IJTIMOIY XAVF GURUHI — ijtimoiy nominal guruhlarning bir turi. Bu o‘z ijtimoiy mavqyei va turmush tarziga ko‘ra xavfli salbiy ta‘sirlarga berilgan va buning natijasida jamiyat me‘yoriy hayot faoliyatiga xavf tug‘diradigan kishilar to‘dasi. Odatda alkogollar, giyohvandlar, daydilar, ma‘naviy buzuq shaxslar to‘dasi shunday guruhlar hisoblanadi. Bularning turmush tarziga kishilarning ijtimoiy o‘zaro birdamligi shaklining buzilishi bilan bog‘liq jamiyat kasalligining namoyon bo‘lishi sifatida qarash mumkin. Ijtimoiy biqiqlik, ijtimoiy moslashish jarayonining buzilishi, ijtimoiy manfaatlarning pasayishi va torayishi, jinoyatchilikning o‘sishi, shaxsning ijtimoiy-axloqiy, psixologik va jismoniy tanazzuli, nafrat uyg‘otuvchi xulq-atvor shakllarining jamiyatda tarqalishi shular bilan bog‘liq. Bunday guruhlarning paydo bo‘lishi va mavjudligining asosiy obyektiv sababi bo‘lib tayanch ijtimoiy munosabatlar — iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy munosabatlarning ziddiyatli tavsifi hisoblanadi. Vaholonki, bu munosabatlar jamiyat tuzilishini va unda birgalikda harakat qilish tavsifini, ijtimoiy rivojlanish shartlari va istiqbolini belgilab beradi. Jamiyatdagi oshkora yoki yashirin ijtimoiy tahqirlashning, ezishning mavjudligi, hayot sharoitlarining og‘irligi va buning yaxshilanishiga umidsizlik, inson o‘zini ijodiy namoyon etishligi uchun ijtimoiy istiqbolning yo‘qligi, noxush ijtimoiy- ruhiy muhit, tarbiyaning samarasizligi, shaxs ma‘lumotining yetarlicha emasligi, madaniyat darajasining pastligi (shaxslararo me‘yoriy munosabatni qiyinlashtiruvchi ruhiy yetishmovchilikning mavjudligi) — bular barchasi ijtimoiy xavfli guruh bo‘lishi uchun zamin hisoblanadi.
Xavfli guruh turmush tarzi tufayli ko‘riladigan ijtimoiy zarar ijtimoiy ofatning eng xavfli va buzg‘unchi turlaridan biri sifatida qaraladi. Bu axloq arkonlarining yemirilishi, ijtimoiy intizomning buzilishi, mas‘uliyatning susayishi, shaxslararo munosabatning tanazzuli, ijtimoiy boqimanda (parazit)likning o‘sishi, jamiyatda zo‘ravonlik va jinoyatchilikning kuchayishida namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy xavfli guruhlarning salbiy ta‘siriga, ayniqsa, yoshlar ijtimoiy balog‘atga yetish davrida va, ayniqsa, kattalar olamiga kirishida beriluvchan bo‘ladi. Chunki bu paytda ular ruhiyati unchalik barqarorlashmagan, tabiatan shakllanmagan, hayot sur‘atiga unchalik moslashmagan, asabiy-ruhiy
zo‘riqishni ko‘tara olmaydigan, kattalarga moddiy jihatdan bog‘liq, shunga ko‘ra mustaqillikka intilayotgan hamda ulkan orzu-havaslar og‘ushida yashayotgan bo‘ladi.
Mamlakatimizning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishi avvalgi tizim me‘yorlari va qadriyatlarining parchalanishi munosabati bilan ijtimoiy xavfli guruhlar qatoriga, shartli ravishda, tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan ayrim yoshlar toifasini ham kiritish mumkin. Yangi tizimga o‘tish davridagi iqtisodiyotda yuz berayotgan ayrim noqonuniyliklarni davlat tomonidan nazorat qilishning qiyinligi noqonuniy ―tadbirkorlik‖ illatlarining kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. Bu illatlar o‘z navbatida o‘z manfaatini ko‘zlash (egoizm), individual maqsadga erishish, ma‘naviy qashshoqlik va g‘ayrimsomylikni yuzaga keltirmoqda, hatto ayrim shaxslarda «istaganimni qilaman» degan hissiyotni, rahmsizlikni va tajovuzkorlikni oshirmoqda. Nima qilib bo'lsa-da, tezroq boyishga intilish shaxs uchun ham, jamiyat uchun ham oqibati jihatidan giyohvandlik, alkogolizmdan kam xavfga ega emas. Bu intilish kishilarni vahshiy, egoistik mavjudotga aylantirib qo‘yadi. Bular o‘zlarining chek-chegarasi yo‘q ehtiyojlarini qondirishga intiladilar va bundan qanoat hosil qiladilar. Ijtimoiy xavfli guruhlar yuzaga kelishining oldini olishning eng ishonchli vositasi davlatning ijtimoiy sohadagi tanglik holatlari oldini olishga, madaniy yuksalishga, inson ma‘naviyatini axloqiy boyitishga yo‘naltirilgan ijtimoiy siyosati hisoblanadi. IQLIMLAShlSh — organizmlar (inson, jonivorlar, o‘simliklar)ning yangi iqlim sharoitlariga moslashishi. I. tabiiy iqlim, ijtimoiy-iqtisodiy, gigiyena va ruhiy omillarga bog‘liq murakkab ijtimoiy-biologik jarayon. I. kategoriyasidan aholi umri uzunligini tahlil qilishda foydalaniladi. I. jarayoni biror iqlim uchun xos bo‘lgan umumiy va xususiy moslashish jihatlarida namoyon bo‘ladi. I.ning o‘ziga xos jarayonlari avvalgi yashash joyidagi turmush sharoitlaridan ancha farqlanuvchi tabiiy muhit omillari bilan belgilanadi. Janubiy kengliklarda, bu avvalo jazirama, shimolda qahraton sovuq, quyoshning ultrabinafsha radiasiyasining yetishmasligi, qutb kuni va tuni, oziq bo‘ladigan o‘simlik mahsulotlarining yetishmasligi; baland tog‘li hududlarda atmosfera bosimining pasayishi va chiqarilgan nafas havosida kislorodning parchalanishi; yuksak balandliklarda quyoshning ultrabinafsha radiasiyasi ko‘pligi va sovuqning yuqori darajadaligi. Boshlang‘ich bosqichlarda I. uchun ishga qobillikning pasayishi, o‘zini yomon his etish, umumiy tarzdagi kasalga chalinishning oshishi kuzatiladi.
Tabiiy sharoitlarga I.da muhitning sun‘iy ishlab chiqarish omillariga, masalan, atmosfera bosimining oshishiga, qaynoq sexlarda yoki sovutkich xonalar va b.larda ishlashga moslashishning fiziologik jarayonlarini farqlash lozim. I. jarayonini uch bosqichga bo‘lish mumkin: boshlang‘ich (taxminiy); ikki ko‘rinishda boradigan dinamik stereotip qayta tuzilish bosqichi: a) yangi funksional darajada moslashishlik; b) patofiziologik aksfaollik. Tenglashish yoxud turli patologik (xastalanishlik) jarayonlarning rivojlanish bosqichi.
da sog‘lomlik holatining yomonlashish imkoniyati yashash uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha ilmiy asoslangan ijtimoiy, tibbiy va gigiyena tadbirlari majmuining amalga oshirilishi bilan kamayadi. Bunda inson jinsi, yoshi, ishlab chiqarish, mehnat faoliyati va tabiiy iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, ishlash va dam olish tashkillashtirilishi lozim. Yangi ko‘chib kelayotgan aholi uchun I. jarayonini yengillashtirishga gigiyena, tibbiy-yuqumli kasalliklar oldini olish tadbirlarini o‘tkazish yordam beradi, bular qulay yashash sharoiti yaratishni, sifatli oziq-ovqat va suv bilan ta‘minlashni, iqlimga mos kiyim-kechak bilan ta‘minlashni, aholining hayotiy zarur ehtiyojlarini maksimal qondirishni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |