O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

F. Ko‘p xotinli bo‘lish 
(Jinoyat kodeksining 126-moddasi) 
 
Ushbu jinoyatning obyekti odob-axloq va jinslararo munosabatlarning jamiyatdagi qoidalari hisoblanadi. 
Obyektiv tomondan jinoyat umumiy ro‘zg‘or yuritish asosida ikki yoki undan ortiq ayol bilan er-xotin bo‘lib 
yashashda ifodalanadi.  
Umumiy  ro‘zg‘or  asosida  ikki  yoki  undan  ortiq  ayol  bilan  er-xotin  bo‘lib  yashash  mazkur  jinoyatning 
zaruriy belgisi hisoblanadi. Umumiy ro‘zg‘or, odatda, umumiy xonadon yoki uydan, umumiy mol-mulk, pul 
mablag‘lari va h.k. iborat bo‘ladi.  
Nikohda  bo‘lgan  erkakning  boshqa  ayollar  bilan  birgalikda  yashashi  kabi  ayrim  hollar  Jinoyat 
kodeksining 126-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas. Shu bilan bir qatorda, agarda, shaxs bir 
xotin  bilan  nikohni  xo‘jako‘rsinga  bekor  qilib,  boshqa  xotini  bilan  nikohdan  o‘tsa,  ammo  aslida  har  ikki 
oilani  ham  saqlab  qolsa,  tahlil  qilinayotgan  jinoyat  sodir  etilgan  hisoblanadi,  demak,  shaxsni  javobgarlikka 
tortish uchun har ikki xotin bilan yuridik jihatdan nikohda ekanligi faktini aniqlashning hojati bo‘lmaydi.  
Umumiy  ro‘zg‘or  yuritish  asosida  ikki  yoki  undan  ortiq  ayol  bilan  er-xotin  bo‘lib  yashash  boshlangan 
paytdan  e’tiboran  jinoyat  tugallangan,  deb  hisoblanadi.  Subyektiv  tomondan  jinoyat  qasddan  sodir  etiladi. 
Jinoyat  sodir  etilish  motivi  va  bundan  ko‘zlangan  maqsad  jinoyatni  kvalifikatsiya  qilishda  ahamiyatga  ega 
emas. Jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan, har qanday aqli raso shaxs bo‘lishi mumkin. 
 
G. Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy  
xatti-harakatlarga jalb qilish 
(Jinoyat kodeksining 127-moddasi) 
 
Тahlil  qilinayotgan  modda  uch  qismdan  iborat.  Bu  jinoyatning  obyekti  voyaga  yetmagan  shaxsning 
normal, axloqiy rivojlanishi, uning sog‘lig‘i hamda jamoat xavfsizligi va tartibi hisoblanadi. 


Jinoyat  kodeksining  127-moddasi,  1-qismida  nazarda  tutilgan  jinoyatning  obyektiv  tomoni  voyaga 
yetmagan  shaxsni  tilanchilik  qilishga,  spirtli  ichimliklar  iste’mol  qilishga,  giyohvandlik  yoki  psixotrop 
hisoblanmaydigan,  lekin  insonning  aql-idrokiga  ta’sir  qiladigan  vosita  va  moddalarni  iste’mol  etishga  jalb 
qilishdan iborat.  
Тilanchilik  qilish  deganda,  voyaga  yetmagan  shaxsni  begona  shaxslardan  pul,  oziq-ovqatlar,  kiyim-
kechaklar va h.k. tilab, so‘rab olishga jalb qilishni tushunmoq zarur.  
Voyaga yetmaganlarni spirtli ichimliklar iste’mol qilishga, giyohvandlik yoki psixotrop hisoblanmagan, 
lekin  insonning  aql-idrokiga  ta’sir  qiladigan  vosita  va  moddalarni  iste’mol  etishga  jalb  qilish  deganda, 
voyaga  yetgan  shaxsni  yuqorida  nomi  aytilgan  ichimliklar,  vosita  va  moddalarni  bir  necha  marta  iste’mol 
qilishga  o‘rgatish  yoki  ularni  voyaga  yetmaganlar  uchun  bir  necha  marta  olinishi  va  voyaga  yetmagan 
shaxsni  aldash,  mehmon  qilish,  ko‘ndirish  va  h.k.  yo‘llar  bilan  shu  predmetlarni  iste’mol  qilishga 
ko‘ndirishga qaratilgan harakatlarini tushunish zarur.  
Voyaga yetmagan shaxs spirtli ichimliklarni, giyohvandlik yoki psixotrop moddasi hisoblanmagan, lekin 
odamning aql-idrokiga ta’sir qiladigan vosita va moddalarni bir necha bor iste’mol qilishga jalb qilinganida 
mazkur jinoyatning  tarkibi mavjud bo‘ladi. 
Shaxsni Jinoyat  kodeksining  127-moddasi,  1-qismi  bilan javobgar,  deb  topish  uchun  aybdorga  nisbatan 
ilgari xuddi shunday harakatlari uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgan bo‘lishi lozim. Jinoyat kodeksining 127-
moddasi,  1-qismida  nazarda  tutilgan  jinoyat  voyaga  yetmagan  shaxsni  tilanchilikka,  spirtli  ichimliklar 
iste’mol  qilishga,  giyohvandlik  yoki  psixotrop  moddasi  hisoblanmagan,  lekin  odamning  aql-idrokiga  ta’sir 
qiladigan  vosita  va  moddalarni  iste’mol  etishga  jalb  qilishga  qaratilgan  har  qanday  harakat  sodir  etilgan 
paytdan, aybdor o‘z maqsadiga erishgani yoki erishmaganidan qat’iy nazar, tugallangan, deb e’tirof etiladi.  
Jinoyat  kodeksining  127-moddasi,  2-qismida  nazarda  tutilgan  jinoyatning  obyektiv  tomoni  voyaga 
yetmagan  shaxsni  turli  usullar  bilan  (avrash,  mehmon  qilish,  aldash  va  h.k.)  giyohvandlik  vositalarini  yoki 
psixotrop moddalarni iste’mol etishga jalb qilishdan iboratdir. 
Jinoyat  voyaga  yetmagan  shaxs  qilmishni  sodir  etishga  jalb  etilgan  paytdan  e’tiboran,  aybdorning  o‘z 
maqsadiga  erishgani  yoki  erishmaganidan,  ya’ni  voyaga  yetmagan  shaxs  giyohvandlik  vositalarini  yoki 
psixotrop moddalarni iste’mol qilgan yoki qilmaganidan qat’iy nazar, tugallangan, deb e’tirof etiladi. Jinoyat 
kodeksining 127-moddasi, 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatning obyektiv tomoni voyaga yetmagan shaxsni 
jinoyatga jalb etishdan iboratdir.  
Voyaga  yetmagan  shaxsni  jinoyatga  jalb  etish  deganda,  voyaga  yetmagan  shaxsga  nisbatan  jismoniy 
zo‘rlikni qo‘llash yoki unga ruhiy tazyiq o‘tkazish, qo‘rqitish, pul berib og‘dirish, avrash, aldash, o‘ch olish, 
hasad, rashk tuyg‘ularini va boshqa past niyatlarini qo‘zg‘atish, jinoyat sodir etishni taklif qilish, o‘g‘irlangan 
narsalarni sotib olish yoki sotib berishni va’da qilish, jinoyatni sodir etish joyi va usullari yoki jinoyat izlarini 
yashirish haqida maslahatlar berish yo‘li bilan uning bir yoki bir nechta jinoyatlarning sodir etilishida ishtirok 
etish niyatini rag‘batlantirishga qaratilgan harakatlar va jinoyatni sodir etishga og‘dirish maqsadida voyaga 
yetmagan shaxslar bilan spirtli ichimliklar ichilishini tushunish zarur.  
Basharti,  shunday  harakatlar  ilgari  giyohvandlik  vositalari  yoki  psixotrop  moddalarining  g‘ayriqonuniy 
muomalasi  bilan  bog‘liq  jinoyatni  sodir  etgan  shaxs  tomonidan  amalga  oshirilgan  bo‘lsa  yoxud  shunday 
harakatlar ikki yoki undan ortiq voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, shuningdek, jinoyat 
o‘quv  yurtlarida,  o‘quvchilar  va  talabalar  o‘quv-tarbiya,  sport  yoki  jamoat  tadbirlarini  o‘tkazishda 
foydalaniladigan boshqa joylarda sodir etilgan bo‘lsa, aybdorning qilmishi Jinoyat kodeksining 127-moddasi, 
3-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.  
Mazkur  jinoyat  tarkibini  mavjud,  deb  topish  uchun  subyektning  voyaga  yetmagan  shaxsni  qanday 
jinoyatga  jalb  etganining  ahamiyati  yo‘q.  Тahlil  etilayotgan  jinoyat  shaxs  tomonidan  voyaga  yetmaganni 
jinoyatga jalb etishga qaratilgan yoxud jinoyat sodir etishga dalolat qiluvchi harakatlarni sodir etgan paytdan 
e’tiboran,  voyaga  yetmagan  jinoyatga  jalb  etilgan  yoki  etilmaganidan  qat’iy  nazar,  tugallangan,  deb 
hisoblanadi.  
Voyaga yetmagan shaxsni ma’lum bir jinoyatni sodir etishga da’vat qilgan shaxsning qilmishi, basharti, 
shu  jinoyat  sodir  etilgan  bo‘lsa,  Jinoyat  kodeksining  127-moddasi,  3-qismi  va  voyaga  yetmagan  shaxsni 
jinoyat sodir etishga dalolat qilish yoxud aybdorning o‘zi ham jinoyatni sodir etishda ishtirok etgan bo‘lsa, 
uning qilmishini jinoyatning ishtirokchisi sifatida jinoyatlar jami bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.  


O‘smir  jinoyatga  jalb  qilingan,  ammo  u  jinoyatning  subyekti  bo‘la  olmaydigan  hollarda,  uni  jinoyatga 
jalb  qilgan  shaxsning  qilmishi  Jinoyat  kodeksining  127-moddasi  va  voyaga  yetmagan  shaxs  sodir  etgan 
jinoyatning tashkilotchisi sifatida jinoyatlarning jami bo‘yicha javobgarlikka tortilishi lozim.  
Sodir etilgan jinoyatda voyaga yetmagan va voyaga yetgan shaxslar birgalikda ishtirok etgan va voyaga 
yetgan  shaxslar  tomonidan  jinoyatga  jalb  etish  yoki  dalolat  etish  alomatlari  bo‘lmagan  hollarda  ularning 
qilmishini  Jinoyat  kodeksining  127-moddasi,  3-qismi  bilan  kvalifikatsiya  qilib  bo‘lmaydi,  jinoyat  Jinoyat 
kodeksining  28-moddasiga  asosan  jinoyatda  ishtirokchilik,  deb  baholanib,  sodir  qilingan  qilmish  uchun 
javobgarlik belgilangan modda bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.  
Yosh  boladan  foydalangan  holda  jinoyatni  sodir  etish  Jinoyat  kodeksining  56-moddasi,  «j»  bandiga 
muvofiq,  jazoni  og‘irlashtiruvchi  holat,  deb  hisoblanadi  va  jazo  tayinlash  vaqtida  sud  tomonidan  inobatga 
olinadi.  
Subyektiv  tomondan  jinoyat  to‘g‘ri  qasd  bilan  sodir  etiladi,  ya’ni  aybdor  voyaga  yetmagan  shaxsni 
g‘ayriijtimoiy  xatti-harakatga  jalb  qilayotganini  biladi  va  shunday  bo‘lishini  xohlaydi.  Ayni  paytda  aybdor 
g‘ayriijtimoiy  xatti-harakatga  jalb  qilinayotgan  shaxsning  voyaga  yetmaganligini  bilgan  holdagina  uni 
mazkur  modda  bo‘yicha  jinoiy  javobgarlikka  tortish  mumkin  ekanligiga  e’tibor  bermoq  kerak.  Ushbu 
jinoyatning subyekti 18 yoshga to‘lgan har qanday aqli raso shaxs bo‘lishi mumkin. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish