O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Download 4,58 Mb.
bet155/242
Sana26.01.2023
Hajmi4,58 Mb.
#903339
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   242
Bog'liq
6a653498aec87239c27a044c03033f5a TEXNOLOGIK JARAYONLAR XAVFSIZLIGI

ALKOGOLIZM — spirtli ichimliklarni surunkali iste‘mol qilish tufayli yuzaga keladigan zaharlanish, kishi tabiatiga ega ruhiy xastalik, xumor qilishlik shakllaridan biri. JST tomonidan A. shunday tavsiflanadi: spirtli ichimliklarni iste‘mol qilishga majburlik, bu surunkali yoki vaqti-vaqti bilan ularni iste‘mol qilishda hamda alkogolga chidamlilikning o‘zgarishida (dastlab organizm qarshiligi oshadi, so‘ng susayadi) namoyon bo‘ladi. Spirtli ichimliklarni ichish to‘xtatilgandan so‘ng somatik, vegetativ, nevrologik buzilishlar yuzaga keladi, chuqur va barqaror ruhiy hamda somatik- nevrologik buzilishlar, shuningdek, turli darajadagi ijtimoiy nomutanosibliklar paydo bo‘ladi.
A. hodisa sifatida sosial kasalliklar qatoriga kiradi, chunki u jamiyat a‘zolariongidagi ijtimoiy, iqtisodiy ziddiyatlar mavjudligi bilan bog‘liqdir. Shunday muammolar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • spirtli ichimliklarning erkin va mo‘l tarzda bo‘lishi (ayrim mamlakatlarda go‘yo tijoratda ko‘plab daromadga ega bo‘lish mumkinligini ro‘kach qilib, bunga yo‘l qo‘yilmoqda. Lekin mutaxassislarning fikricha, spirtli ichimlik sotishdan kelgan bir so‘m foyda jamiyatga bevosita yoki bilvosita to‘rt-besh so‘m zarar bo‘lib tushmoqda) yoki siyosiy mulohazalarga ko‘ra yo‘l qo‘yilmoqda (sarxush xalqni boshqarish ancha oson kechadida);

  • spirtli ichimliklarni oziq-ovqat mahsulotlari qatoriga qo‘shish; spirtli ichimliklar ichishga o‘ta loqayd munosabatda bo‘lish; ichkilik bilan o‘tkaziladigan urf-odatlar, marosimlarning madaniy-tarixiy an‘anaga aylanib qolganligi. A.ning kelib chiqishiga ichimlik tarkibidagi alkogolning sarxushlantiruvchi, kayf beruvchilik jihati samarali ta‘sir ko‘rsatgan; alkogol insonga go‘yo yaxshi kayfiyat baxsh etadi, uni dilkash suhbatdoshga aylantiradi, odamshavanda, saxiy, tanti qiladi. Lekin bular barchasi o‘tkinchi holat. A.ning ayrim shaxslarda kasallik tarzida rivojlanishida oilaviy, individual-biologik, individual-ruhiy omillar va mikroijtimoiy muhit katta ahamiyatga ega. Tuzilishi yoki vazifasiga ko‘ra to‘la-to‘kis bo‘lmagan oila, oiladagi og‘ir ruhiy mikromuhit, tarbiyadagi g‘ayriaxloqiy tizim (nazoratsizlik, hissiy yoqtirmaslik, nafrat, oila e‘tiqodi va b.), oilada ichkilikbozlik an‘anasining rivojlanishi A. paydo bo‘lishi xavfini oshiradi, shuningdek, unga nisbatan individual yoqtirishlikning kuchayishi, miya va ichki a‘zolarda ayrim kasalliklarning mavjudligi, shaxsning ayrim

aksentuasiya yoki ruhiy yetishmovchilik darajasining yuqoriligi, yaqin kishilarining spirtli ichimlik ichishni rag‘batlantirishi hamda o‘zi ixlos qilgan kishilarning daldasi ham A. rivojlanishiga olib keladi.
A.ning individual qaror topishi quyidagi bosqichlarda o‘tadi:
Bolalikda — ichimlik ichish malakasi, an‘anasi, odatlar, udumlarini egallash va o‘zlashtirishda.
O‘smirlik davrida — spirtli ichimlik va u bilan bog‘liq tadbirning ta‘sirida amalda tanishilgan birinchi tajribada (salbiy, asabiy, ruhiy samara his etilgan dastlabki ichkilikbozliklarda, shulardan birida alkogoldan zaharlanishning psixotrop samarasi ilk bora his etilishida).
ichish malakasini amalda o‘zlashtirishda — boshlang‘ich individual ichimlik ichish maromida. Spirtli ichimliklarga individual ustuvorlikning yuzaga kelishida (uni qabul qilishning estetik-
gastronomik mohiyatining shakllanishida).
Boshlang‘ich psixotropik samaraning so‘nishida (individual me‘yorning oshib borishida). Ichkilikbozlik sabablarining kamayishida — ichkilik uchun vajlarning ahamiyati pasayishida,
ichkilikbozlikning tez-tez bo‘lib turishida, ichiladigan spirtli ichimlikning me‘yori va quvvatining oshishida;
Oilaviy ichkilikbozlik. Muammoli ichkilikbozlik.
A.ning dastlab birinchi, keyin ikkinchi va nihoyat uchinchi bosqichlari. Kasallanish holatini his etish kishi a‘zosining himoyalanish imkoniyati tugaganda boshlanadi (spirtli ichimlik me‘yoridan oshganda yuzaga keladigan qayt qilish). Birinchi bosqichda boshlang‘ich holdagiga qaraganda bardosh berishlik (bir martalik yoki bir kecha- kunduzlik alkogol me‘yoriga ko‘ra) uch-besh marta oshadi, ichishlik muntazam bo‘lib qoladi, qator kunlar to‘xtovsiz ichishga layoqat paydo bo‘ladi, yoqtirmay qolish hissi yo‘qoladi. Ertasiga kecha kechqurun bo‘lgan ayrim voqyea-hodisalarni ko‘pincha eslay olmaslik yuz beradi, muntazam ichib turish — alkogolga ruhan bog‘lanib qolish (xumor qilib turish) paydo bo‘ladi, garchi bunga qarshilik qilish hissi tamoman yo‘qolmagan bo‘lsa-da, uni rad etish istagi o‘qtin-o‘qtin uyg‘onsa-da, lekin bari bir alkogol g‘olib chiqadi. Kishida alkogolga o‘rganib qolish oqibatida ichkilik bilan bog‘liq vaziyatlar, holatlar haqidagi fikrlar — toliqish, ishga qobillikning pasayganligi haqidagi fikrlar, asabiylik, turli kasalliklarning kuchayish tashvishi paydo bo‘ladi. Ikkinchi bosqich alkogol amniziyasi — o‘tgan kecha yuz bergan voqyea- hodisalarni to‘liq eslay olmaslik paydo bo‘lgandan boshlanadi. Ertalablari uyg‘onganda bosh yorilgudek bo‘lib, lo‘qillash paydo bo‘ladi. Ichkilikka ruju qo‘yish bamisoli chanqoqlik, ochlik kabi hissiyotni yuzaga chiqaradi. Ichishlik vaqti- vaqti bilan («bosh ko‘tarmay» ichish holati) yoki muntazam, amalda har kuni ichishlik tusini oladi. Chidamlilik yuqori darajada, fikrlash faqat bitta narsaga «ichishga» yo‘nalgan bo‘ladi. Sarxushlik holati o‘zgargan tavsifga ega bo‘ladi. A.ning bu bosqichida alkogol ta‘siri ostida kuchli ruhiy noxushlik yuz beradi. Bunday holatlardan biri so‘zlashuvda «belaya goryachka», ya‘ni og‘izdan oq ko‘pik keladigan holat deb ataladi. Ikkinchisida gallyusinasiya (ko‘zga har xil narsalar ko‘rinishi), paranoid (alahsirash) holati sodir bo‘ladi. Ko‘pincha befarqlik rivojlanadi. Uchinchi bosqich boshlanishini alkogolga organizm qarshiligining pasayganligidan, ichkilik miqdorining kamayganidan bilish mumkin.
Uning boshlanishida surunkali ichish davri qisqaradi, buni ichuvchilar ijobiy hol deb baholaydilar, vaholanki, bu spirtli ichimlikka chidamlilikning pasayganligi haqidagi salbiy alomatdir. Ko‘pincha ancha kuchsizroq ichkilikka o‘tiladi. Sirqovlanish kuchayadi, somatik kasalliklar (yurak, jigar, asablarning alkogoldan zararlanishi) ortadi. Ruhiy xastalanish aniq namoyon bo‘ladi.
Surunkali alkogol ruhiy noxushligi tez-tez xuruj qiladi: gallyusinasiya, xotiraning yo‘qolishi, aqlning pasayishi va hokazolar shular jumlasidandir. Ayollar, bolalar va o‘smirlarda A. g‘ayriodatiy va og‘ir o‘tadi. Mintaqada A.ning tarqalishi qancha yuqori bo‘lsa, undagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat shunchalik noxush bo‘ladi.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish