O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

1.6. Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga  
qarshi jinoyatlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson, uning shaxsiy huquq va erkinliklari mustahkamlangan. 
Konstitutsiya  normalarida,  har  qanday  holatdan  qat’iy  nazar,  shaxsning  qonuniy  huquq  va  manfaatlari 
kafolatlangan  va  himoya  qilingan.  Chunonchi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  25-moddasida 
«Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega», deb qayd etilgan. 
Konstitutsiyaning «Shaxsiy huquq va erkinliklar», «Siyosiy huquqlar», «Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar», 
deb  nomlangan  bo‘limlarida  shaxsning  huquq  va  erkinliklarini  himoya  qilishning  huquqiy  bazasi  o‘z 
ifodasini topgan. «Davlat, deb ta’kidlanadi Konstitutsiyaning 43-moddasida,  fuqarolarning Konstitutsiya va 
qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi». 
Inson  huquqlari  Umumjahon  deklaratsiyasining  3.5-moddasida,  «Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar 
to‘g‘risidagi xalqaro pakt»ning 6, 7, 9, 10, 11-moddalarida insonning yashash huquqi, qadr-qimmati, ozodligi 
va  xavfsizligi,  sha’ni  va  obro‘yini  himoya  qilish  kabi  huquqlari  mustahkamlangan.  Bu  xalqaro  huquqiy 
normalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ham asosini tashkil qiladi. 
Jinoyat  kodeksining  «Shaxsning  ozodligi,  sha’ni  va  qadr-qimmatiga  qarshi  jinoyatlar»  bo‘limida 
shaxsning  ozodligi,  sha’ni,  qadr-qimmatiga  qarshi  qaratilgan  jinoyatlar  va  ular  uchun  javobgarlik 
belgilangan. 
Jinoyat  kodeksining  «Maxsus»  qismi  birinchi  bo‘limida  shaxsning  ozodligi,  sha’ni,  qadr-qimmatiga 
qarshi qaratilgan jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lib, ularning yuridik tahlili quyidagicha: 
Shaxsning  ozodligi,  sha’ni,  qadr-qimmatiga  qarshi  qaratilgan  jinoyatlarning  obyekti  shaxslarning 
ozodligi, erki, sha’ni, qadr-qimmati hisoblanadi. Obyektiv tomondan ushbu jinoyatlar shaxsning ozodligini, 
erkini cheklovchi, sha’ni, qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlarda ifodalanadi. 
Subyektiv  tomondan  qasddan  sodir  etiladi.  Subyekti  16  yoshga  to‘lgan  har  qanday  aqli  raso  jismoniy 
shaxslar bo‘lishi mumkin. Faqatgina odam o‘g‘rilash jinoyatining subyekt yoshi 14 yosh qilib belgilangan. 
Shaxsning ozodligi, sha’ni, qadr-qimmatiga qarshi qaratilgan jinoyatlar quyidagi turlarga ajratilgan: 
 

Odamlardan foydalanish uchun ularni yollash (Jinoyat kodeksining 135-moddasi). 

Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish (Jinoyat kodeksining 136-
moddasi). 

Odam o‘g‘irlash (Jinoyat kodeksining 137-moddasi). 



Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish (Jinoyat kodeksining 138-moddasi). 

Тuhmat (Jinoyat kodeksining 139-moddasi). 

Haqorat qilish (Jinoyat kodeksining 140-moddasi). 
A. Odamlardan foydalanish uchun ularni yollash 
(Jinoyat kodeksining 135-moddasi) 
 
Ushbu  jinoyatning  obyekti  jabrlangan  shaxslarning  ozodligi,  sha’ni  va  qadr-qimmati  hisoblanadi. 
Obyektiv tomondan jinoyat shahvoniy yoki boshqa maqsadlarda foydalanish uchun aldash yo‘li bilan odam 
yollashda ifodalanadi. 
Odamlarni yollash deganda, turli maqsadlarda foydalanish uchun shaxslarning izlab topish va qandaydir 
faoliyat bilan shug‘ullanish uchun ular bilan oldindan biron-bir (og‘zaki, yozma) bitim tuzilishini tushunish 
lozim.  Odamlarni  yollash  usullari:  yuqori  ish  haqi,  moddiy  manfaatlar,  yaxshi  mehnat  sharoiti,  muayyan 
imtiyozlar va’da qilish va h.k. ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, ammo ular jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir 
etmaydi. 
Shahvoniy maqsadlarda foydalanish deganda, shaxsning yollovchining xohishi bilan tartibsiz jinsiy aloqa 
qilishga  yoki  kimlarningdir  jinsiy  ehtiyojini  g‘ayritabiiy  usulda  qondirishga,  yoxud  ularning  xohish-istagi 
bilan  shahvoniy  yo‘sindagi  biron-bir  harakatni  sodir  etishga  majbur  bo‘ladigan  ahvolga  solib  qo‘yilishi 
tushuniladi.  Boshqa  maqsadlarda  foydalanishda  jabrlanuvchi  yollovchining  xohish-istagi  bilan  biron-bir 
faoliyat bilan shug‘ullanishga majbur bo‘ladi. 
Shaxsni  yollash  aldash  yo‘li  bilan  sodir  etilgan  vaqtdan  boshlab,  undan  shahvoniy  yoki  boshqa 
maqsadlarda  foydalanilishi  aybdorni  Jinoyat  kodeksining  135-moddasi  bilan  jinoiy  javobgarlikka  tortishga 
sabab bo‘ladi. Aldash jinoyatning zaruriy belgisi hisoblanadi. 
Aldash  yollovchining  jabrlanuvchiga  yolg‘onligi  ayon  bo‘lgan  ma’lumotlar  berishi  yoki  jabrlanuvchi 
shaxs  bilan  bitim  tuzilayotgan  vaqtda  xabardor  qilishi  shart  bo‘lgan  u  yoki  bu  shart-sharoitlarni  yashirishi, 
ularni ma’lum qilmasligida ifodalanadi. Jinoyat yollash amalga oshgan, ya’ni yollovchi bilan aybdor shaxs 
o‘rtasida bitim (og‘zaki, yozma shartnoma) tuzilgan paytdan e’tiboran tugallangan, hisoblanadi. 
Subyektiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Ushbu jinoyat subyektiv tomonining zaruriy 
sharti – maqsaddir. Maqsad shahvoniy yoki boshqa maqsadlarda foydalanish uchun aldash yo‘li bilan odam 
yollash  jinoyatining  zaruriy  belgisi  hisoblanadi.  Jinoyatning  subyekti  16  yoshga  to‘lgan,  aqli  raso  shaxs 
bo‘lishi mumkin. 
Yollangan  ayollar  yollovchining  xohishi  bilan  jinsiy  aloqa  qilgan  yoki  kimlarningdir  jinsiy  ehtiyojini 
g‘ayritabiiy  usullarda  qondirgan  hollarda  aybdorning  qilmishi  Jinoyat  kodeksining  135-moddasi  va  ayolni 
jinsiy  aloqa  qilishga  majbur  etish  uchun  javobgarlik  belgilangan  Jinoyat  kodeksining  121-moddasi  bilan 
jinoyatlarning jami bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.  
Agar  foydalanish  uchun  odamlarni  yollash  takroran  yoki  xavfli  retsidivist  tomonidan  yoxud  bir  guruh 
shaxslar  tomonidan  oldindan  til  biriktirib  yoxud  voyaga  yetmagan  shaxsga  nisbatan  sodir  etilgan  bo‘lsa, 
aybdorning qilmishi Jinoyat kodeksining 135-moddasi, 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.  
Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib odamlarni yollash (Jinoyat kodeksining 135-moddasi, 
2-qismi,  «b»  bandi)  deganda,  odamlardan  shahvoniy  yoki  boshqa  maqsadlarda  foydalanish  uchun  ularni 
birgalikda  yollash  to‘g‘risida  oldindan  til  biriktib  ikki  yoki  undan  ortiq  shaxsning  ana  shunday  faoliyatda 
ishtirok etishni tushunish lozim. Bunda til biriktirish odamlarni yollashdan avval ro‘y bergan bo‘lishi zarur. 
Yollovchi  o‘zi  yollayotgan  shaxsning  yoshiga  nisbatan  haqiqatan  ham  adashgan,  ya’ni  yollanayotgan 
shaxsni voyaga yetgan, deb taxmin qilishi uchun yetarli asoslari bo‘lgan hollarda, u Jinoyat kodeksining 135-
moddasi,  2-qismi  bilan emas,  balki Jinoyat  kodeksining  135-moddasi,  1-qismi  bilan javobgarlikka  tortiladi. 
Shahvoniy yoki boshqa maqsadlarda yollanilgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib 
ketilgan yoxud aybdor shunday maqsadni ko‘zlagan bo‘lsa, uning qilmishi Jinoyat kodeksining 135-moddasi, 
3-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish