Tayanch iboralar:
Sivilizatsiya, sivilizatsiya piramidasi,
mafkura, ishlab
chiqarish usuli, iqtisodiy usul, ijtimoiy ong, tarixiy burilish, tarixiy jarayon, lokal
sivilizatsiya, jahon sivilizatsiyasi,
A.Toynbi,
O.Shpengler,
S.Xantington,
N.Berdyayev, l.M.Dyakonov.
- 2 0 -
Savol va topshiriqlar
1. “Jahon sivilizatsiyasi” tushunchasini ochib bering va u “ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiya” tushunchasidan nima bilan farq qilishini tushuntiring.
2. Jahon va lokal sivilizatsiyalar dinamikasidagi o'zaro aloqasi qanday?
3. “Sivilizatsiya piramidasi”ni tuzilishini tavsiflab bering.
4. “Sivilizatsiya piramidasi” qavatlaridan qaysi biri jamiyat taraqqiyotida, jahon
sivilizatsiyalarini almashuvida yetakchi o’rinni egallaydi?
5. Sivilizatsiyalarga tarix falsafasi nuqtai - nazaridan taxlil qilgan
taniqli
olimlaming konsepsiyalarini ko'rsating?
SIVILIZATSIYALAR ALMASHUVI MEXANIZMI
Nima uchun sivilizatsiyalar almashadi?
Chunki hukmron sivilizatsiya unga
berilgan tarixiy muddatni tugatdi, o'z kuchini tugatdi, o'z hayotiy siklini so'nggi
fazasiga kirdi. Boshlanishda u yosh to'la kuchga egaligi bilan aholining o'sib
borayotgan ehtiyojlarini to'la qondirdi, iqtisodiy o'sishning yuqori darajasiga va
ma’naviy sohani kotarilishiga yordam berdi. Lekin, keyin bu imkoniyatlar tugadi.
Texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy - siyosiy mexanizmlar, ilmiy - texnik, ta’lim va
madaniy kuch - quwatlar sezilarli eskirdi, to'zidi, tub yangiliklami qabul qilmaydi.
Ko’tarilish davrida o'sib borgan ehtiyojlar bilan uni qondirish uchun yanada
cheklangan imkoniyatlar o'rtasidagi oraliq kuchayib boradi.
Bu qarama - qarshiliklar sivilizatsiyaning butun hayot sikli davomida bir marta
deb aytish mumkin emas. “Trayektoriya ko'proq “uch o'rkachli tuyani” eslatadi;
odatda yuksalish uch marta kuzatiladi, uning orqasidan turg’unlik, tushkunlik yuz
beradi.
Fazalar: tug’ilish shaklining yetuklik, qarish, tushkunlik, o'lim/
111,
112,
113-sivilizatsiyaning shakllanish, gullab-yashnash va keksayish
fazalaridagi yuksalish bosqichlari.
K l, K2, КЗ o'sha fazalarda tushkunlik bosqichlari.
Birinchi yuksalish - yangi sivilizatsiyaning shakllanish fazasida, tez tarqalishida
nisbatau uzoq davo etmagan, lekin yuqoriligi kuzatiladi. Jamiyatning faol kuchlari
yaratuvchanlik romantikasi bilan ruhlanganlar, yangilangan ishlab chiqarish kuchlari
o'zlashtirish va taqsimot shakllari iqtisodiy o'sishning yuqori sur’atlarini tushkunlik
vaqtida qiynalgan aholining turmush kechirish darajasi va sifatini yuqori bo'lishini
~ 21
ta’minlaydi. Lekin tezda yuksalish abadiy emasligi, u ko'p holda eski o'layotgan
jamiyatning parchalarida ko'rilgani, muddati cheklangan yoshlik kuch - g’ayratiga
asoslanganligi
ko'rinadi. Siviiizatsiyaning ilk bosqichining birinchi tushkunligi,
ko'ngil qolish davri kiradi.
Bu tushkunlikni bosib o'tib, romantik xom xayollardan qutulib ulg’aygan
jamiyat nisbatan uzoq va barqaror yetuklik fazasini ko'tarilish davriga kiradi,
qachonki o'z xususiy asosi rivojlanayotganda bu siviiizatsiyaning mohiyati, asosiy
belgilari va afzalliklari to'la hajmda ko'rinadi.
Yetuklik fazasi ertami, kechmi nihoyasiga yetadi. Bu sivilizatsiyaga berilgan
kuch - qudratni tugash belgilari quyuqlasha boshlaydi, boylikning kam ulushini
olgan ijtimoiy qatlamlaming noroziligi kuchaya boshlaydi. Ijtimoiy mehnatning
unumdorligini o'sish sur’atlari pasayadi, yetuklik fazasini tugallaydigan yangi
tushkunlik boshlanadi. Biroq, bu sivilizatsiyani hali tugashi emas. Yemirilishni o'sib
borayotgan belgilari bilan tetiklangan sivilizatsiya yangi sharoitlarga qo'llashga mos
yangiroq davom etmaydigan va yuqori bo'lmagan yuksalishga qayta qurishlar uchun
so'ngi urinishlarga o'zida kuch topadi. Lekin bu eskirgan kasal organizmni qayta
jonlantirishga urinish, uning keksaygan organlariga “uchinchi yoshlik”ni berish
mumkin emas. Uzoq davom etmagan yuksalish orqasidan navbatdagi sivilizatsiyaga
o'tish davri boshlanganini bildirgan jamiyatning umumiy tushkunligi boshlanadi.
Yangi sivilizatsiyani shart - sharoitlari va unsurlari o'tmishga ketayotgan, mahkum
jamiyatning bag’rida tug’ilib o'zini bildirayotgan edi.
Har qanday siviiizatsiyaning harakat trayektoriyasi ana shunday. Bu Qadimgi
Sharqda Misr, Osuriya, Xett va boshqa bir necha davlatlar tarixida yaqqol ko'rinadi,
qayerlarda yuksalish va o'tish davrlarining fazalari, og’ir yo'qotishlar bilan yuz berdi.
Bu bosqichlami industrial jamiyat misolida ham ko'rishimiz mumkin. Birinchi
yuksalish XIX asr boshida kuzatildi, bu sanoat inqilobini yutuqlarini o'zlashtirish
natijasi edi. Ikkinchi, uzoqroq (40-yillar tushkunliklaridan keyin) XIX asming II
yarmidan - XX asr boshlarigacha - industrial siviiizatsiyaning gullab - yashash
yetuklik davri edi. Keyin ikki jahon urushlari va industrial jamiyatning so'nishini
boshlab bergan og’ir jahon tushkunligining 30 yillik davri kirdi. Lekin, XX asming
50-60 yillarida u yana bir yuksalish davrini boshdan kechirdi. Bu insoniyatni
nihoyasiz gullab - yashnash davriga kirgani, tushkunliklardan xalos bo'lgani
to'g’risida xom xayollami tug’dirdi. Lekin XX asming 70-80 yillar boshlaridagi va
90-yilIar boshlaridagi jahon tushkunliklari bu xom xayollami tarqatdi va ikki yuz
yildan ko'proq davom etgan industrial sivilizatsiyani halokatga mahkumligini,
postindustrial jamiyatni shakllanishi shubhasizligini ko'rsatdi.
Sivilizatsiyalar almashuvi qanday yuz berdi? Sivilizatsiyalar almashuviga
sabab bo'lgan o'zgarishlaming birinchi manbasini piramida poydevorida, insonda,
uning ehtiyojlari va qobiliyatlari - bilimlari, malaka, manfaatlari dinamikasidan izlash
zarur. Biologik va ijtimoiy jihatdan oila, alohida odamning ehtiyojlari o'zgaradi.
Odamlaming har bir yangi avlodi ehtiyojlami qondirishni erishilgan darajasiga
suyangan holda oziq - ovqat, kiyim, uy - joy, taqinchoqlarga va hokazo yangi
talablar qo'yadi. Oilalar iste’mol qiladigan mahsulotlami, xizmatlami ishlab
chiqarish uchun qo'shimcha tabiiy xomashyo, buyumlar, mehnat qurollari, energiya
manbalarini jalb qilish kerak. Aholi sonini o'sishi, ijtimoiy kelishmovchiliklar va
- 2 2 -
urushlar - boshqaruv, mudofaa, tartibni saqlash ehtiyojlari uchun ijtimoiy ehtiyojlar
doirasini
kengaytiradi. Ma’naviy shadagi ehtiyojlami o'sishi cheksiz, yangi
hududlarni, ko'pincha noqulay iqlitn sharoitlari bilan yangi hududtami o'zlashtirish
qo'shimcha ehtiyojlami keltirib chiqaradi. Atrof - muhitni ifloslanishi, jamiyatni
faoliyati tufayli biosferaga yetkazilgan zarar, ishlab chiqarishni tabiiy shart - sharoiti
va odamlami hayoti uchun g’amxo'rlik qilish doirasini kengaytiradi. Inson, oila,
jamiyatning ehtiyojlar tuzilmasini murakkablashuvi va hajmini o'sishi jamiyat
piramidasining barcha qavatlarida o'zgarishlar uchun turtki beradi.
Odamlaming ehtiyojlarini o’sishini umumijtimoiy
qonunni - modiy
va
ma'naviy, shaxsiy, ishlab - chiqarish va harbiy, joriy va istiqboldagi - to'g'ri chiziqda
tushunish kerak emas. Ehtiyojlar bir tekisda o'smaydi, u o'z sikllik xususiyatiga ega.
Yangi sivilizatsiyani shakllanish davrida iqtisodiy o'sish sur'atlarining kuchli o'sishi
va jamg'arish, ba'zida tez sur'atlar bilan o'sib borsada, o'sib borayotgan boylik hajmi
bir qismi ehtiyojlami qoplashga sarflanadi. Aholini barcha qatlamlari bir xil sur'atda
bo'lmasada, boyib boradi. Lekin yetuklik fazasida kutish - umidlar oqlangani umri
qisqaligi ko'rinadi. Istemol jamg'armasining o'sish sur'atlari sekinlashadi, yangi
avlodning o'tmish o'sish sur'atlari bilan qamchilangan, ehtiyojlari esa o'sib
borayotgan talabiami qo'yadi, qaysiki u to'la hajmda qoniqtirilmaydi. Turli ijtimoiy
qatlam va guruhlar o’rtasida sekin sur'atlar bilan o'sayotgan boylikni qayta bo'lish
uchun kurash kuchayadi. Ijtimoiy qarama - qarshilik va kelishuvlar kuchayadi.
Hukmron elita yaqinlashib kelayotgan ijtimon bo'ronlari yer osti qimirlashlarini his
qilib ulami sekinlatishga urinadi, norozi ommaga “non va tomoshalar” tashlashga
harakat qiladi, shu bilan birga tashqi manbalar, militorizm, ta'sir doiralari va
hududlarni qayta taqsimlashni qo'llashga harakat qiladilar. Bu harbiy sohani
kuchayishiga olib keladi va yaratilgan milliy boylikda shaxsiy istemol jamg'armasini
hissasini yanada kamayishiga olib keladi.
Bunday yo'lning istiqboli yo'qligi umumsivilizatsiya tushkunligi davrida ochiq
ko'rinadi. Ishlab - chiqarishning
tushkunligini boshlanishi turmush darajasini
pasayishiga, va keyin aholining ko'pchilik qatlamlarini kambag'allashuviga olib
keladi. Davlat aholining yordamga muhtoj qatlamlariga yordam berishga urinadi,
lekin uning imkoniyatlari daromadlarni qisqarishi va byudjet taqchilligi bilan
cheklangan. Qo'shiincha emissiya, muomalaga qo'shimcha pul masalasini tanlashga
to'g'ri
keladi,
bu
inflyatsiyani
kuchaytirib
aholini
ko'pchilik
qismini
qashshoqlashuviga, investitsiyalami qadrsizlanishiga olib keladi. Boylikni qayta
taqsimlash, asosan “soyadagi iqtisod” foydasiga kuchayadi.
Ehtiyojlar tushkunligi oqibati bir xil emas. Bir tomondan resurslar
imkoniyatlari bilan oqlanmagan, asossiz yuqori parazitik ehtiyojlar “yuviladi” (bu
XX asming 70-yillaming oxiri - 80-yillar boshlarida rivojlangan mamlakatlarda yuz
berdi).
Jamiyatning cheklangan resurslari va o'zgargan sharoitlarga mos yangi
ratsional istemol modeli shakllantiriladi. Bilim va ko'nikmalami yangilash
faollashadi, noqulay muhitda jon saqlash va rivojlanish samarali yo'llari va shakllari
izlanadi. Boshqa tomondan jamiyat a'zolarining ko'payib borayotgan qismi
tirikchilik uchun ishlashdan mahrum bo'ladi, ishsizlar, uysizlar toifasiga tushib
qoladi, jinoyat dunyosini to'ldiradi.
~ 23 ~
Parallel ravishda o'zgarishlar sivilizatsiya piramidasini yuqori qavatini -
ma'naviyat sohasini qamrab oladi. Ijod kishilari, o'qituvchilar, vrachlar, olimlar
boshqalardan oldin ahvol og'irlashayotganini sezadilar. O'tmish to'ntarish g’oyalrini
o'zida singdirgan, qaysiki uni bayrog'i ostida hozir hukmron jamiyat shakllangan,
ular boshqalardan ko'ra ko'proq bu g'oyalar va amaliy hayot to'g'ri kelmasligini
ko'proq his qiladilar. Yirik yangi g’oya
va yirik kashfiyotlarga talab deyarli
bo'lmaydi - ular ulkan
sekin harakat
qiluvchi
davlat Mashinasi
va
Monopolliyalarning eskirgan texnik tizimlari bilan rad qilinadilar. Tushkunlilcdan
chiqish uchun ko'plab yangi g'oyalar, konsepsiyalar ilgari suriladi, lekin ulaming
ko'pchiligi aldandan ma'lum edi. Lekin asta-sekin ilmiy merosda qadryatlar tizimida
yangi ijtimoiy ideal shakllana boshlaydi va lining tarafdorlari ko'payib boradi va
nihoyatda jamiyatning faol qismini ergashtiradi. Hammadan kech ijtimoiy ongni
yemiriiishiga ta'lim tizimi javob beradi; qachonki yangilangan bilim va g'oyalar,
maktab va o'quv darsliklariga kiritilsa, ma'naviy sohadagi tushkunlik tugallangan
deb hisoblash mumkin. Sivilizatsiyalar almashuvi jarayoni piramidaning quyi va
yuqori qavatlaridan, ehtiyojlar va ma'naviy dunyo tushkunligidan boshlanadi,
sub'ektiv omildan kelib chiqadi. Lekin u ishlab -chiqarishning texnologik va iqtisodiy
usullarida va ijtimoiy - siyosiy tuzumda tub o'zgarishlar bo'lmasa amalga oshmaydi.
Jamiyatning texnologik bazasi eng katta inersiyaga ega. Bu ajablanarli emas,
texnologik tizimlami (zavodlar, inshootlar, kommunikatsiya qurilish, mashinalami
loyihalash, ishlab - chiqarish va ekspluatatsiya qilish, tabiiy boyliklami o'zlashtirish)
ulkan mablag'lar ajratiladi, qaysiki ular o'zini qoplashi kerak. Kashfiyotlar yangi
texnologik tizimlarga joriy etilishidan oldin sinchiklab amaliy samaradorhgi
ekspertizadan o'tkaziladi. Buning uchun ishlab - chiqarish infrastrukturasi qiyofasini
o'zgartirish, xodimlami qayta tayyorlash, eskirgan mashinalami almashtirish, ishlab -
chiqarishni tashkil etishni samarali shakllarini tadbiq etishi lozim bo'ladi. Texnologik
bazani qayta qurish ishlab - chiqarishni qisqarishi, eskirgan ishlab - chiqarish
apparatini to’la yuklanmagani va almashtirish, asosiy jamg'armalami tubdan
yangilash bilan bog'liq. Texnologik tushkunlik va to'ntarish - sivilizatsiyalar
almashuvi mexanizmining o'zgarmas unsirlaridir. Shu bilan birga ular ishlab -
chiqarish va texnikani qo'llashning barcha sohalarini qamrab oladi va to'ntarish
ekitsentridan periferiyaga ko'ehadi. Dastlab ishlab - chiqarishning eski va yangi
texnologik uslublarini qamrab olgan o'tish gibrid texnologik uklad paydo bo'lgan.
Faqat keyingi bosqichda yangi sivilizatsiyaning texnologik bazasiga to'la hajmda
mos uklad shakllanadi. Texnologik sohadagi o'tish bosqichi doirasi bizning
davrimizda taxminan bir yarim asr vaqtni tashkil etadi.
Texnologiya iqtisodiyot bilan ajralmas bog'langan. Jamiyatning texnologik
asosidagi tub o'zgarishlar ishlab - chiqarishning iqtisodiy usulida siljishlarga olib
keladi, qaysiki qayta ishlab - chiqarish tuzilmasida o'z ifodasini topadi. Turli qayta
qurish sektorlari orasida proporsiyalar o'zgaradi. Tushkunlik sharoitlarida iste'mol
sektorining
hissasi - oraliqdagi
ulushlaming (xomashyo, buyumlar, yoqilg'i,
energiya) harbiy, investitsiya va intellektual sektorlar, qoplash (amortizatsiya) va
jamg'armalaming qisqarishi hisobidan o'sadi. Harbiy konfliktlar harbiy sektoming
ulushini yana ko'paytirib yuborishi mumkin. Iste'molni jonlanish fazasida
texnologik bazani
qayta qurish investitsiya va intellektual sektorlar ulushini
-
24
-
ko'payishini talab qiladi, bu ishlab - chiqarishni
o'sishini boshlanishi bilan
yengiliashadi. Tushkunlik sharoitida qo’shimcha mahsulot ulushi pasayadi, shaxsiy
daromadlar
zaruriy
mahsulotni
to'la
kattaligini
aks
ettirmaydi,
asosiy
jamg'armalaming (qaysiki sezilarli qismi chiqib ketadi) ko'chirilgan qiymati
amortizatsiyada o'z ifodasini topadi. Keyingi fazada qayta ishlab -chiqarishning
samaradorligini
oshishi orqasidan qo’shimcha mahsulotning normasi o'sadi, bu
jamg'arma fondini ko'paytirib, bir vaqtni o'zida yangi texnologiya bazasida ishlab -
chiqarish va mahsulotni yangilashga imkon beradi. Investitsiya kompleksini ulushi
ham tegishli o'sadi.
Har bir sivilizatsiya ishlab - chiqarish munosabatlari tizimiga - (mulkchilik)
o'zlashtirishning shakllariga taqsimot, ayirboshlashga sifat o’zgarishlarini kiritadi. Bu
o'zgarishlar o'z birinchi manbasi insonga ega ishlab -chiqarishning ma'lum
texnologik tashkiliy shart - sharoitlarida optimal manfaat, motivatsiya mexanizmi
yaratish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |