O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

B. Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning  
erga tegishiga to‘sqinlik qilish 
(Jinoyat kodeksining 136-moddasi) 
 


Mazkur  jinoyatning  obyekti  ayol  kishining  erki  va  qadr-qimmati,  uning  erga  tegish  yoki  eri  bilan  birga 
yashashda davom etish masalasini mustaqil hal qilish erkinligi hisoblanadi. Jinoyat obyektiv tomondan ayolni 
erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish yoxud ayolning erkiga xilof ravishda u 
bilan nikohda bo‘lish uchun o‘g‘irlash, shuningdek, ayolning erga tegishiga to‘sqinlik qilishdan iboratdir. 
Ayolni erga tegishga yoki nikohda birga yashashni davom ettirishga majbur qilish deganda, unga nisbatan 
jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik ishlatilishini tushunish lozim. Ko‘rib chiqilayotgan modda mohiyatidan kelib 
chiqib jismoniy zo‘rlik ishlatish deganda, ayol kishini urish, kaltaklash, badaniga yengil yoki o‘rtacha og‘ir 
shikast yetkazilishini tushunish kerak. 
Ayolni  majbur  qilish  vaqtida  uning  badaniga  og‘ir  shikast  yetkazilgan  hollarda  aybdor  Jinoyat 
kodeksining  136  va  104-moddalari  bilan  jinoyatlar  jami  bo‘yicha  javobgarlikka  tortiladi.  Ruhiy  zo‘rlik 
deganda,  jismoniy  zo‘rlikni  qo‘llash,  ayol  kishi  sir  saqlashni  istagan  ma’lumotlarni  oshkor  qilish,  mol-
mulkini nobud qilish bilan qo‘rqitish va h.k.larni tushunish lozim. 
Aybdor ayol kishini o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatib shikast yetkazish bilan qo‘rqitgan hollarda, aybdorning 
qilmishi Jinoyat kodeksining 112-moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) bilan qo‘shimcha 
ravishda kvalifikatsiya qilinmaydi. Ayolni o‘g‘irlash ayolning xohish-irodasiga qarshi, nikohdan o‘tish uchun 
aldash yoki zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan, uni biron-bir yerda yakkalab qo‘yish (masalan, biron-bir transportda 
olib  qochish  va  h.k.)dan  iboratdir.  Ayol  kishi  xohish-irodasiga  qarshi  nikohdan  o‘tish  uchun  o‘g‘irlangan 
hollarda  aybdorning  qilmishi  Jinoyat  kodeksining  136,  137-moddalari  bilan  jinoyatlarning  jami  bo‘yicha 
kvalifikatsiya  qilinishi  lozim.  Ayol  kishi  odatga  ko‘ra,  nikohdan  o‘tish  uchun    o‘g‘irlangan  bo‘lib,  bunga 
o‘g‘irlangan  ayolning  o‘zi  rozilik  bergan  bo‘lsa,  Jinoyat  kodeksining  136-moddasida  nazarda  tutilgan 
jinoyatning tarkibi mavjud bo‘lmaydi. 
O‘g‘irlangan shaxs 16 yoshga to‘lmagan va aybdor uning roziligi bilan jinsiy aloqa qilgan yoxud jinsiy 
ehtiyojini  g‘ayritabiiy  usulda  qondirgan  hollarda  aybdorning  qilmishi  Jinoyat  kodeksining  136  va  128-
moddalari bilan jinoyatlar jami bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. Jinoyatni bunday kvalifikatsiya qilish uchun 
jabrlanuvchining  o‘n  olti  yoshga  to‘lmaganligi  aybdorga  oldindan  ayon  bo‘lgan  bo‘lishi  lozim.  Basharti,  u 
jabrlanuvchining  yoshiga  nisbatan  haqiqatan  ham  adashgan  bo‘lsa,  u  faqat  Jinoyat  kodeksining  136-
moddasiga ko‘ra javobgar bo‘ladi. 
Subyektiv  tomondan  jinoyat  qasddan  sodir  etiladi.  Mazkur  jinoyatning  sodir  etilish  motivi  jinoyatni 
kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega emas. Ushbu jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan har qanday aqli 
raso  shaxs  bo‘lishi  mumkin.  Aksariyat  hollarda  jinoyat  ayolning  ota-onasi,  aka-ukasi,  opa-singillari,  yaqin 
qarindoshlari, kuyov tomonidan sodir etiladi. 
 
D. Odam o‘g‘irlash 
(Jinoyat kodeksining 137-moddasi) 
 
Mazkur  jinoyatning  obyekti  odamning  erkinligi,  ya’ni  istagan  yerida  bo‘lish  erkinligi  hisoblanadi. 
Obyektiv  tomondan  jinoyat  Jinoyat  kodeksining  245-moddasi  (shaxsni  garov  sifatida  tutqunlikka  olish)da 
nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lmagan holda odam o‘g‘irlashda ifodalanadi. 
Odamni  o‘g‘rilash  deganda,  odamning  yashirincha,  oshkora  yoki  aldash  yoxud  ishonchini  suiiste’mol 
qilish yo‘li bilan shaxsiy erkinligi (masalan, bir yerdan ikkinchi yerga borish erkinligidan mahrum qilish, bir 
yerda ushlab turish va hokazo)dan mahrum qilinishini tushunish zarur. 
O‘g‘rilash usullari jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega emas. Odamni o‘g‘rilash vaqtida unga 
nisbatan jismoniy yoki ruhiy zo‘rlik qo‘llanilishi mumkin. 
Agar odamni o‘g‘rilash vaqtida jabrlanuvchining badaniga yengil yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilgan 
bo‘lsa,  qilmish  jabrlanuvchining  sog‘lig‘iga  shikast  yetkazganlik  uchun  javobgarlik  nazarda  tutilgan 
moddalar bo‘yicha qo‘shimcha kvalifikatsiyani talab qilmaydi, jinoyat Jinoyat kodeksining 137-moddasi, 1-
qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. 
Odam  o‘g‘rilash  vaqtida  badanga  og‘ir  shikast  yetkazilgan  hollarda  aybdorning  qilmishi  Jinoyat 
kodeksining 137-moddasi, 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Odam erkinligidan mahrum qilingan paytdan 
e’tiboran  jinoyat  tugallangan,  deb  hisoblanadi.  O‘g‘irlangan  odamning  qancha  muddat  mobaynida  ushlab 
turilganligining qilmishning kvalifikatsiya qilinishi uchun ahamiyatga ega bo‘lmaydi. 


Subyektiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Ushbu jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan 
har qanday shaxs bo‘lishi mumkin. Agar aybdor bolani o‘g‘rilab, uni almashtirib qo‘ygan bo‘lsa va bunda 
tamagirlik  yoki  boshqa  past  niyatni  ko‘zlagan  bo‘lsa,  uning  qilmishi  Jinoyat  kodeksining  124-moddasi  va 
136-moddaning 2-qismi bilan jinoyatlarning jami bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. 
Odamni o‘g‘rilash yo‘li bilan garovga olish sodir etilgan hollarda, aybdor faqat Jinoyat kodeksining 245-
moddasi bilan javobgarlikka tortilishi kerak. Odam o‘g‘rilashda: 
 
1) voyaga yetmagan shaxs o‘g‘rilangan bo‘lsa; 
2) jinoyat tamagirlik yoki boshqa past niyatlarda sodir etilgan bo‘lsa; 
3) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa; 
4) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, aybdorning qilmishi mazkur moddaning 
2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. 
 
Odam o‘g‘rilash o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan yoxud og‘ir oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa, 
aybdor shaxs Jinoyat kodeksining 137-moddasi, 3-qismi bilan javobgarlikka tortiladi. 
Og‘ir  oqibatlar  deganda,  ehtiyotsizlik  natijasida  o‘g‘rilangan  odamning  o‘lib  qolishi,  ota-onalari  yoki 
qarindoshlaridan  birining  o‘zini  o‘zi  o‘ldirishi  yoxud  ularning  ruhiy  xastalikka  chalinishi  va  h.k.larni 
tushunish zarur. 
Odam o‘g‘rilash zo‘rlik ishlatib, g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish bilan birgalikda sodir 
etilsa,  jinoyat  Jinoyat  kodeksining  137  va  138-moddalari  bilan  jinoyatlarning  jami  bo‘yicha  kvalifikatsiya 
qilinadi. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish