O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

G. Qo‘poruvchilik 
(Jinoyat kodeksining 161-moddasi) 
 
Qo‘poruvchilikning obyekti O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligi va mudofaa qobiliyatidir. 
Qo‘poruvchilik  sodir  etilgan  aksariyat  hollarda  odamlar  qurbon  bo‘ladi,  ommaning  sog‘lig‘iga  zarar 
yetkaziladi,  zavodlar,  turli  inshoot  (tunnellar,  metropolitenlar,  ko‘priklar,  gidroelektrostansiyalar, 
temiryo‘llar, suv va gaz ta’minoti tarmoqlari va h.k.)lar ishdan chiqariladi yoki yo‘q qilinadi. 
Obyektiv tomondan qo‘poruvchilik: 
 
1)  odamlarni qirib yuborish; 
2)  yoki ularning sog‘lig‘iga ziyon yetkazish; 
3)  yoxud mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish kabi harakatlarni sodir etishdan iborat bo‘ladi. 
 
Qo‘poruvchilik odatda, barcha uchun xavfli usulda – portlatish, suv bostirish, o‘t qo‘yib yuborish, yalpi 
zaharlash, epidemiyalar, epizootiyalar tarqatish yo‘li bilan sodir etiladi.  
Odamlarni  qirib  yuborish  deganda,  ikki  yoki  undan  ortiq  kishining  nobud  bo‘lishini  tushunish  lozim. 
Odamlar  sog‘lig‘iga  ziyon  yetkazish  deganda,  ikki  yoki  undan  ortiq  kishiga  o‘rtacha  og‘ir  yoki  og‘ir  tan 
jarohatlari yetkazilishini tushunish lozim.  
Mulkka  shikast  yetkazish  –  ashyo,  buyumlarni  qisman  yaroqsiz  holga  keltiriladi,  bunda  ularni  qayta 
tiklash  imkoniyati  bo‘ladi.    Mulkni  nobud  qilish  deganda,  mulkni  qayta  tiklab  bo‘lmaydigan  darajada 
yaroqsiz holga keltirilishi tushuniladi. 
Qo‘poruvchilik odamlarni qirib yuborish, ularning sog‘lig‘iga ziyon yetkazish, mulkka shikast yetkazish 
yoki  uni  nobud  qilishga  qaratilgan  harakatlar  sodir  etilgan  paytdan  boshlab  tamom  bo‘lgan  jinoyat,  deb 
hisoblanadi. 
Odamlarning  qurbon  bo‘lishi,  ularning  sog‘lig‘iga  ziyon  yetkazilishi,  mulkka  shikast  yetkazilishi  yoki 
uning  nobud  qilinishi  kabi  oqibatlarning  ro‘y  bergan  yoki  bermaganligi  qo‘poruvchilikni  tamom  bo‘lgan 
jinoyat,  deb  hisoblash  uchun  ahamiyatsizdir,  ammo  bu  oqibatlarning  mavjudligi  sud  tomonidan  jazo 
tayinlashda hisobga olinishi lozim. 
Subyektiv  tomondan  qo‘poruvchilik  qasddan  sodir  etiladi.  Qo‘poruvchilikning  maqsadi  O‘zbekiston 
Respublikasining  davlat  organlari  faoliyatini  yoki  ijtimoiy-siyosiy  vaziyatni  beqarorlashtirish  yoki 
iqtisodiyotiga putur yetkazishdan iborat. 


Agar aybdor shaxs odamlarni qira turib, ularning sog‘lig‘iga ziyon,  mulkka zarar yetkazayotib yoki uni 
nobud  qilayotib,  davlat  organlari  faoliyati  yoki  ijtimoiy-siyosiy  vaziyatni  beqarorlashtirish  yoxud 
iqtisodiyotga  putur  yetkazish  maqsadini  ko‘zlamagan  bo‘lsa,  u  holda  aybdor  shaxsga  qarshi  yoki  mulkka 
qarshi jinoyatni sodir etganlik uchun javobgar bo‘ladi.  
Qo‘poruvchilikni  sodir  etish  motivi  turlicha  (o‘ch  olish,  nafratlanish,  g‘araz  va  h.k.)  bo‘lishi  mumkin, 
ammo  bular  jinoyatni  kvalifikatsiya  qilishda  ahamiyatga  ega  bo‘lmaydi.    Qo‘poruvchilikning  subyekti  16 
yoshga to‘lgan har qanday aqli raso shaxs bo‘lishi mumkin.  
Agar  qo‘poruvchilik  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarosi  tomonidan  chet  el  davlati  yoki  chet  el  davlati 
josusligi topshirig‘iga binoan sodir etilsa, uning harakatlari Jinoyat kodeksining davlatga xoinlik qilish uchun 
javobgarlik  belgilangan  157-moddasi  va  Jinoyat  kodeksining  161-moddasi  qo‘poruvchilik  moddalari  bilan 
kvalifikatsiya qilinadi. 
 
H. Davlat sirlarini oshkor qilish 
(Jinoyat kodeksining 162-moddasi) 
 
Тahlil  etilayotgan  jinoyatning  obyekti  O‘zbekiston  Respublikasining  suvereniteti,  hududiy  daxlsizligi, 
mudofaa qobiliyati, iqtisodiyoti va davlat xavfsizligidir. 
Obyektiv tomondan qilmishda davlatga xoinlik alomatlari bo‘lmasa, davlat sirlarini: 
1) oshkor qilishda; 
2) yoki o‘zgaga berishda ifodalanadi. 
 
Davlat sirlarini oshkor qilish deganda, davlat sirlaridan ularni bilishi lozim bo‘lmagan shaxslarning voqif 
bo‘lishi va bu ma’lumotlarning oshkor etilishi tushuniladi.  
Oshkor  qilish  og‘zaki  yoki  yozma  shaklda  amalga  oshirilishi  mumkin.  Davlat  sirlarini  bilishi  lozim 
bo‘lmagan shaxslar doirasi turlicha: qarindoshlar, do‘stlar yoki boshqa shaxslar bo‘lishi mumkin. 
Davlat  sirlarini  oshkor  qilish  faol  harakatlarni  amalga  oshirish  yo‘li  bilan  ham  sodir  etilishi  mumkin. 
Masalan,  maxfiy  hujjatlarni,  qurol-yarog‘  namunalarini,  ularning  taktik-texnik  ma’lumotlarini  yot  shaxslar 
oldida  namoyish  qilish,  davlat  sirlarini  ma’ruzalarda,  televideniye,  radio  orqali  chiqishlarda  hammaga 
ma’lum qilish shular jumlasidandir.  
Davlat  sirlarini  saqlash  qoidalarini  buzish,  ularni  asrash  choralarini  ko‘rmaslik  qilmishlari  harakatsizlik 
bilan  ham  sodir  etilishi  mumkin.  Masalan,  maxfiy  hujjatlar  ustida  ishlab  turgan  xodim  ularni  ko‘rinadigan 
joyda  qoldirib,  chekishga  chiqib  ketadi  va  natijada  yot  shaxslar  hujjatlar  bilan  tanishib  chiqadilar.  Davlat 
sirlarining  qancha  yot  shaxslarga  ma’lum  ekanligi  jinoyat  tarkibi  uchun  ahamiyatga  ega  bo‘lmaydi.  Biroq 
jazo  tayinlashda  bunday  holat  sud  tomonidan  hisobga  olinishi  lozim.  Chunki  tanishish  huquqiga  ega 
bo‘lmagan ko‘pgina shaxslarning davlat sirlaridan voqif bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlari uchun 
juda  katta  xavf tug‘diradi. Davlat  sirlarining  o‘zgaga  berilishi  og‘zaki  yoki  yozma,  telefon, radio orqali  va 
boshqa tarzda ham bo‘lishi mumkin. 
Davlat  sirlarini  oshkor  qilish  shu  sirlar  yot  shaxslarga  ma’lum  bo‘lib  qolgan  paytdan  e’tiboran  tamom 
bo‘lgan jinoyat hisoblanadi. Davlat sirlarining oshkor bo‘lishi mumkinligi xavfi vujudga kelgan hollarda bu 
jinoyat  tarkibi  mavjud  bo‘lmaydi.  Masalan,  davlat sirlari  hisoblanuvchi  ma’lumotlar  ustida  ishlovchi  shaxs 
ishni tugatganidan keyin ularni seyfga joylab qo‘ymaydi, ma’lumotlarni ish qoidalarini buzgan holda ish stoli 
ustida qoldiradi. Farrosh ayol xonani yig‘ishtirayotganida ularga e’tibor bermaydi. Bunday hollarda, davlat 
sirlari  bilan  ishlash  to‘g‘risidagi  yo‘riqnomani  buzgan  shaxslarni  intizomiy  javobgarlikka  tortish  masalasi 
qo‘yilishi lozim. 
Subyektiv  tomondan  davlat  sirlarini  oshkor  qilish  qasddan  yoki  ehtiyotsizlikdan  sodir  etilishi  mumkin. 
Biroq,  har  bir  muayyan  holda  aybdorning  davlat  sirlarini  oshkor  qilayotganligini  aniq  bilganligini  aniqlash 
zarur, aks holda, ushbu jinoyat tarkibi mavjud bo‘lmaydi. 
Jinoyatning  motivi  va  maqsadi  turlicha  (masalan,  maqtanchoqlik,  o‘zining  ma’lumotlardan 
xabardorligini, mavqeyini ko‘rsatib qo‘yish istagi va h.k.) bo‘lishi mumkin. Davlat sirlarini oshkor qilishni 
davlatga  xoinlikning  shakllaridan  biri  bo‘lgan  davlat  sirlarini  yetkazishdan  farqlash  lozim.  Davlat  sirlarini 
oshkor qilishda aybdor bo‘lgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi, 
mudofaa qobiliyati, iqtisodiyotiga zarar yetkazishga qasd qilmaydi.  


Davlat sirlarini oshkor qilish jinoyatining subyekti faqat davlat sirlari o‘ziga ishonib topshirilgan yoxud 
xizmat yoki kasb faoliyati yuzasidan ulardan xabardor bo‘lgan shaxs bo‘lishi mumkin.  
Agar  davlat  sirlari,  bu  sirlar  xizmat  yoki  kasb  faoliyati  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  holda  o‘ziga  ma’lum 
bo‘lib qolgan shaxs tomonidan oshkor etilsa, bu shaxs mazkur jinoyatning subyekti bo‘la olmaydi. Jinoyat 
kodeksining  162-moddasi,  2-qismida  davlat  sirlarini  oshkor  etganlik  og‘ir  oqibatlar  kelib  chiqishiga  sabab 
bo‘lgan holat uchun javobgarlik nazarda tutilgan. 
Og‘ir oqibatlar deganda, davlat sirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning chet el davlati, chet el tashkiloti yoki 
ularning  agenturasiga  ma’lum  bo‘lib  qolganligi  yoxud  O‘zbekiston  Respublikasining  suvereniteti,  hududiy 
mustaqilligi, xavfsizligi, mudofaa qobiliyati, iqtisodiyotiga zarar yetkazilganligi tushuniladi.  
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish