O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

H. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish 
(Jinoyat kodeksining 128-moddasi) 
 
Ushbu  tahlil  qilinayotgan  modda  ikki  qismdan  iboratdir.  Bu  jinoyatning  obyekti  16  yoshga  to‘lmagan 
shaxslarning jinsiy daxlsizligi hisoblanadi. Mazkur jinoyat sodir etilishi natijasida o‘n olti yoshga to‘lmagan 
shaxslarning normal axloqiy va jismoniy rivojlanishiga putur yetkaziladi. 
Obyektiv tomondan jinoyat erkak yoki ayolning qarama-qarshi jinsdagi o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs 
bilan  ixtiyoriy  ravishda  aloqa  qilishi  yoki  jinsiy  ehtiyojni  g‘ayritabiiy  usulda  qondirishida  ifodalanadi. 
Bunday jinsiy aloqa qilish rasmiy nikohdan o‘tilgandan keyin ham ro‘y berishi mumkin.  
Ixtiyoriy ravishda jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish deganda, zo‘rlik 
ishlatmay,  qo‘rqitmay  yoki  jabrlanuvchining  ojizlik  holatidan  foydalanilmagan  holda  jinsiy  ehtiyojning 
qondirilishini tushunish zarur.    
Jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishning ixtiyoriy ravishda bo‘lgani yoki 
bo‘lmaganligi  har  bir  holda  alohida,  jabrlanuvchi  ayol  (erkak)  o‘z  yoshi  va  rivojlanish  darajasidan  kelib 
chiqib, o‘ziga nisbatan sodir etilayotgan qilmishning mohiyati va ahamiyatini idrok etgani yoki idrok etma-
ganligidan kelib chiqib, aniqlanishi zarur. 
Necha  yoshgacha  voyaga  yetmagan  shaxs  jinsiy  aloqa  qilish  yoki  g‘ayritabiiy  usulda  jinsiy  ehtiyojni 
qondirishning ahamiyatini tushunmaydi, savoliga javob biron-bir qonunda belgilangan emas. Bu masala har 
bir  jinoyat  ishida,  ish  holatlari  hisobga  olinib,  jabrlanuvchining  ongi  qay  darajada  rivojlanganligi,  o‘ziga 
nisbatan  sodir  etilayotgan  jinsiy  aloqaning  mohiyati  va  ahamiyatini  qay  darajada  idrok  etganligi  hisobga 
olinib, hal etilishi lozim.  
Jinsiy  aloqa  qilish  boshlangan,  ya’ni  erkakning  jinsiy  a’zosi  ayolning  jinsiy  a’zosiga  kiritilgan  yoxud 
jinsiy  ehtiyojni  g‘ayritabiiy  usulda  qondirishga  qaratilgan  xatti-harakatlar  sodir  etilgan  paytdan  jinoyat 
tugallangan,  deb  hisoblanadi.  O‘n olti  yoshga  to‘lmagan  shaxs  qayd  etilgan  xatti-harakatlarni  sodir  etishga 
ko‘ndirilgan,  ammo  aybdorga  bog‘liq  bo‘lmagani  holda  jinoyat  amalga  oshirilmagan  bo‘lsa,  qilmish  tahlil 
etilayotgan jinoyatga suiqasd, deb kvalifikatsiya qilinishi lozim.  
Subyektiv  tomondan  jinoyat  to‘g‘ri  qasd  bilan  sodir  etiladi.  Jabrlanuvchi  qiz  (o‘g‘il)  bolaning  o‘n  olti 
yoshga to‘lmaganligi subyektga oldindan ayon bo‘lganligi, aybdorni Jinoyat kodeksining 128-moddasi bilan 
javobgarlikka tortishning zaruriy sharti hisoblanadi.  
Basharti,  subyekt  jabrlanuvchi  qiz  (o‘g‘il)  bolaning  yoshiga  nisbatan  haqiqatan  ham  adashgan  bo‘lsa, 
qilmish  Jinoyat  kodeksining  128-moddasi  bilan  kvalifikatsiya  qilinmaydi.  Ushbu  jinoyatning  subyekti  har 
ikki jinsdagi, 16 yoshga to‘lgan, aqli raso shaxs bo‘lishi mumkin. 
Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatda aybdor ham jabrlanuvchi ham 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, o‘n olti yoshga 
to‘lmagan har ikki shaxsning yoshidan, ularni tavsiflovchi ma’lumotlardan, ro‘y bergan oqibatlar va ishdan 
boshqa  alomatlar  (masalan,  muhabbat  tuyg‘usi)dan  kelib  chiqib,  ularni  Jinoyat  kodeksining  87-moddasiga 


asoslanib,  majburlov  choralarini  qo‘llagan  holda  javobgarlikdan  yoki  jazodan  ozod  qilish  maqsadga 
muvofiqdir.  
Ushbu  moddaning  1-qismida  javobgarlik  nazarda  tutilgan  qilmish  takroran  yoki  retsidivist  tomonidan 
yoxud  ilgari  Jinoyat  kodeksining  118  yoki  119-moddalarida  nazarda  tutilgan  jinoyatlarni  sodir  etgan  shaxs 
tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, aybdor Jinoyat kodeksining 128-moddasi, 2-qismi bilan javobgarlikka 
tortiladi.  

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish