiga qarab ish ko'rishi lozim edi. Xonlik qo‘shinida hammasi boiib 27 eski zambarak, 2 ming otliq askar, 4 ming navkardan iborat qo'shin boiib, ular ham asosan poytaxtda jamlangan edi. Xiva istilosiga otlangan Rossiya qo‘shini ham son, ham sifat jihatdan, shuningdek harbiy texnika imkoniyati. qurol-yarogiari bilan ham Xiva xonligi qo‘shinidan ustun edi. Mazkur harbiy operasiyaga rahbarlik qiluvchi zobitlar va generallar amaliy tajribasi ham xivalik lashkarboshilardan ko'p darajada yuqori edi. Turkiston qo‘shinlariga (22 rota, 1800 kazak va 18 to‘p) general Kaufman, Orenburg otryadiga general Veryovkin (15 rota, 600 kazak, 8 to‘p), Mangqishloq otryadiga polkovnik Lomakin (12 rota, 800 kazak, 8 to‘p) qo'mondon boiib, Orol flotiliyasi ham ular lxtiyoriga berilgan edi.
Istilochilar qo‘shini, shu yo‘sinda, uch yo‘nalish bo‘yicha Xiva xonligi ustiga bostirib kirdi. Chor qo‘shinlari general-leytenant fon Kaufman va general-mayor Golovachyov qo‘mondonligi ostida Toshkent tarafdan, ikkinchi yo‘nalishdagilar general Veryovkin va uchinchi yo‘nalishdagi polkovnik Lomakin qo‘mondonligida Kaspiy dengizi tarafdan Xiva tomon kirib keldi. Imperator Aleksandr II Xiva yurishiga katta e’tibor beradi. Hatto, aytish joizki, imperator oilasining a ’zolari - buyuk knyazlar Xiva sari yurishda bevosita qatnashadilar. Nikolay, Konstantin, Yevgeniy Romanovlar va Gersog Leytenbergskiy kabi oliy zotlaming harbiy qismlarga qo‘mondon qilib tayinlangani ham Rossiyaning Xiva istilosiga katta e’tibor berganini ko‘rsatadi.
Turkiston general-gubematori fon Kaufman yurish oldidan Xivani siyosiy tarafdan ham yakkalab qo‘yish choralarini ko‘radi. U Buxoro amiri va Qo'qon xoniga tahdidli maktublar yo‘llab, ulami Xivaga yordam bermaslikka chaqiradi. Masalan, uning 1873 yil 4 martda Qo'qon xoni Xudoyorxonga yo'llagan xatida shunday deyilgan edi: « 0 ‘zimga ishonib topshirilgan qo'shinlar bilan Jizzax ustidan, Buxoroning shimoliy hududlari orqali o‘taman. Sizning dono harakatlaringizdan o‘mak olmay, Rossiya bilan do'stona munosabatlar o‘matilishiga qarshi turgan Xiva xonini jazolash uchun yo‘lga tushmoqdaman».
Buxoro amiri Muzaffaming Kaufmanga yozgan javob xatida ruslarga sodiqlik mhi o'rmalab turadi: «Elchingiz, stats-maslahatchi Stmve Rossiyaning Xiva bilan aloqasini batafsil gapirdi. Men bunday do'stlikni ifodalovchi xabaming m a’lum qilinishidan nihoyatda xursand bo‘ldim. Albatta, o'rtamizdagi do'stona munosabatlar sizning do'stingiz - bizning do'stimiz, va sizning dushmaningiz-bizning dushmanimiz bo'lishini taqozo qiladi. Men yaxshi tushunamanki, agar Xiva Rossiya bilan to‘g ‘ri munosabatda bo'lmasa, u vaqtda unga qarshi qurol ishlatishga to‘g‘ri keladi. Bunday hoi yuz bersa, men imkoni boricha o‘z yordamimni amalda ko‘rsatishga tayyorman.
Sizning elchingiz bizga shuni tushuntirdiki, Oq podshohning yerlaridan Xivaga uch tarafdan yo‘1 boradi: ulardan biri Kaspiy dengizidan, ikkinchisi - Qozolidan, uchinchisi - Oq podshohning ixtiyoridagi bizning yerimiz Amudaryodan o‘tadi. Sizga batafsil javobni stats-maslahatchi Stmve orqali yuborayotirman. Sodiq do‘st va qo‘shni sifatida sizdan iltimos qilamanki, menga o‘z fikringiz va harbiy yurish vaqtini oldinroq m a’lum qilingki, fuqarolarimni xotriijam qilish va sizga ishonchli kishilarimni yuborish imkoni tug‘ilsin».
Shunga qaramay, harbiy ta’lim olgan, bosh shtab akademiyasini bitirib, boy nazariy va jangovor malaka hosil qilgan rus generallari va zobitlari ixtiyorida eng zamonaviy to‘p, raketa otuvchi moslamalar, pulemyotlar bo‘Isa ham, ular erksevar va ikki bor Rossiya bosqinchi qo'shinlarini m agiub qilgan Xivadan, bari-bir, hayiqishgan.
Xiva xonining masalani tinch yo‘1 bilan hal qilishga urinishlari behuda ketgach, harbiy kengash chaqirib, mudofaa rejalarini tuzadi va istilochilarga qarshi o‘zining lashkarboshilarini safarbar qiladi. Matmurod devonbegi, Mahmud yasovulboshi, Yoqubbek qalmoq, Eltuzar inoq va Bobo mehtar rahbarligidagi o‘zbek va turkman (yovmit) yigitlari chor qo‘shinlari hujumini qaytarish uchun ikki guruhga bo‘linib y o ig a tushadilar.
General Veryovkin qo‘mondonligidagi Orenburg otryadi Qo‘ng‘irotga yaqinlashganida shahar hokimlari tezlik bilan dushman to'dalarining paydo boiganligi to‘g‘risida Xivaga chopar yo‘lladilar va vaqtdan yutish maqsadida ruslar huzuriga ham elchi jo ‘natishdi. General Veryovkin qo‘ng‘irotlaming vakili bilan uchrashib, uning takliflarini eshitdi. Muzokaralar olib borib, masalani tinch y o i bilan hal qilishni istamadi va shaharga hujum boshlash haqida buyruq berdi.
Qo‘ngirot xalqi Sayidbiy, Tojimurodbiy va boshqa biylar rahbarligida shahar qoidan ketganda ham kurashni davom ettirishga qaror qildilar. Shahar tashqarisidagi y o ilard a dushmanga hujumlar uyushtirib, ulami o‘qqa tutdilar. Veryovkin qo'shini esa talafotlar berib, Xo‘jayli va M angit qal’alarini ishg‘ol qildi. Ayni bir paytda general Golovachyov boshchiligidagi Turkiston qo‘shini Toshsoqa yaqinida daryodan kechib o‘tib, mudofaachilar bilan to'qnashdi. Xiva xonining asosiy zarbdor kuchi boigan Matniyoz devonbegi lashkari Karvon qishlogidagi pistirmadan dushmanga to‘satdan hujum qiddi. 9 rota, otliq askarlar, 8 to‘p bilan qurollangan o‘qchilar va sapyorlar rotalaridan iborat Golovachyov qo‘shini boshda bu hujumdan esankirab qoldi. To‘qnashuv shiddatli va ayovsiz boiib, har ikki tomondan ko‘p qurbonlar berildi. Matniyoz devonbegi kuchlar nisbatini to‘g‘ri baholab, Xazorasp tomon chekindi. Qurolyarog1 va harbiy texnika jihatidan ustun boigan Turkiston qo‘shini Xorazmning qo‘hna qal’asi Xazoraspni egalladi. Bu qal’ani bosh qo‘mondon fon Kaufman o‘ziga qarorgoh qilib, ichkari siljish uchun tayanch markaziga aylantirdi.
lstilochilar yoida uchragan har bir shahar va qishloqni talab, uylarga o‘t qo‘yib, qirg'inbarot uyushtirdilar. Ulaming ketida esa kultepalar va jasadlar qoldi. Ammo, Xorazm vatanparvarlari bo‘sh kelmay, o‘zlariga qulay joylardan dushmanga hujumlar qilishdi. Jangovar turkman urug‘lari: yovmutlar, imralilar, chovdirlar va ko‘kalanglarga mansub navkarlar dushman ketidan izma-iz borib, unga talafotlar yetkazishdi.
1873 yil 29 may kuni ruslaming asosiy kuchlari Xiva ostonalarida paydo bo‘ldilar. Xiva xoni ortiqcha qon to‘kilishini istamay, muzokaralar boshlash haqida o'z vakillarini fon Kaufman huzuriga jo ‘natdi. Ammo urushqoq general xonning taklifini oqibatsiz qoldirib, hujumga kirishdi.
Xiva mudofaasi yo'lboshchilarining nomlari tarix sahifalariga umrbod yozilib qoldi. Zero, 1873 yilda Xivani mudofaa qilgan kishilaming ism-shariflari istiqlol tarixidan munosib joy olishi farzdir. Urganch darvozasiga Muhammad Rizo to‘ra, Toshoyoq darvozasiga Abduqodir to‘ra, Bog‘ishamol darvozasiga Rahimberdibek Ollohberdi to‘ra Mag'fur, Shayx darvozasiga Ollohberganbek ibn Xudoyberganbek to‘ra o ‘g‘li tayin etildi. Shahar tashqarisida esa bosqinchilarga qarshi jang maydoniga chiqqan Xudoyor qushbegi, Rahmatulla yasovulboshi, Abdulla mahram, Mahmud yasovulboshilaming navkarlari fidokorona jang qildilar.
Xiva shahri va uning atrofidagi janglarda qilichu pilta miltiq bilan qurollangan mudofaachilarga qarshi bosqinchilar 692 granata, 133 raketa va 78605 o‘q otishgan. Harbiy hisobotga ko‘ra, Turkiston otryadi 62 granata, 5245 dona o‘q va 28 raketa; Orenburg otryadi 537 granata, 38060 dona o‘q, 52 raketa; Mangqishloq otryadi esa 93 granata, 35300 dona o‘q va 58 raketa otgan
Xiva xoni, sulh haqidagi navbatdagi taklifi rad etilgach, qo‘shimcha kuch to‘plash uchun shahardan chiqib, turkman yovmut aholining o‘tovlari sari yo‘l oldi. Afsuski, shunday qaltis bir paytda, xonning oilasi va yaqin qarindoshlari dushmanga qarshi yakdil bo‘lish o'miga, sulolaviy nizolarga berilib ketdilar. 0 ‘zbek xonliklari tarixidagi odatdagi fojia-bosqinchilarga qarshi kurash uchun birlashib harakat qilish o‘rniga boiinish yana mudhish tarzda qayta takrorlandi. Xonning inisi va uning yaqinlari dushmanga qarshi birlashib kurashish o'm iga u bilan kelishish yo‘liga o‘tib oldilar
. 1873 yil 29 mayda Rossiya imperatori Pyotr I ning mash’um vasiyati amalga oshirilib, Xorazm saltanati poytaxti - Xiva ishg‘ol etildi. Shaharga g‘olibona kirib kelgan Turkiston, Orenburg, Kavkaz qo‘shinlari talon-toroj qilishga kirishdilar.
Xon saroyida oliy hukmdorlarning taxti, bebaho oltin-kumush buyumlari, turli-tuman qimmatli matolar va nodir qo'lyozma asarlar Peterburgga, podshoh saroyiga o'lja sifatida olib ketildi. 0 ‘lja olingan behisob boyliklar generallar, zobitlar va askarlar o'rtasida taqsimlab olindi. Bosqinchilar avvaldan puxta ishlab chiqilgan reja bo‘yicha Xorazmning moddiy va madaniy boyliklarini talon-toroj qilishga kirishdilar
. General-gubemator fon Kaufman mslarga qarshi kurashga qodir va barchani o‘z atrofiga birlashtirishga layoqatli bo'lgan Xiva xonini zararsizlantirish chorasini ko'rib, o'nga maktub yo'lladi. Muhammad Rahimxon II taxtni saqlab qolish ilinjida, o'zi taklif etilgan Gandimiyon bog'iga yetib keladi.
Turkiston general-gubematori fon Kaufman bilan Xiva xoni o'rtasida muzokaralar boshlanadi.
General Xivani idora qilishga oid yangi nizomni xon diqqatiga havola etadi. Rossiya davlatchiligi rasm-rusumlarini joriy etishga qaratilgan bu hujjatga binoan xonlikda boshqamv tizimi bo'lgan devon tuzish lozim edi. Devon a ’zoligiga Xiva xoni tomonidan dushmanga xayrixoh amaldorlardan Matniyoz devonbegi, Eltuzar inoq va mehtar Abdullabiy, ikkinchi tarafidan esa bosh shtab podpolkovnigi Pojarov, artilleriya podpolkovnigi Ivanov, podpolkovnik Xoroshxin va savdogar Oltinboev tayinlanishi lozim edi. Istilochilarga qarshi janglarda shijoati va vatanparvarligi bilan tanilgan Muhammad Murodbegi va Rahmatulla yasovulboshilar esa Xivadan surgun qilinishi lozimligi ko'zda tutilgan edi.
General fon Kaufman muzokaralar bilan bir vaqtda, erksevar turkmanlami jazolash uchun general Golovachyov qo'mondonligidagi katta kuchni safarbar qiladi. Piyodalar, otliqlar, to'p va raketalar bilan qurollangan Golovachyov jazo korpusining «Bekovich xuni uchun» deya qilgan vahshiyliklari ms harbiy idoralari hujjatlari va mahalliy muarrixlar bitiklarida saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |