O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

F. Josuslik 
(Jinoyat kodeksining 160-moddasi) 
 
Jinoyat  kodeksida  chet  el  fuqarosi  yoki  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxsning  davlat  siri  hisoblangan 
ma’lumotlarni chet el davlati, chet el tashkiloti yoxud ularning agenturasiga yetkazishi, shuningdek, yetkazish 
maqsadida qo‘lga kiritishi yoki yig‘ishi kabi harakatlari josuslik, deb belgilangan. 
Josuslikning obyekti O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi, mudofaa 
salohiyati,  iqtisodiyoti  asoslari  bo‘lishi  mumkin.  Jinoyatning  obyektiv  tomoni  davlat  siri  hisoblangan 
ma’lumotlarni chet el davlati, chet el tashkiloti yoxud ularning agenturasiga: 
 
1)  yetkazish; 
2)  yetkazish maqsadida qo‘lga kiritish; 
3)  yetkazish maqsadida yig‘ish kabi jinoiy harakatlarni bajarishdan iborat. 
Davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni yetkazish, deganda davlat sirlarini o‘zga shaxsga og‘zaki yoki yozma 
shaklda  xabar  qilish  tushuniladi.  Yetkazish  har  xil  usulda:  qo‘ldan  qo‘lga,  vositachi  orqali  yozma  xabarda, 
videokasseta  orqali,  telefon  orqali,  radioaloqa  orqali,  xufiya  joyga  qo‘yish  orqali  va  h.k.  usullarda  amalga 
oshirilishi mumkin. Yetkazish usuli jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega emas. 
Chet  el  davlati,  chet  el  tashkiloti  va  ularning  agenturasiga  davlat  sirlarini  yetkazish  shaklidagi  josuslik 
davlat  sirlari  ularni  oluvchiga  xabar  qilingan  paytdan  boshlab  tamom  bo‘lgan  hisoblanadi.  Davlat  sirlarini 
o‘g‘rilash yashirin yoki oshkora, zo‘rlik ishlatib yoki ishlatmasdan sodir etilishi mumkin. 
Davlat  sirlari  zo‘rlik  ishlatib  qo‘lga  kiritilganida  aybdorning  harakatlari  jinoyatlarning  jami  bo‘yicha 
kvalifikatsiya qilinishi lozim. Qo‘lga kiritilgan davlat sirlarini oluvchiga yetkazish shaklidagi josuslik aybdor 
shaxsning davlat sirlarini qo‘lga kiritgan paytidan e’tiboran tamom bo‘lgan jinoyat, deb hisoblanadi. 
Josuslikning  davlat  sirlarini  yig‘ish  shakli  ularni  o‘g‘rilab  qo‘lga  kiritishdan  tashqari,  har  qanday  yo‘l 
bilan axtarib topishdan iborat. Yig‘ish: ko‘z bilan kuzatish, fotosuratga olish, yashirincha eshitib olish va h.k. 
usullarda  amalga  oshirilishi  mumkin.  Davlat  sirlarini  yig‘ishda  qanday  usullar  qo‘llanilganligi  josuslikni 
kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatga ega emas. 
Josuslikning  davlat  sirlarini  yig‘ish  shakli  davlat  sirlari  chet  el  davlati,  chet  el  tashkiloti  yoki  ularning 
agenturasiga yetkazish maqsadida yig‘ilgan paytdan boshlab tamom bo‘lgan jinoyat, deb hisoblanadi. 


Subyektiv  tomondan  josuslik  qasddan  sodir  etiladi.  Jinoyatning  motiv  va  maqsadi  har  xil  bo‘lishi 
mumkin,  lekin  ular  qilmishning  kvalifikatsiyasiga  ta’sir  qilmaydi.  Josuslikning  subyekti  16  yoshga  to‘lgan 
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi mumkin. 
Jinoyat kodeksining 160-moddasi, 2-qismi rag‘batlantiruvchi norma bo‘lib, unga ko‘ra quyidagi hollarda 
aybdor: 
 
1) chet el razvedkasi bilan o‘zining hamkorlik qilgani to‘g‘risida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda 
ma’lum qilsa;  
2)  chet  el  razvedkasidan  olingan  topshiriqni  bajarish  uchun  hech  qanday  harakat  sodir  etmagan  bo‘lsa, 
jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi. 
Jinoyat kodeksining 160-moddasi, 3-qismida josuslik faoliyatini olib borganlik uchun jazodan ozod qilish 
shartlari ko‘rsatilgan bo‘lib, ular: 
 
1)  josuslik  faoliyatini  ixtiyoriy  ravishda  to‘xtatish  va  qilmish  to‘g‘risida  hokimiyat  organlariga  ma’lum 
qilish; 
2) jinoyatning ochilishi va davlat uchun kelib chiqishi mumkin bo‘lgan og‘ir oqibatlarning oldini olishga 
ko‘maklashishdan iborat. 
 
Davlat  uchun  og‘ir  oqibatlarning  kelib  chiqishi  deganda,  O‘zbekiston  Respublikasining  suvereniteti, 
hududiy daxlsizligi, xavfsizligi, mudofaa qobiliyati, iqtisodiyotiga zarar yetkazilishi tushuniladi. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish