YO‟L-TRANSPORT JAROHATLARI — jahon miqyosida keyingi yillarda bu tur jarohatlar yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Bunda transport harakatlanayotganida ichki va tashqi qismlari yetkazadigan jarohatlar tushuniladi. Yo‘l-transport jarohatlari
og‘ir shikastlashi va oqibatlari bilan tavsiflanadi. Yo‘l-transport jarohatlariga asosiy sabab bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: yo‘l harakatining yaxshi tashkillashtirilmaganligi, transport vositasining nosozligi, haydovchilar va yo‘lovchilaming yo‘l harakati qoidalarini buzishi, alkogoldan mastlik va b.; qiyin yo‘l sharoiti, haydovchining tajribasizligi va h. Y.t.j. darajasi ob-havo sharoitlari va yo‘llardagi ko‘rish darajasiga sezilarli darajada bog‘liq.
Har bir transport turi shikastlanish turli-tumanligiga qaramay, o‘ziga xos xususiyatga ega. Sud- tibbiyot ekspertizasida bularni aniqlash shikastlovchi transport harakat mexanizmi haqidagi masalani jiddiy hal etish imkonini beradi. Transport turi bo‘yicha Y.t.j.ni quyidagi tasnif ancha to‘liq ko‘rsatadi:
Yer usti transporti jarohati. g‘ildirakli:
relsda harakatlanadigan (temir yo‘l transporti va tramvaylar); relssiz harakatlanadigan (avtomobil, motosikl va b.). g‘ildiraksiz:
zanjirli (traktor, tank va b.); zanjirsiz (chana, transportyor va b.). Yer osti.
Havo:
vintmotorli (somolyot, vertolyot); reaktiv; v) motorsiz.
Suv:
suv usti (vintmotorli, motorsiz va b.); suv osti (vintmotorli, motorsiz va b.).
Eng ko‘p uchraydigani avtomobil, motosikl va temir yo‘l transportidan jarohatlanish hisoblanadi.
Y.t.j.olish holatini tekshirish sud-tibbiyot ekspertizasi uchun majburiydir.
KASBIY KASALLIK — kasallanish toifasi, ishlab chiqarish sohasidagi organizmga noxush omillar ta‘siri natijasida yuzaga keladi. Jahon amaliyotida umumqabul qilingan va yagona K.k. tasnifi hanuz uchramaydi. Kasbiy kasalliklarning quyidagi ta‘sirlari tufayli yuzaga keladigan besh guruhi ajratilgan:
ishlab chiqarish omillari; chang omillari;
fizik omillar;
ayrim organ va tizimlarning ortiqcha zo‘riqishi; biologik omillar.
Bu etiologik tizimlashdan tashqari yana allergiya kasalliklari, kasb tabiati yangi hosilalari ham mavjud.
Kuchli, bir oz kuchli va surunkali kasbiy kasalliklar mavjud. K.k.ni to‘g‘ri tashxislashning muhim sharti bo‘lib, mehnatning tibbiy-gigiyenik sharoitlarini to‘liq o‘rganish, kasalni, uning «kasbiy yo‘nalishini» tahlil qilish hisoblanadi. Kasbiy bo‘lmagan etiologiya kasalliklari klinik alomatlari bo‘yicha kuzatilayotgan kasallikni puxta differensiasiyalash yordamida ishonchli tashxisga ega bo‘linadi. K.k.ni aniqlashda vrach sanepidnazorat markaziga shoshilinch xabar tayyorlaydi. Mehnat gigiyenasi bo‘yicha sanitariya vrachi xabarni olganidan so‘ng, K.k. hodisasini tekshirishga kirishadi.
«Kasbiy kasalliklar ro‘yxati»ga muvofiq mazkur kasallik kasbiy kasalliklar qatoriga kirishi aniqlanadi. K.k.ning oldini olish o‘z ichiga gigiyenik me‘yorlashtirishni, dastlabki va vaqti-vaqti bilan tibbiy tekshiruvni o‘z ichiga oladi. K.k. boshlang‘ich shakllari sezilganda, uning kechishi zo‘rayib borayotgan bo‘lsa, kasallangan kasbiy zararsiz ishga o‘tkazilishi mumkin. Bunday o‘tkazish vaqtinchalik ishga noqobillik uchun qo‘shimcha qilinadigan varaqada rasmiylashtiriladi. Kasallik avj olib ketgan hollarda bemor nogironlikni belgilash uchun ekspertizaga yuboriladi. VTEK nogironlik guruhini belgilaydi va kasbiy tiklash maqsadida mehnat tavsiyanomasi tuzadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |