1-bob.
JAHON XO'JALIGI VA UNING
SHAKLLANISH BOSQICHLARI
1.1. «Jahon iqtisodiyoti» fanining predmeti
va o'rganish xususiyatlari
XX—XXI asrlar b o ‘sag‘asida ro ‘y bergan keng ko‘lamdagi
iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlar jahon xo'jaligi va
uning mohiyatiga o 'z ta ’sirini o'tkazgan edi. Bu jarayonlar ta ’sirida
jahon xo'jaligida sezilarli siljishlar, o'zgarishlar yuz berib, rivojlani-
shining yangi, turli-tum an va ko'p variantli bosqichlari shakllandi.
Jahon
iqtisodiyotida nafaqat dunyo, balki uni tushunish, talqin
qilish ham o'zgarib bormoqda. Jahon xo'jaligida, ayniqsa, Yevropa
mamlakatlari iqtisodiyotida shunday tub o'zgarishlar yuz berdiki,
bu o'zgarishlar ham, albatta, jahon xo'jaligining rivojlanishiga o'z
ta ’sirini o'tkazm asdan qolmadi.
M a’lumki, hozirgi kunda jahon mamlakatlari bir-biri bilan
shunday o'zaro bog'lanib ketganki,
biz bulam i, asosan, o'zaro
iqtisodiy aloqalarni turli darajada rivojlangan iqtisodiy tuzilm alar-
ning ishtirokida ko'rishimiz mumkin. Ushbu m am lakatlar nafaqat
turli darajada rivojlanganligi bilan,
balki xalqaro m ehnat taq-
simotiga va jahon xo'jaligiga turli darajada jalb qilinganligi bilan
ham farq qiladi.
O'zbekiston Respublikasi suveren davlat sifatida (1991) jahon
maydoniga o'zining ilk qadamini qo'ydi. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy
shart-sharoitda, ya’ni bozor iqtisodiyotiga o'tishning tarkibiy
qismiga aylangan bir sharoitda respublikamizning integratsion
jarayonlarga faol va keng ko'lam da jalb etilishiga xalaqit berayotgan
bir qator to'siqlam i yengib o'tishga to 'g 'ri kelmoqda. Shu nuqtayi
nazardan olganda, bozor munosabatlari nazariyasi va amaliyotini,
raqobatbardosh iqtisodiyot asoslarini va korporatsiyalaming tashqi
iqtisodiy aloqalar sohasida ishtiroki usullarini o'rganishga bo'lgan
qiziqish respublikamizda tobora ortib bormoqda.
Bu m uam molar
hozirgi kunda tor guruhdagi mutaxassislaming o'rganish predmeti
6
bo'lmay qoldi. Milliy iqtisodiyotni jahon xo‘jaligining bir qismi
ekanligini tan olinishi esa «Jahon iqtisodiyoti» fanining o'rganish
predmetini qayta ko'rib chiqishni talab qilmoqda.
O'zbekistondagi sanoat korxonalari ishlab chiqargan m ah
sulotlar tashqi bozorga chiqishi va xorijiy firmalarning respub
likamizda endigina shakllanib borayotgan tovar va xizmatlar bozoriga
kirib kelishi ilgari xo'jalik amaliyotida duch kelinmagan bir qator
yangi m uam m olarni ham keltirib chiqarm oqda.
Yangi m usta-
qillikka erishgan mamlakatlarda bo'lgani kabi O'zbekistonda ham
bozor sharoitida, ayniqsa, xalqaro bozor sharoitida faoliyat olib
borish uchun zarur bo'lgan nazariy va amaliy ko'nikmalarga ega
bo'lgan mutaxassislaming kamligi yoki deyarli yo'qligi sezilyapti.
«Jahon iqtisodiyoti» fanini o'rganishda uning quyidagi o'ziga
xos xususiyatlari va jihatlariga to'xtalib o'tam iz:
— jahon iqtisodiyoti: mohiyati va XX—XXI asrlar bo'sag'asidagi
taraqqiyotining asosiy qonuniyatlari va tamoyillari;
— zamonaviy jahon xo'jaligini subyektlari
va mamlakatlaming
jahon xo'jaligida tutgan o'mini tavsiflovchi ko'rsatkichlar tizimi;
— xalqaro iqtisodiy integratsiya;
— XX—XXI asrlar bo'sag'asida jahon iqtisodiyotidagi global
muammolar;
— zamonaviy jahon xo'jaligining tabiiy resurslari salohiyati;
— jahon iqtisodiyotidagi
inson resurslari;
— ilmiy-texnik salohiyat va uning zamonaviy jahon xo'jaligi
taraqqiyotidagi roli;
— jahon xo'jaligida tarmoq tuzilmasi tushunchasi va zamonaviy
sanoatning jahon iqtisodiyotida tutgan o 'm i;
— jahon iqtisodiyotida rivojlangan mamlakatlaming tutgan o'm i;
— rivojlanayotgan mamlakatlaming jahon xo'jaligida tutgan o'mi.
Do'stlaringiz bilan baham: