Chiqish kelishigi. Mazkur kelishik qo‘shimchasining qo‘llanishi ham dj-lovchi va y-lovchi shevalararo farqlanadi.
Dj-lovchi shevalarda chiqish kelishigi qo‘shimchalari quyidagicha shakllarda ifodalanadi: Qattiq o‘zak-negizlarda:
a) unli va jarangli undoshlardan so‘ng -dan (qarz’dan, tavdan);
b) jarangsiz undoshlardan so‘ng -tan (attan).
Yumshoq o‘zak-negizlarda a) unli va undoshlardan so‘ng -den (tebeden); b) jarangsiz undoshlardan so‘ng -ten (bədrəktən), qattiq o‘zak-negizlarda sonor m, n, ng tovushlaridan va egalik qo‘shimchalaridan so‘ng -nan (tamnan) yumshoq o‘zak-negizlarda sonor m, n, ng tovushlaridan va egalik qo‘shimchalaridan so‘ng -nən (djuzumnən).
Y-lovchi shevalarda chiqish kelishigi qo‘shimchasi o‘zi qo‘shilib kelgan o‘zak-negizning qanday tovush bilan tugashiga qarab bir necha fonetik variantlarda bo‘ladi: Toshkent shevasida:-dən //-tən (yordən, dəryədən, dərəxtən). Farg‘ona shevasida: -dən-tan //-tən (qoldan, kopruktən.
Xorazm shevalarida: -dan//-dən//-tan//-tən//-nan//-nən (yכpraqidan) (כttan). Qarshi shevasida: -dan//tan//-nan (baladan, qalamnan).
O‘zbek tilining Turkiston, Iqon va Qorabuloq shevalarida chiqish kelishigi qo‘shimchasi: -din (undin, tamdin); -din (əptədin, betidin, ata-inəmdin); -tin (choqto‘n, ziya:pattin); -tin (Chimgəttin).
dj-lovchi shevalarda turlanish:
B.k. ata enə qozu tulku
Q.k. ataniң enəniң qozuniң tulkunuң
T.k. atani enəni qozunu tulkunu
J.k. atag‘a enəgə qozug‘a tulkugə
O‘-p.k. atada enədə qozuda tulkudə
CH.k. atadan enədən qozudan tulkudən
Y-lovchi shevalarda (Toshkent sh.)
B.k. dələ tכl ’sh
Q.k. dələn’ tכll’ ’shsh’
J.k. dələgə tכlgə ’shkə
O‘.p.k. dələdə tכldə ’shtə
CH.k. dələdən tכldən ’shtən
Farg‘ona shevasida
B.k. shכt’ chכy כsh
Q.k. shכt’n’ chכyd’ כsht’
J.k. shכt’gə chכygə כshkə
O‘.p.k. shכt’də chכydə כshtə
CH.k. shכt’dən chכydən כshtən
Xeva-Urganch shevasida
B.k. kush gul
Q.k. kushno‘ gulni
J.k. kusha gulə
O‘.p.k. kushda guldə
CH.k. kushdan kuldən
Qarshi shevasida
B.k. bala qalam
Q.k.t.k. balan’ qalamn’
J.k.o‘.p.k. balaya qalamga
CH.k. baladan qalamdan
Qorabuloq shevasida
B.k. ba:la tepə at
Q.k. ba:laniң tepəniң atiң
T.k. ba:lani tepəgə atqa
J.k. ba:lag‘a tepədə atqa
O‘.p.k. ba:lada tepədə atta
CH.k. ba:ladin tepədin attin
Xulosa qilib aytganda, kelishik kategoriyasi o‘zbek tilining shevalari aro o‘ziga xos xususiyatlari bilan farqlanib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |