O‘zbekiston respublikasi oliy va


Takrorlash uchun savollar



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/147
Sana28.08.2021
Hajmi1,15 Mb.
#158242
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   147
Bog'liq
ozik-ovkat mahsulotlar ekspertizasi

 
Takrorlash uchun savollar: 
 
1.  Dudlangan baliqlarning sifatini organoleptik usul bilan baholashda 
ularning qaysi ko‘rsatkichlari asos qilib olinadi? 
2.  Dudlangan baliqlarning asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga nimalar 
kiradi? 
3.  Sovuq dudlangan baliqlar sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha necha tovar 
navlariga bo‘linadi? 
4.  Sovuq dudlangan baliqlarning organoleptik ko‘rsatkichlariga qanday 
talablar qo‘yiladi? 
 
 
Qoqilangan va quritilgan baliqlarning sifat ekspertizasi 
 
 
Qoqilangan  baliq.  Bu  xil  baliq  mahsulotlarini  tayyorlash  uchun  baliq 
tuzlanib, so‘ngra tabiiy  sharoitda  uzoq  muddat suvi qochiriladi.  Baliq tarkibidagi 
suvning kamaytirilishi hisobiga mahsulot uzoq saqlanadi. Qoqi qilingan baliqlarni 
to‘g‘ridan  –  to‘g‘ri  iste’mol  qilsa  bo‘ladi,  chunki  uzoq  muddat  suvi  qochirilishi 
mobaynida baliqda etilish jarayonlari ro‘y berib, baliq o‘ziga xos yoqimli ta’m va 
hid paydo qiladi. Bularda ham etilish jarayonida baliq go‘shti tarkibidagi oqsil va 
yoq  moddalarida  murakkab  fizik-  kimyoviy  o‘zgarishlar  ro‘y  berib,  mahsulotga 
yoqimli  ta’m  va  hid  beruvchi  yangi  moddalar  hosil  bo‘ladi.  Qoqilash  uchun 
o‘rtacha  semizlikdagi  va  seryog‘  baliqlar  ishlatiladi.  Osetra  va  lasos  oilasiga 
kiruvchi  baliqlardan  tashqari  hamma  baliq  turlari  qoqilanadi.  Osetra  va  lasos 
baliqlaridan esa tansiq lahmli baliq mahsulotlari ishlab chiqariladi. 
 
Baliqlarni  qoqilash  quyidagi  jarayonlarni  o‘z  ichiga  oladi:  saralash, 
tilimlash, yuvish, tuzlash, suvda ivitib ortiqcha tuzdan xalos etish va qoqilash. 
 
Baliq massasi bo‘yicha yirik, o‘rtacha va kichik baliqlarga saralanadi. Ularni 
nimtalash tuzlashdagi singari olib boriladi. Ko‘pincha nimtalamasdan butun holida 


 
150 
ishlangan  baliqlardan  yuqori  sifatli  qoqilangan  baliq  mahsulotlari  ishlab 
chiqariladi. 
 
Tilimlangan  baliqlar  sirtidagi  shilimshiq  moddasidan  tozalash  uchun 
yaxshilab  yuviladi.  SHilimshiq  moddasidan  yaxshi  tozalanmagan  baliqlar  sirtida 
oqishg‘ubor paydo bo‘ladi, bu esa baliqning tovar ko‘rsatkichlarini pasaytiradi va 
saqlash muddatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
 
Tozalangan baliq  aralash tuzlash usuli bilan 2 – 7  kun davomida tuzlanadi. 
Tuzlanish muddati baliqning katta – kichikligiga, haroratga va baliq turiga bog‘liq 
bo‘ladi.  Keyin  esa  baliq  tuzning  bir  tekis  taqsimlanishi  uchun  ma’lum  muddat 
ushlab turilib, suvda ivitilib ortiqcha tuzdan xalos etiladi. 
 
So‘ngra  baliq  chilvirga  tizilib,  ochiq  havoda  15-30  kun  davomida 
qoqilanadi.  YUqori  sifatli  qoqilangan  mahsulotlar  asosan  bahor  oylarida  olinadi, 
yozda  esa  yuqori  sifatli  qoqilangan  baliqlar  ishlab  chiqarish  mumkin  emasligi 
uchun baliqlar qoqilanmaydi. 
 
Mahsulotning  tayyor  bo‘lganligini  konsistensiyasining  zichlanishi,  qahrabo 
rang  va  o‘ziga  xos  yoqimli  hid  va  ta’m  paydo  qilishiga  qarab  aniqlanadi. 
Qoqilangan baliqlarda suv miqdori 45% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. 
 
Sifat  ko‘rsatkichlari  bo‘yicha  tarasha  baliq  (vobla),  qizil  ko‘z  va  azov  – 
qoradengiz  chavaq (taran) baliqlaridan tashqari qoqi qilingan  baliq 1-chi va 2-chi 
navlarga bo‘linadi. 
 
Birinchi  nav  qoqilangan  baliqlarning  sirti  toza,  shixastlanmagan, 
konsistensiyasi  zich,  go‘shtining  rangi  aynan  shu  baliqga  xos,  ta’mi  va  hidi 
yoqimli,  begona  ta’m  va  hidlarsiz  bo‘lishi  kerak.  Bu  nav  qoqilangan  baliqda 
baliqning  katta-kichikligi  va  semizligi  har  xil  bo‘lishiga  ruxsat  etiladi.  Ularning 
tarkibida  tuz  miqdori  10  foizdan  22  foizgacha,  suv  miqdori  esa  38-45%  bo‘lishi 
kerak.  Okeandan  ovlangan  baliqlarda  esa  nordonroq  ta’m  va  kamroq  yod  hidi 
bo‘lishiga ruxsat etiladi. 
 
Ikkinchi  navli  qoqlangan  baliqlarda  semizligi  har  xil,  tangachalari  tushib 
ozroq shikastlangan, qorin bo‘shlig‘ida go‘shtiga o‘tmasdan sal sarg‘aygan joylari 
bo‘lishiga  yo‘l  qo‘yiladi.  Bu  nav  qoqilangan  baliqlarning  konsistensiyasi  sal 
bo‘shashgan,  to‘g‘ri  tilimlanishdan  chetlanishlar  ham  bo‘lishi  mumkin.  Ularda 
tuzning miqdori 14% dan, suv miqdori esa 50% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. 

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish