O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

D. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish 
(Jinoyat kodeksining 158-moddasi) 
 
Mazkur  jinoyatning    Jinoyat  kodeksining  «O‘zbekiston  Respublikasiga  qarshi  jinoyatlar»  bobiga 
kiritilganligi  bejiz  emas,  negaki  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  «fuqarolarning  huquqlari  va 
erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafilidir, O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti, 
xavfsizligi  va  hududiy  yaxlitligini  muhofaza  etish,  milliy  –  davlat  tuzilishi  masalalariga  doir  qarorlarni 
amalga  oshirish  yuzasidan  zarur  chora-tadbirlar  ko‘radi»,  shuningdek,  Konstitutsiyada  belgilab  qo‘yilgan 
boshqa  vakolatlarni  ham  bajaradi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  91-moddasida 
«...Prezidentning shaxsi daxlsizdir va u qonun bilan muhofaza etiladi», deb yozilgan. 
Ushbu modda uch qismdan iborat. O‘zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti, xavfsizligi, mudofaa 
salohiyati,  iqtisodiyot  asoslari  tahlil  qilinayotgan  qilmishning  o‘xshash  obyekti  bo‘lib  hisoblanadi. 
Jinoyatning  bevosita  obyekti  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  hayoti,  sog‘lig‘i,  sha’ni  va  qadr-
qimmatidir. 
Jinoiy qilmishning obyektiv tomondan: 
 
1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hayotiga tajovuz qilish; 
2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti badaniga shikast yetkazish; 
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, shuningdek, 
matbuot  yoki  boshqa  ommaviy  axborot  vositalaridan  foydalangan  holda  uni  haqoratlash  yoki  unga  tuhmat 
qilishda ifodalanadi. 
 
Hayotga tajovuz qilish aybdor shaxs tomonidan o‘ldirishga qaratilgan har qanday harakat sodir etilishini 
bildiradi.  Prezidentning  hayotiga  tajovuz  qilish,  vujudga  kelgan  oqibatlaridan  qat’iy  nazar,  tamom  bo‘lgan 
jinoyat,  deb  hisoblanadi.  Prezidentning  hayotdan  mahrum  etilgan-etilmaganligi  jinoyatning  kvalifikatsiyasi 
uchun  ahamiyatga  ega  emas.  Prezidentning  hayotidan    mahrum  qilishga  qasd  qilingan  shaxs  Jinoyat 
kodeksining 158-moddasi, 1-qismi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining badaniga qasddan shikast yetkazilsa, uning og‘irlik darajasidan 
(badanga  og‘ir,  o‘rtacha  og‘ir,  yengil  shikast  yetkazilganidan)  qat’iy  nazar,  aybdorning  qilmishi  Jinoyat 
kodeksining 158-moddasi, 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. 


Jinoyat  kodeksining  158-moddasi,  2-qismida  nazarda  tutilgan  qilmish  badanga  shikast  yetkazilgan 
paytdan boshlab tamom bo‘lgan jinoyat, deb hisoblanadi. Basharti, shaxs badanga jarohat yetkazishga qasd 
qilgan  bo‘lsa,  ammo  shaxsning  o‘ziga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda,  sog‘liqqa  zarar  yetkazilmagan  bo‘lsa,  u 
Jinoyat kodeksining 25-moddasi, 2-qismi va 158-moddasi, 2-qismi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
badaniga shikast yetkazishga suiqasd qilganlik uchun javobgarlikka tortilishi lozim. 
Omma oldida haqoratlash deganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sha’ni va qadr-qimmatining 
ko‘pchilik  o‘rtasida  (masalan,  mitinglar,  yig‘ilishlar,  ma’ruzalar,  konferensiyalar,  seminarlar,  odamlar 
to‘plangan  boshqa  joylarda)  kamsitilishini  tushunish  lozim.  Haqoratlash  Prezident  sha’nini  yerga  urib, 
beadablarcha so‘kinish, odobsiz iboralarni yozish yoki ularni aytish va boshqa tarzda ifodalanishi mumkin. 
Тuhmat  deganda,  Prezidentni  sharmanda  qilish,  haqiqatda  bo‘lmagan,  yolg‘on  yoki  aybdor  tomonidan 
buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatish tushuniladi. Matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalaridan 
foydalanish deganda, yolg‘on yoki Prezidentni sharmanda qiluvchi ma’lumotlarni kitob, jurnal, varaqalar va 
h.k. yoki radio, televideniye, videokassetalar orqali tarqatish tushuniladi. 
Prezidentni ko‘pchilik oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish haqorat yoki tuhmat xususiyatiga ega 
bo‘lgan  harakatlar  sodir  etilgan  paytdan  e’tiboran  tamom  bo‘lgan  jinoyat  deb  hisoblanadi.  Subyektiv 
tomondan  jinoyat  qasddan  sodir  etiladi.  Jinoyatning  motivi  va  maqsadi  uning  kvalifikatsiyasi  uchun 
ahamiyatli emas. 
16  yoshga  to‘lgan,  har  qanday  aqli  raso  shaxs  qilmishning  subyekti  bo‘lishi  mumkin.  Basharti, 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentiga  tajovuz  qilish  16  yoshga  to‘lmagan  shaxs  tomonidan  sodir  etilgan 
bo‘lsa, u shaxsga qarshi qaratilgan jinoyat uchun javobgarlikka tortiladi. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish