O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

I. Davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan  
hujjatlarni yo‘qotish 
(Jinoyat kodeksining 163-moddasi) 
 
Davlat  sirlari  bilan  ishlovchi  shaxslar  davlat  sirlari  bilan  ishlashga  doir  yo‘riqnomalarida  ko‘rsatilgan 
barcha qoidalarga qat’iy rioya etishlari shart. Davlat sirlari bilan ishlashga doir yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan 
qoidalarni  buzish  ba’zi  hollarda  davlat  siri  yoki  harbiy  sir  hisoblangan  hujjatlarning  yo‘qolishiga  sabab 
bo‘ladi. Bunda ular bilan yot shaxslarning tanishib chiqishi va O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga 
zarar yetkazilishiga aniq imkoniyatlar yaratiladi. 
Jinoyatning obyekti O‘zbekiston Republikasining suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi, mudofaa 
qobiliyati, davlat siri yoki harbiy sir bo‘lish mumkin. Jinoyatning predmeti faqat davlat siri yoki harbiy sir 
hisoblanadi. 
Obyektiv  tomondan  jinoyat  davlat  siri  yoki  harbiy  sir  bo‘lgan  hujjatlar,  ashyo  yoki  moddalarni 
yo‘qotishdan  (mazkur  yo‘qotish  hujjatlar,  ashyo  va  moddalar  bilan  muomala  qilish  qoidalari  buzilganligi 
natijasida  ro‘y  berganida)  iborat  bo‘ladi.  Hujjatlar,  davlat  siri  yoki  harbiy  sirni  ifodalovchi  ashyo  yoki 
moddalarning  shu  sirlar  egasining  qonuniy  egaligidan  uning  xohishiga  zid  ravishda  chiqib  ketishini, 
yo‘qotish, deb hisoblash lozim. 
Agar  yo‘qotish  natijasida  davlat  sirlari  bilan  boshqa  kishilar  tanishib  chiqishi  uchun  real  xavf  mavjud 
bo‘lgan  bo‘lsa,  davlat  sirlarini  yo‘qotish  jinoyat  hisoblanadi.    Jinoyatning  obyektiv  tomoni  uchun  davlat 
sirlari bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish va buzishning oqibati sifatida davlat sirlari yo‘qotilishi va 
ular bilan tanishib chiqish xavfining vujudga kelishi zaruriy belgi hisoblanadi.  
Agar davlat sirlari bilan muomalada bo‘lish qoidalari buzilmagan, lekin shunga qaramay, ular yo‘qotilgan 
(masalan, davlat sirlari bilan ishlovchi xodim ishdan keyin, davlat sirlari bilan muomalada bo‘lishning barcha 
qoidalariga rioya etgan holda hujjatlarni seyfga qo‘ygan, uni yopgan, muhrlagan va saqlash uchun topshirgan, 
biroq, hujjatlar o‘g‘irlangan) bo‘lsa, ushbu jinoyatning tarkibi mavjud bo‘lmaydi.  
Agar davlat sirlari bilan ishlovchi shaxsning ish vaqtida e’tiborsizligi sababli hujjatlar (masalan, axlatga 
qo‘shib yoqib yuborilsa) bunda ham mazkur jinoyatning tarkibi mavjud bo‘lmaydi. Agar bu kishi mansabdor 
shaxs bo‘lsa, uning beparvoligi to‘g‘risidagi masala alohida ko‘rib chiqilishi lozim. 
Yo‘qotish  deganda,  davlat  sirlarining  butunlay  yo‘qotilishini,  agar  ularning  mazmuni  bilan  yot  kishilar 
tanishib  chiqishi  uchun  real  xavf  mavjud  bo‘lsa,  ularning  o‘z  egasining  qonuniy  egaligidan  qisqa  fursatga 
chiqib ketishini ham tushunish lozim. 
Davlat  siri  yoki  harbiy  sir  hisoblangan  hujjatlarni  yo‘qotish  mazkur  hujjatlar  shaxsning  qonuniy 
egaligidan uning xohishiga zid ravishda chiqib ketgan va ular bilan yot shaxslar tanishib chiqishi uchun real 
xavf vujudga kelgan paytdan e’tiboran tamom bo‘lgan jinoyat hisoblanadi.  
Subyektiv  tomondan  tahlil  etilayotgan  jinoyat  faqat  ehtiyotsizlik  oqibatida,  ya’ni  jinoiy  o‘z-o‘ziga 
ishonish  yoki  jinoiy  beparvolik  tufayli  sodir  etiladi.  Jinoyatning  subyekti  xizmat  yoki  kasb  faoliyati 
yuzasidan davlat siri yoki harbiy sir ishonib topshirilgan va 16 yoshga to‘lgan shaxs bo‘lishi mumkin. 
Jinoyat kodeksining 163-moddasi, 2-qismida davlat siri yoki harbiy sir yozilgan hujjatlarni yo‘qotganlik 
og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lganligi uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan. Og‘ir oqibatlar deganda, sirlarning chet 
el davlati, chet el tashkiloti yoki ularning agenturasiga ma’lum bo‘lib qolishi yoxud O‘zbekiston Respublika-


sining  suvereniteti,  hududiy  daxlsizligi,  mudofaa  qobiliyati,  xavfsizligi,  iqtisodiyotiga  zarar  yetkazilishi 
tushuniladi.  
Jinoyat kodeksining 163-moddasi, 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat davlat siri yoki harbiy sir yozilgan 
hujjatlar  yo‘qotilishi  natijasida  og‘ir  oqibatlar  yuzaga  kelgan  paytdan  boshlab  tamom  bo‘lgan,  deb 
hisoblanadi. 
 
 
 
1.  Urushni targ‘ib qilish deganda nima tushuniladi? 
2.  Ayblanuvchining harakatlarini Jinoyat kodeksining 150-moddasi (urushni targ‘ib qilish) bilan kvalifikatsiya qilishning o‘ziga 
xos xususiyatlari. 
3.  Agressiya tushunchasi, uning turlari va usullari. 
4.  Agressiya urushini rejalashtirish va tayyorlash deganda nima tushuniladi? 
5.  Agressiyaning urushni targ‘ib qilishdan farqi. 
6.  Urushning qonun va udumlari deganda nima tushuniladi? Ularni buzish nima? 
7.  Genotsid nima? Uning obyektiv tomoni. 
8.  Jismoniy, ijtimoiy-iqtisodiy, shuningdek, biologik genotsid deganda nima tushuniladi? 
9.  Yollanish tushunchasi va uning xususiyatlari. Ushbu jinoyat subyektining o‘ziga xos xususiyatlari. 
10.  Тerrorizm  tushunchasi  va  turlari,  uning  shaxsni  garov  sifatida  tutqunlikka  olishdan,  tovlamachilik  va  odam  o‘g‘rilash 
jinoyatlaridan farqi? 
11.  Milliy,  irqiy  yoki  diniy  adovat  qo‘zg‘atish  deganda  nima  tushuniladi?  Ushbu  jinoyatni  kvalifikatsiya  qilishning  o‘ziga  xos 
xususiyatlari. 
12.  Jinoyat  kodeksining  156-moddasida  nazarda  tutilgan  jinoyatning  vijdon  erkinligi  yoki  fuqarolar  teng  huquqliligini  buzish 
jinoyatidan qanday farqi bor? 
13.  Davlatga  xiyonat  qilish  nimalarda  ifodalanadi?  Ushbu  jinoyatni  sodir  etgan  shaxslarni  javobgarlikdan  va  jazodan  ozod 
qilishning shartlari qanday? 
14. Davlatga xiyonat qilishning bir turi sifatida josuslik tushunchasi va uni kvalifikatsiya qilish shartlari? 
15.  Jinoyat kodeksida davlatga xiyonat qilishning qanday turlari nazarda tutilgan? 
16.  Jinoyat  kodeksining  158-moddasida  (O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentiga  tajovuz  qilish)  nazarda  tutilgan  jinoyat 
obyektining o‘ziga xos xususiyatlari. 
17. O‘zbekiston  Respublikasining  konstitutsiyaviy  tuzumiga  tajovuz  qilish  tushunchasi,  ushbu  jinoyatni  sodir  etgan  shaxslarni 
javobgarlikdan ozod qilish shartlarini bayon eting. 
18.  Josuslik  tushunchasi  va  uning  zaruriy  belgilari.  Josuslik  sodir  etgan  shaxslarni  javobgarlik  va  jazodan  ozod  qilish  shartlari 
qanday? 
19. Josuslikning davlatga xiyonat qilishdan farqi. 
20. Qo‘poruvchilik tushunchasi va uning shakllari. Ushbu jinoyatni kvalifikatsiya  qilishning o‘ziga xos xususiyatlarini izohlang. 
21. Davlat sirini oshkor qilishning davlatga xiyonat qilishdan farqini ko‘rsatib bering. 
22. Davlat sirlari deganda nimalarni tushunasiz? 
23. Davlat sirlarini oshkor qilishning qanday turlari mavjud? 
24. Davlat sirini oshkor qilishni kvalifikatsiya qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. 
25. Davlat sirlarini oshkor qilishning davlat siri hisoblangan yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yo‘qotishdan farqlari qanday? 
26. Davlat  siri  yoki  harbiy  sir  hisoblangan  hujjatlarni  yo‘qotganlik  uchun jinoiy  javobgarlikning  kelib  chiqish  shartlarini  bayon 
eting. 
27. Jinoyat kodeksining 163-moddasi, 2-qismiga binoan og‘ir oqibatlar deganda nima tushuniladi? 
 
3-bob. IQТISODIYOТ SOHASIDAGI JINOYAТLAR
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish