O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

B. Davlat sirlarini chet el davlatiga yetkazish 
 
Davlat  sirlarini  chet  el  davlatiga  yetkazish  davlatga  xoinlik  qilishning  shakllaridan  biri  bo‘lib,  davlat 
sirlarini  o‘z  ichiga  olgan  ma’lumotlarni  chet  el  davlatiga  yoki  uning  josuslariga  topshirishdan  iborat. 
Davlatga  xoinlik  qilish  davlat  sirlarini  yetkazish,  davlat  sirlarini  o‘z  ichiga  olgan  ma’lumotlar  chet  el 
davlatiga topshirilgan paytdan e’tiboran tamom bo‘lgan jinoyat, deb hisoblanadi. 
Yetkazish usullari turlicha, ya’ni axborotni yozma tarzda qilish; telefon orqali xabar qilish; davlat sirlari 
hisoblanuvchi  ashyolarni  har  qanday  usulda  topshirish  va  h.k.  tarzda  bo‘lishi  mumkin.    Davlat  sirlarini 
yetkazish  usullari  qilmishning  kvalifikatsiyasiga  ta’sir  etmaydi.  Davlat  sirlarini  yetkazish,  odatda  ixtiyoriy 
tarzda sodir etiladi, biroq zo‘rlash, qo‘rqitish istagi ta’sirida ham amalga oshirilishi mumkin. 
Jinoyatning subyekti xizmat vazifasiga ko‘ra, davlat sirlari o‘ziga ishonib topshirilgan yoki ish faoliyati 
bilan bog‘liq yoxud boshqa yo‘l bilan o‘ziga ayon bo‘lgan shaxs bo‘lishi mumkin. Ularning yig‘ilgan yoki 
o‘g‘irlangan hollari bundan mustasno. 
Basharti,  shaxs  «tasodifan»  davlat  sirlarini  bilib  qolsa  (masalan,  davlat  sirlarini  o‘z  ichiga  olgan 
ashyolarni  topib  olish)  va  ularning  maxfiyligini  anglagani  holda  ularni  chet  el  davlatiga  yetkazsa,  u  tahlil 
qilinayotgan modda bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak.  
Davlat  sirlarini  yetkazish  –  josuslik  davlatga  xoinlik  qilishdan  shu  bilan  farqlanadiki,  davlat  sirlarini 
yetkazishda shaxs o‘z faoliyatiga ko‘ra ularga ega bo‘ladi yoki ular boshqa yo‘l bilan unga ma’lum bo‘ladi, 
josuslikda esa shaxs davlat sirlarini chet el davlatiga yetkazish uchun ularni yig‘adi yoki o‘g‘irlaydi.  
O‘zbekiston  Respublikasiga  qarshi  dushmanlik  faoliyati  olib  borayotgan  davlatga  yordam  ko‘rsatish 
davlatga  xoinlik  qilishning  bir  shakli  bo‘lib,  unga  O‘zbekiston  Respublikasiga  qarshi  dushmanlik  faoliyati 
olib borayotgan chet el davlatiga yordam ko‘rsatishga qaratilgan turli xil harakatlar kiradi.  
Bular  chet  el  josuslarining  uchrashuvlari  uchun  xonani  berib  turish,  chet  el  razvedkasi  uchun  kerakli 
shaxslarni  yollash,  murakkab  hujjatlarni  tayyorlash  va  ularni  chet  el  josuslariga  taqdim  etish, 
O‘zbekistonning  tashqi  xavfsizligiga  putur  yetkazuvchi  ma’lumotlarni  ommaviy  axborot  vositalarida  e’lon 
qilish kabilar bo‘lishi mumkin. 
Basharti,  shaxs  chet  el  davlatiga  yordam  ko‘rsatish  bilan  bir  qatorda  boshqa  jinoyatlarni  sodir  etsa 
(masalan,  chet  el  davlati  topshirig‘iga  binoan  qo‘poruvchilik  sodir  etgan  bo‘lsa),  unda  uning  harakatlari 
jinoyatlarning  jami  bo‘yicha  Jinoyat  kodeksining  157-moddasi  va  161-moddasi  (qo‘poruvchilik)  bilan 
kvalifikatsiya qilinadi. 
O‘zbekiston Respublikasiga qarshi dushmanlik faoliyati olib borishda chet el davlatiga yordam ko‘rsatish 
shaklidagi  davlatga  xoinlik  qilish shunday  yordam  ko‘rsatishga  qaratilgan  har  qanday  harakat sodir  etilgan 
paytdan boshlab tamom bo‘lgan hisoblanadi.  
Subyektiv  tomondan  davlatga  xoinlik  qilish  faqat  to‘g‘ri  qasddan  sodir  etiladi.  Davlatga  xoinlikda 
aybdorning  maqsadi  O‘zbekiston  Respublikasining  suvereniteti,  hududiy  daxlsizligi,  xavfsizligi,  mudofaa 
salohiyati va iqtisodiyotiga zarar yetkazishdan iborat. Jinoyatning motivlari har xil bo‘lishi mumkin va ular 
qilmishning kvalifikatsiyasiga ta’sir qilmaydi.  
Davlatga  xoinlik  qilishning    subyekti  faqat  O‘zbekiston  Respublikasining  16  yoshga  to‘lgan  fuqarosi 
bo‘lishi  mumkin.  Jinoyat  kodeksining  157-moddasi,  2  va  3-qismlarida  rag‘batlantiruvchi  normalar  mavjud 
bo‘lib, ularda sotqinlik qilgan shaxsga o‘z davlati manfaatlariga zarar yetkazilishining oldini olish va jinoiy 
javobgarlikdan ozod qilinishi uchun oxirgi imkoniyat beriladi.  


157-moddaning 2-qismida: «Chet el davlati yoki tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga qarshi 
qaratilgan  davlatga  zarar  yetkazuvchi  faoliyatni  amalga  oshirishda  hamkorlik  qilish  uchun  jalb  qilingan 
O‘zbekiston  Respublikasining  fuqarosi  o‘zining  bunday  hamkorligi  to‘g‘risida  hokimiyat  organlariga 
ixtiyoriy  ravishda  arz  qilsa,  uning  faoliyati  esa,  respublika  manfaatlariga  zarar  yetkazmagan  bo‘lsa, 
javobgarlikdan  ozod  qilinadi»,  deyilgan,  ya’ni  Jinoyat  kodeksining  157-moddasi  bo‘yicha  javobgarlikdan 
ozod etish uchun davlatga xoinlik qilishda aybli bo‘lgan shaxs quyidagi ikki shartni bajarishi zarur: 
 
1.  O‘zining chet el davlati bilan hamkorligi to‘g‘risida hokimiyat organlariga ixtiyoriy xabar qilishi. 
Ixtiyoriylik  fuqaroning  chet  el  davlati  bilan  o‘zining  hamkorligi  to‘g‘risida,  bunday  aloqaning  tegishli 
organlarga ma’lum bo‘lmasidan oldinroq, hokimiyat organlariga xabar qilish lozimligini bildiradi; 
2.  Shaxsning  chet  el  razvedkasi  bilan  hamkorligi  O‘zbekiston  Respublikasi  manfaatlariga  zarar 
yetkazmagan bo‘lishi kerak.  
 
Yuqoridagi shartlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi.  
Jinoyat  kodeksining  157-moddasi,  3-qismida:  «Basharti,  O‘zbekiston  Respublikasining  fuqarosi,  o‘z 
qilmishi  to‘g‘risida  hokimiyat  organlariga  ixtiyoriy  ravishda  xabar  qilib,  jinoyatni  ochishga  faol  yordam 
bergan  va  buning  natijasida  davlat  uchun  kelib  chiqishi  mumkin  bo‘lgan  og‘ir  oqibatlarning  oldi  olingan 
bo‘lsa, jazodan ozod qilinadi», deb belgilab qo‘yilgan. 
Jinoyat kodeksining 157-moddasi, 3-qismi o‘ziga xos xususiyati shundaki, chet el davlati bilan hamkorlik 
qilgan  aybdor  shaxs,  mazkur  qismda  nazarda  tutilgan  shartlarga  rioya  etilgan  holda  jinoiy  javobgarlikka 
tortiladi, unga sud tomonidan jazo tayinlanadi, lekin u jazoni o‘tashdan ozod qilinadi. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish