Oʻzbеkistоn rеspublikаsi оliy vа



Download 8,9 Mb.
bet12/62
Sana12.03.2022
Hajmi8,9 Mb.
#491788
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62
Bog'liq
uslubiy qo`llanma Norganik kimyo

Alanganing «sakrashi». Ventilni bir tekis aylantirib alanga balandligini 2 sm gacha kamaytiring. Shundan so‘ng diskni trubkadan burab oxirigacha uzoqlashtiring. Alanga «sakraydi», ya’ni gaz gorelkasi ichida yonish sodir bo‘ladi. Natijada alanga trubka ustida yo‘qoladi yoki cho‘zilib tovush berib yonadi. Agar gorelka mis qotishmasidan yasalgan bo‘lsa, ma’lum vaqtdan so‘ng alanga ko‘k rang beradi.

Alanga «sakraganda» gaz to‘la yonmaydi, natijada laboratoriyadagi havo zaharlanadi. Gaz trubka ichida yonganligi uchun u juda ham qizib ketadi, natijada gaz kelayotgan rezina trubka yonib ketishi mumkin.
Alanganing «sakrashi»ni yo‘qotish uchun kranni berkitish, gorelkani sovutish va qoidaga binoan yana gazni yoqish kerak (rasm 35). Nima uchun alanganing «sakrashi» kerak emas?
3. Gazning zaharliligi. Laboratoriya va sanoatda ham koks gazi yoki uning tabiiy gaz bilan aralashmasi ishlatiladi. Koks gazi toshko‘mirni gazlashtirib olinadi, tabiiy gaz esa tabiiy manba’lardan olinadi. Bu gazlarning o‘rtacha tarkibi (%):




N2

CH4
C2H6

CxHy

CO

H2O

N2

CO2

O2

Koks gazi

57

23

2

7

0,5

7,5

2

1

Tabiiy gaz

-

95,2

1,3

-

-

3,3

0,2

-

Koks gazidagi uglerod (II) oksid nihoyatda zaharli. Agar xavoda hajm jihatdan 0,3 % SO bo‘lsa, 12-15 daqiqada o‘lim darajasida zaharlanish sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham gaz gorelkalarini ishlashini e’tibor bilan kuzating. Laboratoriyadan ketayotib gaz kranlarining yopiqligini albatta tekshiring.


4. Alanganing tuzilishi. Tovush chiqmaydigan alanganing past qismiga (rasm 35 dagi punktir) tezda 2-3 soniyaga qog‘oz bo‘lagini kiriting. Shishgan halqa paydo bo‘lishini kuzating. Rasmda ko‘rsatilganidek alangaga shisha trubkacha kiriting va uning ikkinchi uchida gazni yoqing. Trubkani sekin-astalik bilan ko‘taring va uning yuqori qismida yonish to‘xtaganidan so‘ng, trubkaning past qismidagi holatni aniqlang. Gorelkani o‘chiring va gorelka trubkasiga to‘nog‘ichga o‘rnatilgan gugurt qo‘ying. Kranni oching va gazni yoqing. Gugurt yonadimi? Qisqich bilan to‘nog‘ichni alanganing yuqori qismiga suring. Nima kuzatildi? Qilingan tajriba asosida ichki va tashqi konusda gazning qanday yonishi haqida hulosa chiqaring.
5. Alanganing temperaturasi. Jurnalga gorelkadagi alanga sxemasini chizing. 35 rasmda ko‘rsatilganidek temperaturalarni hamma nuqtalari uchun ko‘rsating. Alanganing har xil zonalariga bir uchi shisha tayoqchaga ulangan nixrom simini kiriting va qizigan simning rangiga e’tibor bering. Temperaturaga qarab qizigan simning rangi quyidagicha o‘zgaradi:
500oC da - to‘q qizil 700oC da - qizil
1100oC da – pushti 1500oC da - oq
Sxemada 700 va 1100oC ga to‘g‘ri keladigan nuqtalarni aniqlang.

Quruq probirkaga 1g KBr kukunidan soling va alanganing eng yuqori temperaturasi ko‘rsatilgan joyida uzoq vaqt kizdiring. Tuz suyuqlanadimi? Shunday tajribani suvsiz natriy sulfat tuzi bilan qaytaring (erish temperaturasi 884oC). Bu tuz suyuqlanadimi? O‘tkazilgan tajribalar asosida gaz gorelkasi alangasida amalda erishiladigan o‘rtacha temperatura haqida mulohaza yuriting.



Rasm. 40. Spirt gorelkasi

Laboratoriya praktikumida ba’zan spirt yoki gaz gorelkasi alangasida olinadigan temperaturadan yuqoriroq temperaturadan foydalanish talab etiladi. Bunday hollarda kavshar (payalnaya gorelka) gorelkasidan (rasm 38) foydalaniladi. Kavshar gorelkalari odatdagi gorelkalardan shu bilan farq qiladiki, uning pastki qismida 2 ta kranli trubka bo‘ladi. Ularning biri orqali havo. ikkinchisi orqali gaz keltiriladi. Gorelka yoqilganida gaz krani (2) ochiladi va gaz yoqiladi, so‘ngra asta-sekin havo beriladi. Gaz va havoning kelishini taqsimlab kerakli temperatura va alanga hosil qilinadi.


Yodingizda bo‘lsin, tabiiy gaz-zaharli; gaz chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Gorelka ishlatilmayotganda gaz kranlari qattiq berkitilishi kerak. Tabiiy gazning ba’zi komponentlari hidli bo‘ladi va gaz chiqayotganini shundan bilish hamda kerakli choralarni ko‘rish mumkin.





Rasm. 41. Nasadka «qaldirg‘och dumi».

Rasm. 42. Kavshar gorelkasi: 1-havo keltiruvchi trubka; 2-gaz keltiruvchi trubka.



Hammomlar. 100-300oC da uzoq vaqt qizdirish uchun hammomlar qo‘llaniladi: suvli, qumli va b. Suv hammomi metall idishidan iborat bo‘lib, turli diametrdagi metall xalqalaridan iborat qopqog‘i bilan berkitiladi. Suv hammomidan foydalanilganida uning 2G‘3 hajmi suv bilan to‘ldiriladi, uch oyoqqa qo‘yib qaynaguncha qizdiriladi. Suv to‘la qaynamasligini nazorat qilib turish kerak. Yuqoriroq temperaturani hosil qilish uchun suv o‘rniga yog‘ yoki birorta tuzning konsentrlangan eritmasidan foydalaniladi (NaCI, CaCl2 va b.). Qum hammomi laboratoriyada asta-sekin qizdirish uchun qo‘llaniladi. Uning uchun metall idishga toza qum solinadi (organik aralashmalardan kuydurib tozalangan) va suv hammomi gaz gorelkasi alangasida qizdiriladi. Yelektr toki nyordamida ham qizdirish mumkin (rasm 39, b).



Rasm.43. Quritish shkafi
Pechlar. 600-1000oC dagi temperaturalarni olish uchun mufel pechidan foydalaniladi (rasm 40). Mufel pechi to‘rt burchakli karkasdan iborat bo‘lib, bir tomoni ochiq bo‘ladi va o‘tga chidamli loydan tayyorlanadi. Karkas tashqi tomonidan katta qarshiliklarga ega bo‘lgan metall simlari bilan o‘ralgan va asbest bilan to‘silgan. Karkas metall qobiqchasiga kiritilgan. Unda istalgan temperaturani ushlab turuvchi qurilma o‘rnatilgan. U elektr tizimiga ulanadi. Ammo pechni ulashdan oldin tizimning kuchlanishi mufel klemmalarida ko‘rsatilgan kuchlanishlarga mos kelishini tekshirib ko‘rish kerak.

(1)




Rasm. 44.
1) WCB -6/-11/-22 markali Sirkulyatsion suv hammomi:
a—suvli; b-elektr bilan qizdiriladigan suv xammomi

Rasm. 45. Mufel pechi.





Elektroplitkalar. Laboratoriyada gaz bo‘lmaganida yoki qizdirishda gazdan foydalanish mumkin bo‘lmaganda (masalan oson yonuvchan va uchuvchan moddalarni haydaganda) elektroplitkalar qo‘llaniladi. (rasm 41). Yopiq spiralli plitkalar oson yonuvchan va uchuvchan moddalarni haydashda ishlatiladi. Ularning spiralni ustida metall, asbest yoki yupqa shamotlik plastinka bo‘ladi. Oxirgi ikkitasi kimyoviy reaktivlar ta’siriga chidamlidir.
Ochiq spiralli plitkalar spiralga qizdirilayotgan moddalar tushish xavfi bo‘lmaganda qo‘llaniladi. Ularda spiral ishdan chiqqanligini oson aniqlash mumkin.
Dumaloq tubli shisha idishlarni qizdirish uchun kolbaqizdiruvchilardan (rasm 42) foydalaniladi. Ular konussimon uyimchaga ega. Qizdiruvchi spiral keramik konus bo‘ylab joylashgan.





Rasm. 46. Elektrplitkalar: a-yopiqtipdagi; b-ochiqspiralli.

Rasm. 47. Kolba qizdirgich.

Temperaturani boshqarish uchun elektrqizdirgich asboblarni reostat orqali ulash mumkin.





Download 8,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish