Mirzo Abdulazim Somiy.
Tarixi salotini M ang‘itiya. М., JVL, 1962, 61-bet.
120
www.ziyouz.com kutubxonasi
xulosa chiqarmadi. Q o i ostidagi bor imkoniyatlardan foydalanib,
barcha beklar va sardorlaming boshini qovushtirib, dushmanga
qarshi birlashib hujum uyushtirishni ham o ‘ylamadi. Bu hoi bosh
qo‘mondon Romanovskiyning qo‘shini Sirdaryo dashtiga chiqqani
haqida xabar olgandan keyin amir Muzaffaming xatti-harakatlarida
yaqqol ko‘zga tashlanadi. U rus qo‘shinlarining y o iin i to'sish uchun
30 ming kishilik lashkami Olloyor devonbegi qo‘mondonligida
jangovar marrani egallashga buyuradi. Amir o ‘z ixtiyoridagi lashkari
bilan aprel oyining oxirlarida y o ig a chiqadi va 0 ‘ratepa yaqinidagi
Rogun qishlog‘ida to ‘xtaydi va amir Olloyor devonbegining husni-
jam olda tengi yo‘q qizini o ‘z huzuriga keltirishni buyuradi. Yurt taqdiri
uchun hayot-momot jangi oldida ham amir o ‘zining huzur halovatini
o ‘ylaydi va haramiga keltirilgan 10 yoshli qiz, o ‘z lashkarboshisining
farzandi ekanligini ham unutib, ishratga beriladi. Olloyorbek
devonbegining sarbozi Parchayuz Abdurahmondan yozib olingan
esdalikda aytilishicha, o ‘sha tongda bu qizning so‘yilgan murdasini
topishgan. K o ‘p o ‘tmay, sevimli qizining mudhish o iim i haqidagi
xabar jangovor marrani egallab turgan Olloyorbek devonbegiga yetib
keladi. U farzand dog‘ida kuyib, bir necha kun davomida chodirdan
chiqmay yotadi. Olloyorbekka qilingan zulm uning qarindoshlari
To‘xtamishbek va Fozil dodxohlaming amirga qarshi adovatini
uyg‘otadi. Q o‘shni 0 ‘ratepada ham norozilik kayfiyati kuchayadi.
Amir Muzaffar esa qo‘shinning bunday holatidan bexabar holda,
0 ‘ratepa bilan Jizzaxni birlashtiruvchi karvon y o ii yoqasidagi katta
bir tepalikda (u keyinchalik «Amir qochgan tepa» nomini olgan)
o ‘z qarorgohini o ‘matadi. 1866 yil 8 mayda general Romanovskiy
qo‘shinlarining ilg‘or qismi Erjarda k o iin ish i bilan Olloyorbek va
uning qarindoshlari To‘xtamishbek va Fozil dodxoh boshchiligidagi
qo'shin jang qilmay, Xovos tomon chekinadilar. Bu ish bilan ular
begunoh halok etilgan qizchaning o iim i uchun amirdan o'ch oldik,
deb o ‘ylaydilar. Shaxsiy xusumat yurt manfaatidan ustun kelib, 30
ming kishilik lashkar jang maydonini bosqinchilarga b o ‘shatib beradi.
Natijada, chor qo‘shinlari amir ixtiyoridagi qo‘shinni bir hamla bilan
to ‘zg ‘itib yuboradilar. Muzaffar jang maydonini sharmandalarcha
tashlab qochadi.
Erjarda osonlikcha qozonilgan g ‘alaba Romanovskiyni ruhlan-
tiradi va chor qo‘shinlari 17 mayda X o‘jand ostonalarida paydo
b o iad i. Erksevarligi bilan tanilgan va bosqinchilaming ko‘p marta
dodini bergan bu ko‘hna shahar bosqinchilarga qarshi mardi-
maydon yigitlarini jangga tashlaydi. «G ‘arbiy qismlar, - deb yozgan
edi Romanovskiy, - shaharga kirayotganlarida nihoyatda qattiq
121
www.ziyouz.com kutubxonasi
qarshilikka duch keldilar. Shahar himoyachilari har bir qarich yer
uchun jang qildilar». X o‘jand xalqining qahramonona kurashini Avaz
M uhammad Attor H o‘qondiy shunday tasvirlaydi: «X o‘jandliklar
g ‘ayrat kamarini bellariga bog‘lab, ulami (ms askarlarini) orqaga
qaytardilar... Shu payt xiyonatkorlar darvozani ochib berdilar. Shu
ning uchun X o‘jand qal’asini chor bosqinchilariga olish oson
tushdi. X o'jand fuqarosi ulaming shaharga kirishlarini k o ‘rib g ‘ayrat
va shijoat ila bosqinchilaming y o iin i to ‘sib, qat’iy harakatlar
bilan jangga kirdilarki, yeru osmon, dono va nodon kishilar afsus
barmoqlarini hayrat tishlari ila tishlab tahsin va ofarinlar aytdilar.
Har ikki taraf to ‘pu to ‘fang, cho'pu tayoq ila bir-birlarini urib yakson
qilardilar. Xususan, tub joy aholi ko‘proq to ‘pu to ‘fang qurboni
b o iib , orqaga qaytib har biri k o ‘cha, mahalla va b o g ia r ichidan
qochib qoldilar. Bosqinchilar ham ular orqalaridan quvlab ketdilar,
ko ‘cha, mahalla va bozorlarda odam qolmasdan, ayolu bola
demasdan, ko‘p kishilami miltiq bilan otib shahid qildilar. Fayz osor
shayx Muslihiddin hazratlarining mozorlarida panoh topgan g'aribu
bekaslar, ko‘m choioqlar, gadoyu darvishlar, mayibu majmhlar -
hammalari, kishi qolmasdan nobudlik olamiga ketdilar.
Madrasa va saroylar talon-toroj qilinib, k o ‘p odamlar qatl
etildilar. Ikki tomon ham tinchib, qiyomat asar mojoralar to ‘xtagandan
so‘ng, har bir toifa o ‘z o iiklarin i topib, ulami sanash bilan m ashg‘ul
boidilar. Musulmonlardan 2600 kishi, erkagu ayol, kabim sagirdan
shahodat darajasiga etib ekanlar; kuffordan esa 1200 kishi do‘zax
va jahannam dargohiga ketgan ekan. Shunday fojia ila X o‘jand
fuqarolari bosqinchilaming zulm-sitamiga giriftor b o idilar. [X o'
jand] viloyatining m o‘tamidlari ming ajzu dard ila janob xon
(Xudoyorxon) valine’matga ketma-ket elchi bilan xat yuborib,
islom ahlidan madad soiadilar. Janob xon uzoq muddat andisha
dengiziga g ‘arq b o iib , bosqinchi askarlarga qarshi biron ju r‘at
qilmadi».
Bosqinchilar bilan sakkiz kun davom etgan jangu jadallarda
ana shunday mardi-maydon fidokorlardan besh ming kishi shahid
b o ia d i. Dushman katta talafot evaziga X o‘jandni egallaydi. Shun
dan so‘ng istilochilaming yovuz nigohi 0 ‘ratepaga qadaladi.
Bosqinchilar 2 oktyabrda uning ostonasiga yaqinlashadilar. 0 ‘z eli,
yurti, ozodligi uchun yonib kurashayotgan va shu y o ig a aziz jonini
tikkan mardlar qatoriga keksa-yu yosh, va hatto, ayollar ham qo‘-
shildi. Guvohlaming so‘zlariga qaraganda, jangda 0 ‘ratepaning
30 ming himoyachisidan yarmi halok b o ia d i. Guvohlaming
yozishicha, «jang shu darajada dahshatli b o ig an k i, to ‘kilgan odam
122
www.ziyouz.com kutubxonasi
qoni bamisoli ariq suviga o ‘xshab oqqan». 0 ‘ratepadagi janglar
Avaz Muhammad Attor asarida batafsil bayon etilgan: «Abdul-
g ‘afforbek 0 ‘ratepa viloyatining hokimi edi. U bir qancha jasur
va mard odamlami y o i qo‘riqlashga yuborgan ekan. Y o id a ikki
gumh dushman bilan to ‘qnashdilar. Musulmonlar katta kuch bilan
dushmanga shunday hamla qildilarki, tobu toqat va sabm sabot
qolmadi va kelgan y o ilarig a qaytib, ming nayrang ila qochib ketdi-
lar. 0 ‘ktam yigitlar chaqqonlik bilan ularga yetib olib, p o ‘latsimon
nayzalar otib, yo m girdek o ‘q yog‘dirib, qo'shlarigacha quvib borib,
qaytib keldilar. Musulmonlaming ju r‘ati ahli kufforga m a’lum
bo‘ldi. Beqaror yuraklarida sabru toqat qolmadi va ular payshanba
kuni ertalab o ‘z joylaridan ko‘chib, K o‘rkat mavzeiga keldilar.
Vatanparvar aholi bosqinchilaming y o ‘lini to ‘sib, sa’yu qo‘shish ila
jangi azim qildilar. Dushmanlaming harbiy qudrati zo ‘rligi tufayli
ahli tub joy aholi m ag‘lub b o iib , umsha-urusha orqaga qaytdilar.
Novkat mavzeiga kelib, otlarini to ‘xtatib, yana qattiq jangga
kirishdilar. Har bir m avze’ va qarorgoh uchun betinim jang qila-qila
M oxovzor mavzeiga yaqinlashdilar». Bu jangda yurt himoyachilari
dastlab dushmanni m agiubiyatga uchratganlar. Rus manbalarida
0 ‘ratepadagi ulaming m agiubiyati haqida hech nima deyilmay,
ko‘proq Rossiya soldatlarining «jasorati»ga e ’tibor beriladi1. Muar-
rix Avaz Muhammad Attor H o‘qondiy asarida esa haqiqiy manzara
tasvirlangan: «Ahli kuffor qal’ani egallash qasdi ila y o ig a chiqdi.
Musulmonlar bir qancha musulmon merganlami qal’a atrofiga
joylab qo‘ygan ekanlar. Merganlar battol dushmanni yaqinlashishlari
bilanoq ulaming atroflarini o ‘rab olib, to ‘pu to'fangni jo ‘shu xurujga
keltirib, to ‘rt tomondan muqobatsiz otdilar. Ularda tob-toqat qolmadi
va natijada katta zarar ko‘rib, qattiq zarba yeb qaytdilar. Kundan-
kunga jangu jadal kuchayib borardi. Yakshanba kechasi, jum odi ul-
oxir oyining 4-si, yo 5-sida bosqinchilar uchta darvozaga odamlami
ta ’yinlab va o ‘mashtirib, M ug‘ darvozasining chuqur xandaqini xas-
xashak bilan to id irib , shunday keng joyni bir kechada tekis qilib,
o ‘zlariga yo‘1 ochib, tongni kutib turdilar. Shu payt shahar aholisi
g ‘ofil va o ‘z ahlu holiga m ashg‘ul b o iib , olamdan bexabar uyquda
yotar edilar. Biroz vaqt o ‘tgach, sahar paytida, shahar darvozalariga
bir ming-ikki ming kishini qo‘yib, Rusiyaning gubematori va
generali ko‘p sonli to ‘da ila M ug‘ darvozasida hozir b o id i. To‘satdan
o ‘zlari tekislagan y o id a n o ‘tib, shahar darvozasidan kirib tug‘
sanchigini M ug‘ qal’asiga o ‘matishni buyurdi. [M ug‘ qal’asi] shu
1
Do'stlaringiz bilan baham: |