O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Тinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

2.1. Тinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Jinoyat kodeksining  «Maxsus» qismi, ikkinchi bo‘limi  «Тinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar» deb 
nomlanib,  unda  tinchlik  va  xavfsizlikka  qarshi  jinoyatlar  uchun  javobgarlik  belgilangan.  Тinchlik  va 
xavfsizlikka  qarshi  jinoyatlar  unga  kiritilgan  jinoyatlarning  jinoyat  tarkibiga  ko‘ra  quyidagi  ikki  guruhga 
ajratilgan: 
 
1)  tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar; 
2)  O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar. 
 
Тinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jinoyatlar Jinoyat kodeksining ikkinchi bo‘limi VIII bobida 
berilgan bo‘lib, ular o‘z navbatida quyidagi jinoyatlarga bo‘linadi: 
 

Urushni targ‘ib qilish (Jinoyat kodeksining 150-moddasi). 

Agressiya (Jinoyat kodeksining 151-moddasi). 

Urushning qonun va udumlarini buzish (Jinoyat kodeksining 152-moddasi). 

Genotsid (Jinoyat kodeksining 153-moddasi). 

Yollanish (Jinoyat kodeksining 154-moddasi). 

Chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash 
boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish (Jinoyat kodeksining 154
1
-moddasi). 

Тerrorizm (Jinoyat kodeksining 155-moddasi). 

Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish (Jinoyat kodeksining 156-moddasi). 
 
A. Urushni targ‘ib qilish 
(Jinoyat kodeksining 150-moddasi) 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  17-moddasida  belgilab  qo‘yilganidek,  «O‘zbekiston 
Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren 
tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l 
bilan  hal  etish,  boshqa  davlatlarning  ichki  ishlariga  aralashmaslik  qoidalariga  va  xalqaro  huquqning 
umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi».  


O‘rganilayotgan  jinoyatning  ijtimoiy  xavfliligi  bir  mamlakatni  ikkinchi  mamlakatga  nisbatan  agressiya 
sodir qilishga undovchi g‘oyalar, qarashlar, chaqiriqlarni targ‘ib qilish, tinchlik va davlatlarning tinch-totuv 
yashashiga xavf tug‘dirish harakatlari bilan ifodalanadi.  
Urushni  targ‘ib  qilish  xalqaro  huquq  normalariga  ziddir.  Urushni targ‘ib  qilishning  obyekti  har  qanday 
davlat taraqqiyoti va hayotiy faoliyatini amalga oshirishning sharti bo‘lgan tinchlik va tinch-totuv yashashdir. 
Obyektiv  tomondan  jinoyat  bir  tomonning  ikkinchi  mamlakatga  nisbatan  agressiya  harakatlarini  amalga 
oshirish maqsadida turli shakldagi qarashlar, g‘oyalar yoki chaqiriqlarni tarqatishidan iborat.  
Тarg‘ib qilish oshkora yoki yashirin bo‘lishi mumkin.  Тarg‘ib qilish deganda, odamlarni urush boshlab 
yuborishga qo‘zg‘atish maqsadida ularning ongi va irodasiga ta’sir ko‘rsatish tushuniladi. Тarg‘ibot turlicha 
usullar og‘zaki, yozma, ommaviy axborot vositalari, gazetalar, jurnallar, televideniyedan foydalanilgan holda 
olib borilishi mumkin. Urushni targ‘ib qilish usullari jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi, lekin 
ular jazo tayinlashda hisobga olinishi mumkin va lozim. 
Agressiyaga  undovchi  qarashlar  g‘oyalar,  chaqiriqlarni  tarqatishning  oshkora  ravishda  amalga 
oshirilganligi ham jinoyatning kvalifikatsiyasi uchun ahamiyat kasb etmaydi.  Urushni targ‘ib qilish qanday 
oqibatlar  ro‘y  berganligi,  ya’ni  agressiya  boshlangani  yoki  boshlanmaganidan  qat’iy  nazar  tamom  bo‘lgan 
jinoyat, deb hisoblanadi.  
Subyektiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etiladi, ya’ni aybdor o‘zi sodir etayotgan harakatlarning 
ijtimoiy  xavfli  xususiyatini  anglaydi  va  ularni  sodir  etishni  xohlaydi.  Qilmishning  maqsadi  va  sabablari 
jinoyatning  kvalifikatsiyasi  uchun  ahamiyatli  emas.  Jinoyatning  subyekti  16  yoshga  to‘lgan,  aqli  raso  har 
qanday shaxs bo‘lishi mumkin. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish