Ko‘rsatish olmoshlari:
B.k. bu
Q.k. muniң
T.k. muni
O‘.p.k. munda
J.k. muna
CH.k. mundin
(anav, manav so‘zlari ham shu tarzda turlanadi). Ko‘rsatish olmoshlarini qo‘llashda yaqin-uzoq, aniq-noaniqlikka qat’iy rioya qilinadi, so‘zlovchiga yaqin bo‘lgan predmetga ishora qilinganda bu shu uzoqqa ishora qilinganda u, o‘sha olmoshlari ishga solinadi. So‘roq olmoshlari: kim, ne/ni, ni:du, nichik, nxi/nixi dedi, nechchi, qancha.
O‘zlik olmoshi: oz. Uning kelishiklar bilan turlanishi egalik olgan ot turlanishidan farq qilmaydi: ozi, ozimiң, o:zinqin, o:zinə, ozini/o:zinni, ozin:də, ozin-din.
Bo‘lishsizlik olmoshi: hech kim, hech n’mə. Gumon olmoshi: kimdir, nimadir, birov, birne.
Belgilash olmoshlari: xəmmə, barchasi, bəri, jamisi, butin, har kim, xər nərsə
SON. Sanoq son: (biy), ye:kki, ush, tot, besh. Sakkis, ottus, səxsən, toxsan.
Tartib son: -nji,-nji qo‘shimchalari qo‘shib yasaladi: birinji, yekinji, uchinji.
Taqsim son: Sanoq songa -din, -din affikslarini qo‘shish orqali taqsim son yasaladi: beshdin, oltidin, beshtadin.
Chama son -day, dəy,-choq qo‘shimchalarini qo‘shib yasaladi: altiday (oltitacha); chaqli besh chaqlig‘ qa:lam.
Jamlovchi son. Sonning bu turi ikki usul bilan yasaladi:
1.-av/-əv qo‘shimchalarini qo‘shish bilan yekəv, uchəv onav.
2. –lab/-lab qo‘shimchasini qo‘shish bilan: onləp chəq’r’sh; tortav bכrmכq.
Son barcha shevalarda bir xil, ammo ularning talaffuzda juz’iy farqi bor
FE’L. Fe’l so‘z turkumiga oid so‘zlar shevalarda turli ma’no nozikliklari bilan farqlanadi.
Hozirgi zamon davom fe’li –yכp /- כp qo‘shimchalari bilan yasaladi:
I sh. ’shlayכpman ’shlayכpm’z
II sh. ’shlayכpsan ’shleyכps’z
III sh.’shayכpt’ ’shlayəpt’lar.
O‘tgan zamon fe’llari -d’,-t’ formalari bilan yasaladi: bəjərd’m, kett’m, kett’k.
Kelasi zamon fe’li -r, -ar qo‘shimchalari bilan gumon formasi, -mכqch qo‘shimchasi bilan maqsad ma’nosi shakllanadi: chəq’rarman, chəq’rarm’z; chəq’rarsan, chəq’rarm’z; chəq’rar chəq’rar.
Fe’llar shevalarda ham shaxs-son qo‘shimchalarini olib tuslanadi.
Buyruq istak mayli
I sh. mən bərməg‘əyin I sh. mən bərməynuq
II sh. sən bərmə II sh.sən bərmə
III sh.xu bərməsin III sh.u bərməsu
I sh. bizlə bərməg‘əyl’ I sh. b’zər bərməynuq
II sh. cizlə bərməg‘əysiz II sh. s’lər bərmənnər
III sh.xuləa bərməg‘əylə III sh.ulər bərməsu
(Xorazm o‘g‘uz) (Shimoliy o‘zbek shevalarida)
Fe’lning shart formasi –sa /-sə qo‘shimchalari bilan yasaladi: Bedənəning yatqa yeri xas bolur; Chillə chussə, na : r tuyələr mas bolur.
Yaqin o‘tgan zamon fe’lining formalari xuddi adabiy tildagidek, faqat fonetik qiyofasi boshqacharoq:
I sh. mən aldim I sh. bizlə aldiq
II sh. san aldin II sh. sizlə aldinla
III sh.xu aldi III sh.xula aldi (la)
Tarixiy o‘tgan zamon fe’li so‘z o‘zagiga -g‘an, -gen, -qan / -kan va shaxs affikslari bilan yasaladi:
mən barg‘amman bizlə barg‘ammis
səen barg‘ansan sizlə barg‘ansislə
xu barg‘an xula barg‘an (lə)
Uzoq o‘tgan zamon fe’li -b, -ib ravishdosh shakliga –e(e) to‘liqsiz fe’lining tuslangan formasi qo‘shilib keshlishi orqali yasaladi.
mən koribiydim bizər kəribi -duk
sən koribi: diq silər koribidinnər
u(l)koribi:di ular koribi:di/lər
O‘tgan zamon hikoya fe’li so‘z o‘zagiga -b,-p,-ib,-ip shaxs qo‘shimchalarini qo‘shish orqali yasaladi:
I sh. mən baripman bizlə boripmis
II sh. sən baripsan sizlə baripsis
III sh.hu baripti hulə baroptilə
Hozirgi zamon fe’l formalari - yato‘r qo‘shimchasi bilan yasaladi:
I sh. mən baryatirman bizlə barayatirmis
II sh. sən baryatirsan sizlə barayatirsis
III sh.hu barayatir xula barayatir.
Kelasi zamon fe’l formalari so‘z o‘zagiga – tak shaxs qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi:
I sh. barajakman barajakmiz
II sh. barajaksan barjaksis
III sh.barajak barjakla(r)
Kelasi zamon gumon fe’li fe’l negiziga -r,-ar qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi:
I sh. mən bararman bizlə bararmiz
II sh. sən bararsan sizlə bararsiz
III sh.hu barar ular bararlar
Ammo qo‘shma fe’llarning tuzilishi adabiy tilga to‘g‘ri keladi:
1. Ot - fe’l - qol qoymaq, xizmat yetmak.
2. Fe’l - fe’l - oqip chixmכq, soylab bermak.
bol, qol, al, kor, ber, tur, yet, qol ko‘makchi (so‘zlari) fe’llarining qo‘llanishi va ma’no jihatdan adabiy til normasidan chetga chiqib ketadigan joyi yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |