O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

Qo‘shmachilik – tamagirlik yoki boshqa past niyatlarni ko‘zlab, ma’lum shaxslarning o‘zaro jinsiy aloqa 
qilishi yoxud jinsiy ehtiyojlarini g‘ayritabiiy usulda qondirishiga xizmat ko‘rsatishdan iborat. 
Jinoyat  fohishaxona  ochilgan  yoxud  uni  saqlashga  qaratilgan  xatti-harakatlar  sodir  etilgan  paytdan 
e’tiboran  yoxud  mijozlarning  o‘zaro  ishqiy  harakatlarni  amalga  oshirishiga  yordam  berishga  qaratilgan 
xizmatlar ko‘rsatilgan paytdan e’tiboran tugallangan hisoblanadi. 
Fohishaxonalarga  kirish  jinoyat  hisoblanmaydi.  Ushbu  qilmish  subyektiv  tomondan  to‘g‘ri  qasd  bilan 
sodir etiladi. O‘sha qilmish tamagirlik yoki boshqa past niyatlarda sodir etilgan hollardagina aybdor Jinoyat 
kodeksining 131-moddasi bilan javobgarlikka tortilishi mumkin. 
Тamagirlik yoki boshqa past niyat (mansabparastlik, o‘ch olish, xushomadgo‘ylik, laganbardorlik va h.k.) 
o‘rganilayotgan  jinoyat  tarkibi  zaruriy  belgisi  hisoblanadi.  Ishqiy  harakatlar  bilan  shug‘ullanish  uchun 
xonaning berib qo‘yilishi, shaxsning tamagirlik maqsadi yoki boshqa past niyatlari bo‘lmasa, jinoyat qonuni 
bilan  jazolanmaydi.    Ushbu  jinoyatning  subyekti  16  yoshga  to‘lgan,  har  qanday  aqli  raso  shaxs  bo‘lishi 
mumkin. 
Yuqorida aytilgan qilmish voyaga yetmagan shaxsni jalb qilganda yoki takroran, xavfli retsidivist ushbu 
yoki  ilgari  kodeksning  135-moddasi  (odamlardan  foydalanish  uchun  ularni  yollash)  yoki  137-moddasida 
(odam o‘g‘irlash) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, aybdorning 
qilmishi Jinoyat kodeksining 131-moddasi, 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.  
 
L. Тarix yoki madaniyat yodgorliklarini nobud qilish,  
buzish yoki ularga shikast yetkazish 
(Jinoyat kodeksining 132-moddasi)  
 
O‘zbekiston  Respublikasining  «Тarix  va  madaniyat  yodgorliklarini  muhofaza  qilish  va  ulardan 
foydalanish  to‘g‘risida»gi  Qonuniga  muvofiq,  mazkur  qonunni  buzgan  shaxslar  ma’muriy  yoki  jinoiy 
javobgarlikka tortiladi.  
Jinoyat ishi davlat muhofazasiga olingan tarix va madaniyat yodgorliklariga tajovuz qilingan hollardagina 
qo‘zg‘atiladi.  Тarix  va  madaniyat  yodgorliklarining  davlat  muhofazasiga  olingani  taxtachalar,  muhofaza 
lavhalari,  ko‘rsatkichlarni  osib  qo‘yish,  kitoblarda,  gazeta  va  jurnallarda,  yo‘l  ko‘rsatkichlarda  axborotlar 
berish va h.k. yo‘llar bilan aholi e’tiboriga yetkazilishi lozim.  
O‘zbekiston  Respublikasining  1999-yil  20-avgustdagi  Qonuni  bilan  Jinoyat  kodeksining  132-moddasi 
«Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi 
jazo qo‘llanilmaydi» mazmunidagi 3-qism bilan to‘ldirildi.  
Jinoyatning  obyekti  jamiyatdagi  odob-axloq  asoslari,  davlatning  tarixiy  yodgorliklar  va  madaniy 
qadriyatlarni  muhofaza  qilish  kabi  manfaatlari  hisoblanadi.  Davlat  muhofazasidagi  har  xil  tarix  yoki 
madaniyat  yodgorliklari,  tabiiy  obyektlar,  tabiiy  favvoralar,  sharsharalar,  ajdodlarimizning  maqbaralari, 
qo‘riqxonalar  va  h.k.lar  jinoyatning  predmeti  bo‘lishi  mumkin,  ammo  mazkur  obyektlarning  muhofazaga 
olingani  to‘g‘risida  tegishli  idoralarning  qarorlari  chiqarilgan  bo‘lishi  va  bu  biron-bir  usul  bilan  fuqarolar 
e’tiboriga yetkazilgan bo‘lishi lozim. 
Jinoyat  obyektiv  tomondan  shunday  harakatlar  uchun  ma’muriy  jazo  qo‘llanilganidan  keyin,  davlat 
muhofazasiga  olingan  tarix  yoki  madaniyat  yodgorliklarini  qasddan  nobud  qilish,  buzish  yoki  shikast 
yetkazishning sodir etilishida ifodalanadi. Тarix yoki madaniyat yodgorliklarini nobud qilish deganda, ularni 
qayta tiklash imkoniyatini qoldirmagan holda, butunlay yaroqsiz holga keltirilishini tushunish lozim.  
Тarix yoki madanyat yodgorliklarini buzish deganda, qayta tiklash imkoniyatini qoldirgan holda ularga 
ma’lum darajada zarar yetkazilishini tushunish kerak. Тarix yoki madaniyat yodgorliklariga shikast yetkazish 
deganda, ularga ma’lum darajada zarar yetkazilishi, uning o‘z qiymatini yo‘qotishi tushuniladi. Jinoyatning 
sodir  etilish  usullarini  (yodgorliklarni  yondirish,  vayron  qilish,  suv  bostirish  va  h.k.)  kvalifikatsiya  qilishda 
ahamiyatga ega emas.  
Davlat  muhofazasiga  olingan  tarix  va  madaniyat  yodgorliklari  nobud  qilingan  yoki  buzilgan  yoxud 
shikast  yetkazilgan  paytdan  boshlab jinoyat tugallangan,  hisoblanadi.  Subyektiv  tomondan jinoyat  qasddan, 
bilvosita yoki bevosita tamagirlik niyati bilan sodir etiladi.  


Jinoyatning sodir etilish motivi jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir etmaydi. Ammo yodgorliklarni nobud 
qilish, buzish, ularga shikast yetkazish bezorilik harakatlari bilan birgalikda sodir etilsa, aybdorning qilmishi 
Jinoyat kodeksining 132 va 277-moddalari bilan jinoyatlar jami bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.  
Тarix  va  madaniyat  yodgorliklarini  nobud  qilish,  buzish  yoki  ularga  shikast  yetkazish  ehtiyotsizlik 
natijasida  ro‘y  bergan  hollarda,  aybdor  Jinoyat  kodeksining  207-moddasi  (mansabga  sovuqqonlik  bilan 
qarash)  yoki  172-moddasi  (mulkni  qo‘riqlashga  vijdonsiz  munosabatda  bo‘lish)  bo‘yicha    javobgarlikka 
tortiladi.  
Тarix  yoki  madaniyat  yodgorliklarini  buzish  yoki  ularga  shikast  yetkazish  yodgorliklarning  muayyan 
qismlarini  o‘g‘irlash  bilan  birgalikda  sodir  etilgan  hollarda,  aybdorning  qilmishi  Jinoyat  kodeksining  132-
moddasi va o‘zganing mulkini o‘g‘irlaganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan Jinoyat kodeksining tegishli 
moddasi bilan jinoyatlar jami bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi zarur. 
Bu  jinoyatning  subyekti  16  yoshga  to‘lgan,  aqli  raso  shaxs  bo‘lishi  mumkin.  Aybdor  shaxsning 
qilmishida  mansab  vakolati  bilan  bog‘liq jinoyat  alomatlari bo‘lgan  taqdirda,  uning  qilmishi jinoyatlarning 
jami  bo‘yicha  kvalifikatsiya  qilinadi.  Aybdor  qilmishi  natijasida  ko‘p  miqdorda  zarar  yetkazilgan  bo‘lsa, 
Jinoyat kodeksining 132-moddasi, 2-qismi bilan javobgarlikka tortiladi.  
Eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdordagi zararni ko‘p miqdordagi 
zarar  deb  tushunish  lozim.  Yetkazilgan  moddiy  zarar  uch  baravariga  teng  miqdorda  qoplangan  hollarda, 
aybdorga  nisbatan  ozodlikdan  mahrum  qilish  tarzidagi  jazo  qo‘llanilmaydi  (Jinoyat  kodeksining  132-
moddasi, 3-qismi).  
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish