O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


 Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

1.7. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va  
erkinliklariga qarshi jinoyatlar 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  normalarida,  har  qanday  holatdan  qat’iy  nazar,  shaxsning 
qonuniy  huquq  va  manfaatlari  kafolatlangan  va  himoya  qilingan.  Chunonchi,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasining  18-moddasida  «O‘zbekiston  Respublikasida  barcha  fuqarolar  bir  xil  huquq  va 
erkinliklarga  ega  bo‘lib,  jinsi,  irqi,  millati,  tili,  dini,  ijtimoiy  kelib  chiqishi,  e’tiqodi,  shaxsi  va  ijtimoiy 
mavqeyidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar», deb qayd etilgan bo‘lsa, uning 27-moddasida «Har kim 
o‘z  sha’ni  va  obro‘siga  qilingan  tajovuzlardan,  shaxsiy  hayotiga  aralashishdan  himoyalanish  va  turar  joyi 
daxlsizligi huquqiga ega», deyilgan. 
Hech  kim  qonun  nazarda  tutgan  hollardan  va  tartibdan  tashqari  birovning  turar  joyiga  kirishi,  tintuv 
o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin 
emas», deyiladi. 
Konstitutsiyaning «Shaxsiy huquq va erkinliklar», «Siyosiy huquqlar», «Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar», 
deb  nomlangan  bo‘limlarida  shaxsning  huquq  va  erkinliklarini  himoya  qilishning  huquqiy  bazasi  o‘z 
ifodasini topgan. 
Jinoyat  kodeksining  «Maxsus»  qismi  birinchi  bo‘limida  fuqarolarning  konstitutsiyaviy  huquq  va 
erkinliklariga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lib, ularning yuridik tahlili quyidagicha: 
Fuqarolarning  konstitutsiyaviy  huquq  va  erkinliklariga  qarshi  jinoyatlarning  obyekti  fuqarolarning 
muayyan  konstitutsiyaviy  huquq  va  erkinliklari  hisoblanadi.  Obyektiv  tomondan  fuqarolarning  shaxsiy, 
siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  konstitutsiyaviy  huquq  va  erkinliklariga  tajovuz  qiluvchi  jinoyatlar  ko‘pincha 
fuqarolarning  konstitutsiyaviy  huquq  va  erkinliklarini  buzuvchi  va  qonunda  belgilab  qo‘yilgan  tartibni 
amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarda ifodalanadi. 
Subyektiv  tomondan  qasddan  sodir  etiladi.  Subyekti  16  yoshga  to‘lgan  har  qanday  aqli  raso  jismoniy 
shaxslar  bo‘lishi  mumkin.  Faqatgina  fuqarolarning  murojaatlari  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzish 
(Jinoyat  kodeksining  144-moddasi)  va  saylov  yoki  referendum  tashkil  qilish,  ularni  o‘tkazish  to‘g‘risidagi 
qonun  hujjatlarini  buzish  (Jinoyat  kodeksining  146-moddasi)  jinoyatining  subyekt  yoshi  18  yosh  qilib 
belgilangan. 
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar quyidagi turlarga ajratilgan: 
 

Fuqarolarning teng huquqligini buzish (Jinoyat kodeksining 141-moddasi). 

Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish (Jinoyat kodeksining 142-moddasi). 



Xat-yozishmalar,  telefon  so‘zlashuv,  telegraf  xabarlari  yoki  boshqa  xabarlarni  sir  saqlanishi  tartibini 
buzish (Jinoyat kodeksining 143-moddasi). 

Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish (Jinoyat kodeksining 144-moddasi). 

Vijdon erkinligini buzish (Jinoyat kodeksining 145-moddasi). 

Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish (Jinoyat 
kodeksining 146-moddasi). 

Saylov  huquqini  yoki  ishonchli  vakillar  vakolatlarining  amalga  oshirilishiga  to‘sqinlik  qilish  (Jinoyat 
kodeksining 147-moddasi). 

Mehnat qilish huquqini buzish (Jinoyat kodeksining 148-moddasi). 

Mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish (Jinoyat kodeksining 149-moddasi). 
 
A. Fuqarolarning teng huquqligini buzish 
(Jinoyat kodeksining 141-moddasi) 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish