ZAHARLAR TASNIFI — patofiziologik ta‘sirga asoslangan organizmda ular kiritilganida yuz bergan o‘zgarishlar natijasida yuzaga chiqish mexanizmiga bog‘liq tarzda zaharlar (kam dozalarda organizmga chetdan kiritilganda muayyan sharoitlarda sog‘liqning ishdan chiqishiga yoki o‘limga olib keluvchi moddalar) taqsimoti. Quyidagi turlari mavjud: 1) kuchli zaharlar, bular tekkan joyiga darhol
ta‘sir etadi, teriga tushishi bilanoq seziladi. U qichishtiruvchi, kuydiruvchi va h. bo‘lishi mumkin. Kuchli kislotalar va ishqorlar, o‘simliklarga xos gazlar va ba‘zi moddalar; 2) toksik samarasi ular so‘rilgandan keyin namoyon bo‘ladigan zaharlar. Bular guruhi ko‘p va quyidagilarga ajraladi: a) yemiruvchi zaharlar, bular ichki a‘zolarda sezilarli morfologik o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi (simob, margimush, fosfor va b.);
b) qonni zaharlovchilar, qonda biokimyoviy o‘zgarishlarga olib keluvchi (uglerod oksidi, bertolet tuzi va h.); v) funksional zaharlar, bular tana yoki to‘qimalarda dag‘al morfologik buzilishlarsiz funksional o‘zgarishlarga olib keladi.
Gigiyenik patokimyoviy va boshqa belgilar bo‘yicha tasniflanadigan zaharlar ham mavjud. Zaharlar tabiiy va sun‘iy bo‘ladi. Tabiiylariga o‘simliklar zaharlari kiradi, ularda kuchli ta‘sir etuvchi alkaloidlar mavjud, jonivor zaharlari (ilonlar, arilar va h.); og‘ir metallar birikmasi (simob, margimush va b.), bakterial toksinlar (botulizm).
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish sanoati sohasida tayyorlanadigan moddalardan zaharlanish keng tarqaldi. Bular turli dorilar, maishiy kimyo vositalari, sanoatda va qishloq xo‘jaligida qo‘llanadigan zaharli ximikatlar. Zaharli moddalar va ular tufayli
yuzaga keladigan zaharlanishlar haqidagi fan toksikologiya deb ataladi.
IJTIMOIY GIGIYeNA — tibbiyotning aholi va uning ayrim guruhlari sog‘lig‘iga ijtimoiy omillarning ta‘sirini o‘rganadigan sohasi. Jamoatchilikning sog‘lomlik darajasi va sifatini oshirish hamda muhofaza qilish maqsadlarida ijtimoiy omillarning xalq sog‘lig‘iga zararli ta‘sirini bartaraf qilish va oldini olish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun asosiy ilmiy tavsiyalar ishlab chiqadi.
G. usullari
orasida tibbiy-statistik, sosiologik va tashkillashtirilgan, aholi ayrim guruhlari sog‘lig‘rning o‘ziga xos jihatlarini, ular turmush sharoitlarini ochib beruvchi hamda tibbiy yordamni tashkillashtirish usullari asosiy o‘rinni egallaydi. Sog‘liqni ijtimoiy mo‘tadillashtirishga ancha to‘liq imkon beruvchi sosiologik, tibbiy- statistik, iqtisodiy-matematik va boshqa usullarni uyg‘unlashtiruvchi mujassama sosial-statistik tadqiqotlar ancha istiqbolli hisoblanadi. Quyidagilar I.g. shug‘ullanadigan asosiy yo‘nalishlardan bo‘lib hisoblanadi: aholi sog‘lig‘ini atroflicha o‘rganish, sog‘liqni saqlashni tashkillashtirish, rejalashtirish, moliyalash. Hozirgi vaqtda I.g. sug‘urtaviy tibbiyotga o‘tishni ta‘minlashga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |