O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

E. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy  
tuzumiga tajovuz qilish 
(Jinoyat kodeksining 159-moddasi ) 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  7-moddasida  «Xalq  davlat  hokimiyatining  birdan  bir 
manbayidir», deb belgilab qo‘yilgan. 
«O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga 
oshiriladi. 
Konstitutsiyada  nazarda  tutilmagan  tartibda  davlat  hokimiyati  vakolatlarini  o‘zlashtirish,  hokimiyat 
idoralari  faoliyatini  to‘xtatib  qo‘yish  yoki  tugatish,  hokimiyatning  yangi  va  muvoziy  tarkiblarini  tuzish 
Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi» (Konstitutsiyaning 
7-moddasi). 
«O‘zbekistonning  davlat  chegarasi  va  hududi  daxlsiz  va  bo‘linmasdir»,  deyiladi  O‘zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasining  3-moddasida.  Тahlil  qilinayotgan,  Jinoyat  kodeksining  159-moddasi  besh 
qismdan iborat. 
Jinoyatning  obyekti  O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasida  belgilab  qo‘yilgan  davlat  tuzumi, 
suvereniteti,  respublika  hududining  bo‘linmasligi  va  daxlsizligi,  shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasining 
tashqi xavfsizligidir. 
Jinoyat kodeksining 159-moddasi, 1-qismida nazarda tutilgan qilmishning obyektiv tomoni: 1) amaldagi 
davlat  tuzumini  Konstitutsiyaga  xilof  tarzda  o‘zgartirish;  2)  hokimiyatni  bosib  olish;  3)  qonuniy  ravishda 
saylab  qo‘yilgan  yoki  tayinlangan  hokimiyat  vakillarini  hokimiyatdan  chetlashtirish;  4)  O‘zbekiston 
Respublikasi  hududiy  yaxlitligini  Konstitutsiyaga  xilof  tarzda  buzishga  ochiqdan-ochiq  da’vat  qilish, 
shuningdek, bunday mazmundagi materiallarni tarqatishdan iborat.  
Ochiqdan-ochiq  da’vat  qilish  aholi  oldida  og‘zaki  yoki  yozma  shaklda  mavjud  davlat  tuzumini 
o‘zgartirish,  davlat  hokimiyati  organlariga  bo‘ysunmaslik,  ish  tashlash  va  h.k.larga  undovchi  chiqishlardan 
iborat.  Hokimiyatni  bosib  olish  deganda,  hokimiyat  vakilini  uning  xohishiga  qarshi  o‘z  vazifalarini 
bajarishdan chetlashtirish va bu vazifalarni boshqa shaxsga yoki bir guruh shaxslarga o‘zboshimchalik bilan 
yuklash tushuniladi. 


Hokimiyat  vakillari  jumlasiga  davlat  hokimiyati  organi  vakili  bo‘lgan,  muayyan  vazifalarni  muntazam 
yoki vaqtincha bajarayotgan va o‘z vakolati doirasida fuqarolar yoki mansabdor shaxslarning ko‘pchiligi yoki 
barchasi uchun majburiy harakatlar qilish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar kiradi. Ular 
jumlasiga:  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti,  Vazirlar  Mahkamasining  a’zolari,  barcha  darajalardagi 
hokimlar va ularning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Jo‘qorg‘i  Kengesi,  viloyat  va  tuman  kengashlarining  deputatlari,  sudyalar,  prokuratura,  MXX  va  IIV 
organlarining xodimlari va shu kabilar kiradi. 
Ma’lumotlarni  tarqatish  deganda,  mavjud  davlat  tuzumini  Konstitutsiyaga  xilof  tarzda  o‘zgartirishga 
da’vat  qiluvchi  varaqalar,  gazetalar,  jurnallar  yoki  boshqa  adabiyotlarni  yoxud  materiallarni  turli  joylarga 
yopishtirish, tarqatish tushuniladi. 
Jinoyat  kodeksining  159-moddasi,  1-qismida  nazarda  tutilgan  jinoiy  qilmishlar  mavjud  davlat  tuzumini 
o‘zgartirishga,  hokimiyatni  haqiqatda  bosib  olishga  yoki  qonuniy  saylab  qo‘yilgan  yoki  tayinlangan 
hokimiyat  vakillarini  hokimiyatdan  chetlatishga  yoxud  O‘zbekiston  Respublikasi  hududining  yaxlitligini 
o‘zgartirishga  sabab  bo‘lgan  yoki  bo‘lmaganligidan  qat’iy  nazar,  sodir  etilgan  paytidan  boshlab  tamom 
bo‘lgan jinoyat, deb hisoblanadi.  
Jinoyat kodeksining 159-moddasi, 2-qismida javobgarlik belgilangan qilmishning obyektiv tomoni: 
 
1)  Konstitutsiyaviy  hokimiyat  organlarining  qonuniy  faoliyatiga  to‘sqinlik  qilish  yoki  ularni 
Konstitutsiyada nazarda tutilmagan parallel hokimiyat tuzilmalari bilan almashtirishga qaratilgan zo‘ravonlik 
harakatlarini sodir etishdan; 
2)  davlat  hokimiyati  vakolatli  organlarining  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  nazarda 
tutilmagan  tartibda  tuzilgan  hokimiyat  tuzilmalarini  tarqatib  yuborish  to‘g‘risidagi  qarorlarini  belgilangan 
muddatda bajarmaslikdan iborat. 
 
Yuqoridaga  harakatlar  sababli  badanga  shikast  yetkazilganida  (og‘ir  shikast  yetkazishdan  tashqari) 
qilmish Jinoyat kodeksining 159-moddasi, 2-qismi bilan qamrab olinadi va sog‘liqqa qarshi jinoyatlar uchun 
javobgarlik belgilangan tegishli modda bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinmaydi. 
Konstitutsiyaviy  davlat  hokimiyati  organlarini  Konstitutsiyada  nazarda  tutilmagan  parallel  hokimiyat 
tuzilmalari  bilan  almashtirish  Konstitutsiyada  nazarda  tutilmagan  har  qanday  darajadagi  yangi  hokimiyat 
organlarini  tuzishdan  va  davlat  masalalarini  qonunga  xilof  tarzda  tuzilgan  shu  davlat  hokimiyati 
tuzilmalaridan foydalangan holda hal etishga urinishdan iborat. 
Davlat hokimiyati vakolatli organlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilmagan 
tartibda  tuzilgan  tuzilmalarni  tarqatib  yuborish  to‘g‘risidagi  qarorlarini  belgilangan  muddatda  bajarmaslik 
qonunga  xilof  tarzda  tuzilgan  tuzilmalarning  yetakchilari  tomonidan  sudning  shu  tuzilmalarning  faoliyatini 
tugatish va ularni tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorlarini ijro etmaslikdan iborat. 
Jinoyat  kodeksining  159-moddasi,  3-qismida  shu  moddaning  1  yoki  2-qismida  ko‘rsatib  o‘tilgan 
harakatlarning  jazoni  og‘irlashtiradigan  holatlarda  sodir  etilganligi  uchun  javobgarlik  nazarda  tutiladi, 
xususan: 
 
1) jinoyatning takroriy yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilganligi; 
2) jinoyatning uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlagan holda sodir etilganligi. 
 
Subyektiv  tomondan  Jinoyat  kodeksining  159-moddasi,  1,  2,  3-qismlarida  nazarda  tutilgan  harakatlar 
qasddan sodir etiladi. Jinoyatni sodir etishdan maqsad O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy 
tuzumini o‘zgartirishdir. Jinoyat motivlari turlicha bo‘lishi mumkin, ya’ni mavjud konstitutsiyaviy tuzumga, 
qonuniy saylab qo‘yilgan davlat arboblariga nafrat bilan qarash va hokazo. Bu harakatlar chet el davlatining 
topshirig‘iga binoan sodir etilgan taqdirda, aybdor davlatga xoinlik qilganlik uchun ham javobgar bo‘ladi. 
Jinoyat  kodeksining  159-moddasi,  4-qismida  nazarda  tutilgan  jinoyatning  obyektiv  tomoni  hokimiyatni 
bosib  olish  yoki  O‘zbekiston  Respublikasi  konstitutsiyaviy  tuzumini  ag‘darib  tashlash  maqsadida  fitna 
uyushtirishdan iboratdir.  


Fitna – ikki yoki undan ortiq shaxslarning hokimiyatni bosib olish yoki konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib 
tashlashga qaratilgan jinoiy harakatni sodir etish uchun o‘z kuchlarini birlashtirishga kelishishi. 
Agar  fitna  chet  el  davlatining  topshirig‘iga  binoan  sodir  etilgan  bo‘lsa,  O‘zbekiston  Respublikasi 
fuqarosining  harakatlarini  Jinoyat  kodeksining  157-moddasi  (davlatga  xoinlik  qilish)  bilan  ham  jinoyatlar 
jamiga  ko‘ra  kvalifikatsiya  qilinadi.  Hokimiyatni  bosib  olish  yoki  O‘zbekiston  Respublikasining 
konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darib tashlash uchun jinoiy guruh tuzilgan paytdan e’tiboran, jinoiy maqsadga 
erishishga qaratilgan harakat sodir etilgan yoki etilmaganidan qat’iy nazar, fitna tamom bo‘lgan jinoyat, deb 
hisoblanadi. 
Subyektiv tomondan fitna qasddan sodir etiladi. Maqsad – hokimiyatni bosib olish yoki konstitutsiyaviy 
tuzumni  ag‘darib  tashlash.  Jinoyatning  sodir  etilish  motivlari  uning  kvalifikatsiyasi  uchun  ahamiyat  kasb 
etmaydi.  16  yoshga  to‘lgan  har  qanday  shaxs  O‘zbekiston  Respublikasining  konstitutsiyaviy  tuzumiga 
tajovuz qilish jinoyatining subyekti bo‘lishi mumkin. 
Jinoyat kodeksining 159-moddasi, 5-qismida fitnada qatnashuvchi shaxslarni jazodan ozod qilish shartlari 
nazarda tutilgan bo‘lib, ular: 
 
1)  fitna to‘g‘risida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar berish;  
2)  hokimiyatni bosib olish yoki konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlashning oldini olishdan iborat. 
 
Bunday rag‘batlantiruvchi normaning  mavjudligi davlat uchun xavfli oqibatlar yuzaga  kelishini bartaraf 
etish imkonini beradi. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish