TSk =( TS/YaIM )
100 %,
bu yerda,
TSk —
tashqi savdo kvotasi;
TS —
tashqi
savdo obo-
rotining hajmi.
Bu ko‘rsatkichning kamchiligi unda kapital eksporti kattaligi
hisobga olinmaganligidir. Quyida «katta yettilik» davlatlari uchun
tashqi savdo kvotasi ko'rsatkichlari keltirilgan:
Angliya — 41,8 %;
Germaniya — 50,8 %;
AQSH - 17,0 %;
Yaponiya — 17,8 %.
Mamlakat ichki bozorining hajmi, uning iqtisodiy rivojlanganlik
darajasiga, mamlakatning xalqaro ishlab chiqarishda qatnashuviga,
iqtisodiyotning ochiqligi darajasi va xalqaro iqtisodiy aloqalarning
rivojlanganlik darajasiga ta ’sir qiluvchi omillarga bog'liqdir. Ba’zi
bir iqtisodchi olimlar iqtisodiyot strukturasidagi asosiy sohalarning
(energetika, metallurgiya, tog‘-kon va boshq.) ulushi qancha ko‘p
bo'lsa, m am lakatning xalqaro
m ehnat taqsim otida ishtiroki,
iqtisodiyotning ochiqligi shuncha kam bo'ladi, fikrini bildirishadi.
Amerikalik iqtisodchilar J. Saks va E. U ornerlar esa milliy iqtiso
diyotning ochiqlik darajasi mamlakatda «haddan tashqari katta»
eksport va import bojlarining yo'qligi, milliy valutaning «yetarli
darajada» konvertatsiyasi mavjudligi bilan aniqlanadi, deyishib,
«davlat sotsialistik bo'lmasligi kerak», fikrini bildirishadi.
Shuni
alohida ta ’kidlash lozimki, ko'rsatib berilgan koeffitsient va k o 'r
satkichlar har doim ham iqtisodiyot ochiqligi holatini to'liq ko'rsata
olmaydi. Masalan, tashqi savdo kvotasi m a’lum m a’noda iqtisodiyot
ochiqligini namoyish qilsa ham, uning sintetik ko'rsatkichi bo'la
olmaydi. Tashqi savdo kvotasi, asosan,
davlatning xalqaro m ehnat
taqsimotidagi ishtirokini ko'rsatadi. Bu esa ochiq iqtisodiyot tu-
shunchasining bir qismi xolos. Iqtisodiyotning ochiqligi ko'rsatkichi
esa murakkab, kompleks ko'rsatkichdir.
1995-yilda Rossiyada tashqi savdo kvotasi 35 % ga yaqin bo'lib,
YalM ning taxminan 25 % eksportga to 'g 'ri kelgan. Xo'sh, bu
Rossiya iqtisodiyoti yuqori darajada ochiq m a’nosini beradimi?
Xullas, bojlarning na o'rtacha darajasi bo'yicha, na eksport tarkibi
bo'yicha, na investitsion iqlim parametrlari bo'yicha,
na boshqa
bir qator ko'rsatkichlari bo'yicha bu savolga qoniqarli javob berish
mumkin emas. Chunki, Rossiyaning stixiyali tarzda shakllanayotgan
ochiq iqtisodiyoti tartibsizlik va anarxiyaga yaqindir. Uni ko'proq
13
kvaziochiqlik*
deb ta ’riflasa bo'ladi. Bunday «ochiqlik» yalpi
d e m o k ra tiy a lash d a ta sh q i savdoni ta rtib siz erk in la sh tirish
bo ‘lganligi uchun ham iqtisodiyotni
samaradorligini va uning
raqobatbardoshligini oshirishda yordam bermasdan, aksincha, unga
sezilarli zarar ham yetkazib, davlatning iqtisodiy xavfsizligiga tahdid
solayapti.
Germaniyalik iqtisodchi X. Shreder, «M DH mamlakatlarining
jahon bozoriga kirib borishi,
savdo imtiyozlari, proteksionistik
choralar va keng miqyosdagi texnik-texnologik yordamsiz mumkin
emas», deb ta ’kidlaydi. 0 ‘z navbatida M.Pebro, «savdoning erkinligi
«ehtiyotkorliksiz» bo'lishi kerak emas, chunki bu qoidalardan ko'r-
ko'rona foydalanish tezda kuchsizlaming kuchlilarga bo'ysunishiga,
iqtisodiy kolonializmni kelib chiqishiga olib kelishi mumkin», deb
eslatib o'tadi.
1. «Jahon iqtisodiyoti» fani nimani o'rganadi?
2. Zamonaviy jahon iqtisodiyotining mazmuni va mohiyatini tushuntirib
bering.
3. Jahon xo'jaligini tarixan shakllanish bosqichlarini bayon eting.
4. «Ochiq iqtisodiyot» deganda nimani tushunasiz?
5. Iqtisodiyotning ochiqligini ifodalovchi asosiy ko'rsatkichlar xususida
nim alar bilasiz?
*
Do'stlaringiz bilan baham: