O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish (Jinoyat kodeksining 129-
moddasi).
Pornografik narsalarni tayyorlash va tarqatish (Jinoyat kodeksining 130-moddasi).
Fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish (Jinoyat kodeksining 131-moddasi).
Тarix yoki madaniyat yodgorliklarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish (Jinoyat
kodeksining 132-moddasi).
Inson a’zolari yoki to‘qimalarini ajratib olish (Jinoyat kodeksining 133-moddasi).
Qabrni tahqirlash (Jinoyat kodeksining 134-moddasi).
A. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni
moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash
(Jinoyat kodeksining 122-moddasi)
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida: «Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga
yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.
Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish,
tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatlarni rag‘batlantiradi»; 65-
moddasida esa, «Farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat’iy nazar, qonun oldida
tengdirlar», deb ta’kidlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga ko‘ra, ota-onalar voyaga yetmagan yoxud voyaga yetgan,
ammo mehnatga layoqatsizligi tufayli moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan farzandlarini boqishga majburdirlar.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 100-moddasi, 1-qismida «Ota-ona voyaga yetgan meh-
natga
layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berishi shartdir», deb ta’kidlanadi.
Sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaroriga ko‘ra moddiy yordamga muhtoj bolalarni yoki
mehnatga layoqatsiz shaxslarni boqish uchun mablag‘ ota-onalardan yoki ularning o‘rnini bosuvchi
shaxslardan undirilishi lozim bo‘lgan, ammo ular moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlarida ularni Jinoyat
kodeksining 122-moddasi bilan javobgar qilinadilar.
Ushbu jinoyatning obyekti voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarning manfaatlari, ya’ni
ularning sog‘lig‘i, normal jismoniy rivojlanishi va sudning hal qiluv qaroriga muvofiq mablag‘ olish
huquqiga ega shaxslarning moddiy ta’minoti hisoblanadi.
Jinoyatning obyektiv tomoni sudning hal qiluv qaroriga muvofiq moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan
voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz shaxslarni boqish uchun undiriladigan mablag‘larni jami uch
oydan
ortiq muddat mobaynida to‘lamaslikda ifodalanadi.
Bo‘yin tovlash deganda, nafaqat, sudning hal qiluv qarori bajarilishini to‘g‘ridan to‘g‘ri rad etish, balki
aybdorning oladigan maoshi miqdorini, boshqa daromadlarini yashirishi, ijro varaqasi bo‘yicha to‘lovlardan
qochib qutulish maqsadida ish yoki yashash joyini o‘zgartirishi yoxud shu maqsadda mehnat qilishdan bo‘yin
tovlashi va h.k. tushunish lozim.
Sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaroriga binoan moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga
yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni boqish uchun undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ jami uch oy
mobaynida to‘lanmagan
taqdirda jinoyat tugallangan, deb hisoblanadi.
Mehnatga layoqatsiz shaxslar 1 va 2-guruh nogironlari yoki kasalligi tufayli vaqtincha mehnat layoqatini
yo‘qotgan shaxslardir. Subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi.
Mazkur jinoyatning subyekti sudning hal qiluv qaroriga binoan moddiy yordamga muhtoj voyaga
yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlash vazifasi zimmasiga yuklangan 18 yoshga
to‘lgan, aqli raso har qanday shaxs (ota-onalar, farzandlikka oluvchilar) bo‘lishi mumkin. Shaxsiy ota-onalik
huquqidan mahrum qilish alimentlarni to‘lashdan ozod etmaydi.
Qayd etilgan shaxslarni boqish vazifasi zimmasiga yuklangan shaxs uzrli sabablarga ko‘ra (kasalligi,
mehnatga layoqatsizligi va h.k.) ularni boqa olmagan hollarda uni Jinoyat kodeksining 122-moddasi bilan
jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: