O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

B. Agressiya 
(Jinoyat kodeksining 151-moddasi) 
 
Bu  modda  ikki  qismdan  iborat.  Agressiya  harakatlarini  rejalashtirish  yoki  unga  tayyorgarlik  ko‘rish 
yoxud  shu  harakatlarni  amalga  oshirish  maqsadida  til  biriktirish  xalqaro  huquq  normalariga  muvofiq 
tinchlikka qarshi qaratilgan jinoyat hisoblanadi. 
Agressiya urushini rejalashtirish, unga tayyorgarlik ko‘rish ijtimoiy jihatdan nihoyatda xavflidir, chunki 
bunday  harakatlarning  sodir  etilishi  davlatlar  o‘rtasidagi  munosabatlarning  buzilishiga,  xalqaro 
munosabatlarning  keskinlashuviga,  natijada,  juda  ko‘p  insonlarning  qurbon  bo‘lishiga,  turli  obyektlarning 
vayron  bo‘lishiga,  shahar  va  qishloqlarning  xarobaga  aylanishiga  sabab  bo‘lishi  mumkin.  Hozirgi  vaqtda 
agressiyaning oqibatlarini oldindan aytish qiyin. 
Jinoyatning obyekti tinchlik va insoniyat xavfsizligidir. Obyektiv tomondan jinoyat (Jinoyat kodeksining 
151-moddasi, 1-qismida javobgarlik belgilangan qilmish) agressiyani rejalashtirishda yoki unga tayyorgarlik 
ko‘rishda yoxud shu niyatni amalga oshirish maqsadida til biriktirishda namoyon bo‘ladi. 
Urush – turli davlatlar yoki xalqlar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuv – kurash. 
BMТ  Bosh  Assambleyasining  1974-yil  14-dekabrdagi  Rezolutsiyasi  1-moddasiga  muvofiq,  davlatning 
o‘z qurolli kuchlarini boshqa davlatning suverenitetiga, hududiy daxlsizligiga, siyosiy mustaqilligiga qarshi 
yoki BMТ Nizomiga xilof ravishda boshqacha tarzda qo‘llashi agressiya hisoblanadi. 
Urushni  rejalashtirish  deganda,  harbiy  harakatlar  olib  borish  maqsadida  har  qanday  rejalar,  loyihalar 
tuzish, hisob-kitoblar olib borishni tushunmoq lozim. Urushga tayyorgarlik ko‘rish deganda, odamlar, harbiy 
resurslarning harbiy harakatlarni boshlashga shay bo‘lishini ta’minlash uchun muayyan harakatlar yoki tadbir 
(masalan,  harbiy  tuzilmalarni  ma’lum  bir  yo‘nalishga  (joyga)  jamlash,  harbiy  inshootlar  qurish,  harbiy 
mahsulot  ishlab  chiqarishni  kuchaytirish,  harbiy  bo‘linmalarni  boshqatdan  joylashtirish  va  h.k.)larning 
bajarilishi tushunilmog‘i lozim. 
Тil  biriktirish  deganda,  bosqinchilik  urushini  sodir  etishni  rejalashtirish  yoki  unga  tayyorgarlik  ko‘rish 
uchun ikki yoki undan ortiq shaxslarning til biriktirishini tushunmoq lozim. 
Jinoyat  kodeksining  151-moddasi,  2-qismida  javobgarlik  ko‘zda  tutilgan  jinoyat  obyektiv  tomonidan 
agressiyani boshlash yoki uni olib borishdan iborat. Agressiya urushining boshlanishi deganda, urush e’lon 
qilinishi  yoki  harbiy  harakatlarning  boshlanishini  tushunish  kerak.  Qurol-yarog‘  qo‘llangan  har  qanday 
harbiy harakatlar agressiya urushini olib borish, deb hisoblanadi. 


BMТ Bosh Assambleyasining 1974-yil 14-dekabrda qabul qilingan «Agressiya tushunchasi» to‘g‘risidagi 
Rezolutsiyasining 3-moddasida:  
 
1) bir davlat qurolli kuchlarining boshqa davlat hududiga bostirib kirishi yoki hujum qilishi;  
2) vaqtidan qat’iy nazar, harbiy bosqin oqibati sifatida harbiy kuch ishlatib, boshqa davlat hududini bosib 
olish; 
3) boshqa davlat hududi yoki uning bir qismini zo‘rlik bilan qo‘shib olish; 
4) boshqa davlat hududiga bombalar tashlash yoki uning hududida turli qurol-yarog‘larni ishlatish; 
5) bir davlat portlari yoki uning qirg‘oqlari yoxud qirg‘oqlarining bir qismini qamal qilish; 
6) bir necha davlatlar qurolli kuchlarining boshqa davlatning quruqlikdagi, dengiz yoki havo kuchlariga 
yoxud dengiz yoki havo flotiga hujum qilishi; 
7)  bir  davlatning  boshqa  davlat  hududida  u  bilan  tuzilgan  bitimga  binoan  turgan  qurolli  kuchlaridan 
bitimda nazarda tutilgan shartlarni buzgan holda foydalanishi; 
8) ushbu hududda bitimning amal qilish muddati tugaganidan keyin ham qurolli kuchlarning turaverishi; 
9) o‘z hududini boshqa davlat ixtiyoriga topshirib qo‘yilgan  va ushbu hududdan uchinchi davlatga qarshi 
agressiya sodir etilishiga imkon bergan davlatning harakatlari; 
10) boshqa davlatga qarshi qurolli kuchlarning qo‘llanishini amalga oshiruvchi qurolli to‘dalar, guruhlar 
va  muntazam  kuchlar  yoki  yollanganlarning  davlat  tomonidan  yuborilishi  agressiya,  deb  hisoblanishi 
tushuntirib berilgan. 
 
Agressiyaning boshlanishi yoki olib borilishi davomli jinoyat hisoblanadi. Subyektiv tomondan agressiya 
faqat  to‘g‘ri  qasd  bilan  sodir  etiladi.  Qilmishning  sabab  va  maqsadi  jinoyatning  kvalifikatsiyasiga  ta’sir 
ko‘rsatmaydi.  Jinoyatning  subyekti  bo‘lib,  harbiy  xususiyatdagi  turli  masalalarni  rejalashtirish  va  hal  etish 
vakolatiga ega bo‘lgan davlatning mansabdor shaxslari hisoblanadi. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish