O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxus ta’lim vazirligi


yil hisobi  bo’yicha)   yangilovchisi bo’lib keldi. Undan



Download 4,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/95
Sana24.12.2022
Hajmi4,89 Mb.
#895505
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   95
Bog'liq
665d15552373695b753792f5454b7a8a AMIR TEMUR DAVLATINING JAHON TARIXIDA TUTGAN O’RNI QO’SHIMCHA FANINING O’QUV- - USLUBIY MAJMUASI (1)

 
yil hisobi 
bo’yicha)
 
yangilovchisi bo’lib keldi. Undan
 
keyin ham har bir musulmon davlatida 
yangilovchilar vujudga kelib
 
turganlar: taxminan to’qqizinchi yuz yillikda Hirotda 
Sulton
 
Husayn Boyqaro (1469-1506); ikkinchi ming yillikning boshlarida Buxoroda 
Abdullaxon II (1557-1598), o’n birinchi yuz yillikda
 
Sayid Subxonqulixon (1680-
1702), o’n ikkinchi yuz yillikda esa
 
Amiri Ma’sum – amir Shohmurod (1785-1800) 
yangilovchilar sifatida tarix sahnasiga chiqdilar. Ko’rinib turibdiki, ilg’or fikrli 
olimlar, hatto Amir Temurga «davlat va dinni yangilovchisi» deb baho berganlar. 
«Temur tuzuklari»ga ishonchli, tarixiy, falsafiy manba
 
sifatida karab, o’zining 
risolalarida keng foydalangan Ahmad Donishning «Mang’it sulolalari tarixi» 
risolasini fors-tojik tilidan rus tiliga tarjima qilgan I.A.Najafova ham (Dushanbe, 
1967) ushbu manbani «XVII asrda yozilgan kompilyativ asar» deb ataydi. Ushbu 
fikrni tarjimaga bergan izohlarida ham takrorlab, «Tuzuki
 
Timuriy» Temur hukmlari 
(ustanovlenie) yoki Malfuzoti Temuriy
 
(Temurning aytganlari), Temur hayotidan 
keltirilgan turli holatlardan iborat bo’lgan, Temurning soxta avtobiografiya 
(yozuvlari)
 
bayonlari (Zapiski) deb soxta g’ayriilmiy baho bergan. 
Hozirda uning haqiqiy tarixiy manba ekanligi isbottalab narsa emas. «Asarning 
muallifi Sohibqiron Amir Temur bo’lib, aytishlaricha, u aslida turkiy-o’zbek tilida 
yozilgan», -deb ta’kidlaydi
 
akademik B.Valixo’jaev. Mazkur manba, jahon ilmiy 
jamoatchiligini va shu bilan birga» turk-o’zbeklardan chiqqan davlat boshliqlarining 
ham diqqatini doimo o’ziga tortib kelgan. Ko’pgina hukmdorlar o’zlarining davlatni 
boshqarish va harbiy harakatlarida ushbu «qo’llanma»dan najot va maslahat 
izlaganlar. Shuning uchun ham asar o’zlarining kutubxonalarida doimiy bo’lishi 
uchun XIX asrda bir necha marta fors tilidan, qaytadan o’zbek tiliga tarjima 
qildirganlar. 
Shulardan dastlabkisi, Qo’qon xoni Muhammad Alixonning (1822-1842) 
topshirig’i bilan Xo’jand qozisi Nabijon Mahdum Xotifiy tomonidan 1836-1837 
yillarda amalga oshirilgan bo’lib, ushbu tarjima Amir Temurning 39 yoshigacha 
bo’lgan davr voqealarini o’z ichiga olgan. Ushbu tarjima professor B.Ahmedov 
ko’rsatganidek, 1890 yilda Toshkentda toshbosmada bosilib chiqqan. Uni olimlarimiz 
H.Bobobekov, H.Boboev va A.Quronbekovlar asl nusxasining fotonusxalari bilan, 
hozirgi o’zbek alifbosida tahrir etib, nashr ettirganlar. 
XIX asrning ikkinchi yarmida bu manba, Xivada Qo’ng’irotlar sulolasidan bo’lgan 
Abdullaxon (1855-1864) davrida; ikkinchi marta esa ikkita olim tomonidan 
o’zbekchaga o’girilgan. Birinchisi – 1856-1857 yillarda Muhammad Yusuf ar-Rojiy 
tomonidan tarjima qilingan bo’lib, ana shu nusxa yuqoridagi olimlarning 
ta’kidlashicha, Alixonto’ra Sog’uniy tomonidan o’zbek tiliga o’girilgan va 1991, 1996 
yillarda nashr etilgan «Temur tuzuklari»ning hajmi va mazmuniga to’g’ri keladi. 
Uchinchi tarjima esa, 1776 yilda ko’chirilgan fors tilidagi qo’lyozma, ya’ni nisbatan 
to’liq tarjima – «Malfuzoti Amir Temur»dan Pahlavon Niyoz Devon tomonidan 1858 


131 
yilda o’zbek tiliga o’girilgan. Ushbu nusxani topib, tahrir qilib, nashrga tayyorlagan 
H.Bobobekov va boshqa olimlarning fikricha, 1991 va 1996 yillarda nashr etilgan 
«Temur tuzuklari» forscha kisqartirilgan tarjimadan qilingan tarjima bo’lib, shuning 
uchun ham ularning hajmi qisqadir. Fors tilidagi to’la tarjimasi ham ar-Rojiy va Niyoz 
Devon tomonidan o’zbek tiliga qilingan tarjimalar ham aslida Xiva xonlariga tegishli 
mulk bo’lib, ular davlat xazinasida saqlangan*. Qator yillar mobaynida davlat va 
huquq tarixi fanlaridan dars berib, bu manbaga sobiq sovetlar davridagi hukm surgan 
sovuq, befarq munosabatga afsuslangan bo’lsak, mustaqillik davrida esa unga bo’lgan 
qiziqishni olib borilayotgan tadqiqot ishlarni ko’rib faqat quvonib, qoniqish bilan 
kuzatib turibmiz. 
Sobiq Sovetlar davridagi buyuk davlatchilik kabi shovinistik g’oyalar deyarli 
to’rtming yillik davlatchilik tarixi va tajribasiga ega bo’lgan turkiy xalqlarga 
nopisandlik, past nazar bilan qarab, ijtimoiy fanlarda ham bir tomonlama yondashish 
hukm surib kelgan. Bizni Ivan Grozniyning kuy bastalaganiga ishonishimizga, lekin 
27-mamlakatni birlash-tirib, markazlashgan davlat tuzgan Temurbekning savodliligi-
ga, Tuzuklarni o’zi yozganligiga ishonmasdan, uni savodsiz deyishimizga o’rgatib 
keldilar. Temurbek Tuzuklarining qancha nusxasi borligi, ularning hajmi qandayligi, 
qaysi tildaligidan qat’iy nazar, Buyuk davlat arbobi Amir Temurning o’z ijodiga 
mansub deb bilamiz. Chunki a) Rus pravdasining yuzdan ortiq nusxasi bizgacha etib 
kelgan barchasi har xil hajmda, lekin uning tarixiy manba ekanligiga shubhamiz yo’q; 
b) Temurbekka zamondosh bo’lsa ham harbiy harakatlarda armiya favjlari 
(polklari)ning joylashtirilishi va g’alaba uchun qanday strategiya hamda taktika 
qo’llash lozimligini kim undan yaxshi bilib, yozib qoldira oldi; v) jahon xalqlari 
tarixida o’tgan barcha buyuk askarboshilar va davlat arboblari o’z davlatlariga qonun-
qoidalar berishga intilganlar, bu xislatdan Temurbek mahrum edi, deb kim isbot eta 
oladi.
XX asrning 60-yillariga kelib yana tarixiy merosimizga bo’lgan qizqish biroz 
kuchaydi. 1967 yida «Guliston» jurnali sahifalarida o’zbek xalqining taniqli olimi 
Alixon To’ra Sog’uniy (1885-1976) tomonidan fors tilidan o’zbek tiliga qilingan 
tarjimasi bosilib chiqa boshladi. Ammo tarixiy shaxslar va ularning faoliyatiga bir 
tomonlama baho berilishi natijasida «Temur bosqinchi bo’lgan» degan nuqtai nazar 
bilan o’sha vaqtda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining g’oyaviy-
siyosiy ishlar bo’yicha kotibi bo’lib ishlab turgan shaxs tomonidan «Guliston» jurnali 
tahririyati qattiq tanqid ostiga olindi va nashr to’xtatib qo’yildi*. «Tuzuklar»ni 
o’rganish va nashr etilishi xususida «Sadoyi Sharq» jurnalining 1967 yil 10-sonida 
bosilgan taqrizda «Temur tuzuklari» haqida manbalarga tayanmagan salbiy fikrlar 
bildiriladi. Mazkur maqolaga tarjimon Alixon To’ra Sog’uniyning javobi 1992 
yilgacha nashr etilmay qolib ketdi. Uni «Zvezda Vostoka» jurnali kutubxonasi 
«Vatan» turkumida chop etilgan to’plamda birinchi marta e’lon qildi. 
Huquq tariximizning bir sahifasi ma’lum darajada oydinlashgandek bo’ldi. Ammo 
bu kabi mehnatlar rag’batlantirilishi o’rniga turlicha sharhlanib, o’tmish 
ilohiylashtirilayapti deb jar solindi. Nihoyat, qayta qurish davri va O’zbekistonning 
davlat mustaqilligiga erishishi tarixiy merosni o’rganishni tub yangi asoslarga qo’ydi. 
Juda ko’p tarixiy manbalar chop etildi. «Sharq yulduzi» jurnali tahririyati bu borada 
davr ruhiga mos holda borib (1989 yil,8-son) «Temur tuzuklarini respublikamiz 
tarixining bilimdoni va jonkuyari prof. B. Ahmedovning so’z boshisi bilan to’la bosib 


132 
chiqardi*. G’.G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi esa uni 1991 yilda 
o’zbek tilida birinchi marta alohida kitob shaklida chop etdi. «Tuzuklar» deyarli 600 
yildan keyin yana o’zining turkiy tiliga qaytdi. 
Ilmiy jamoatchiligimizning bunchalik qiziqishiga sabab bo’lgan bu hujjat katta 
ahamiyatga ega bo’lgan tarixiy-yuridik manba hisoblanadi. Mustaqillik yillarida u 
o’zbek, rus, ingliz, fransuz tillarida qayta-qayta nashr etildi. Ayniqsa, yaqinda uning 
to’laroq tarjimasi arab imlosidagi faksmilesi bilan chop etilishi ilmiy jamoatchilikka 
katta tuhfa bo’ldi. Ammo o’z mamlakatimizda ham, chet ellarda ham Amir 
Temurning o’zi va uning faoliyatiga bo’lgan qiziqish pasaygani yo’q. Yaqinda taniqli 
sharqshunosimiz Ubaydulla Uvatov o’zining yuqorida keltirilgan «Sohibqiron arab 
muarrixlari nigohida» nomli kitobida arab olimlaridan Mazhar Shihobning «Temur» 
(uning davri, hayoti va foliyati. 1981 Bayrut) nomli asaridan «Temur tuzuklari» 
haqidagi fikrlarini o’zbek tiliga tarjima qilib, e’lon qildilar. Undagi Shoh Jahon – Abu 
Tolib Husayniy tarjimani qaytadan ko’rib chiqishni topshirgan shaxs Muhammad 
Afzal Buxoriyni, Sultonga yaqin kishilardan biri va uning muallimi «Muhammad Hifz 
Buxoriy deb keltirishi, 1616 yilda Ja’far podsho o’z kutubxonasini olib, Makka yoki 
Madinaga borganligi, Abu Tolib al Husayniy 1625 yilda haj ziyoratiga borganida, asl 
turkiy nusxani qo’lga kiritgani, Al Husayniyning turkiy asldan fors tiliga qilgan 
tarjimasini Shoh Jahon hokimiyat boshiga kelishidan ikki yil ilgari uning otasi 
«Ikkinchi Sohibqiron» – Nuriddin Jahongirga (1605-1627) berganligi, ingliz tiliga ilk 
tarjimonlardan biri Mayor Devining malfuzotlarni Amir Temurning o’ziga 
mansubligini qo’llab-quvvatlashi haqidagi fikrlar juda qimmatlidir. 
Tuzuklarning yaratilishi, tili masalasida Mazhar Shihobning tadqiqotida 
keltirilgan, Tuzuklarning muqaddimasidan olingan parcha to’liq ma’lumot beradi: 
«Ushbu esdaliklarimni (Muzakirotiy) ajdodlarimdan sodir bo’layotgan amr ila turkiy 
chig’atoy tilida kitobat etdim. Bu (xayrli) ish Alloh taoloning musoadasi (ko’magi), 
payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom va u zoti sharifning izdoshlarining hifzi – 
himoyati ila tamomiga etdi (Allohning inoyati ila podsholik taxtiga o’tirib, mamlakat 
hukmiga etishimda omad menga kulib boqdi. Bu yutuqlar menga shijoatim, qat’iy 
kurashim va muhorabalarim orqali nasb etdi. …Men albatta, ushbu asosiy qonun-
qoidalar va tartibotlarga qat’iy amal qildim. Ishonchim komilki, mening 
nabiralarimdan bir qanchasi kelajakda albatta saltanat taxtiga o’tiradi. Shu boisdan 
ham men o’zim tartib bergan ushbu hikmatlarni ular uchun deb to’pladimki, ular 
ushbu qonunlar va tartibotlarga iqtido etib, ularga tayanib ish yuritadilar». Ushbu 
parchadagi ba’zi fikrlar o’zbek tilidagi tarjimalarda yo’q, shuning uchun ham juda 
qimmatlidir. 
Shunday qilib, «Tuzuklar» O’zbekiston davlati va huquqi tarixida eng ko’p fikr, 
baholar bildirilib, o’z boshidan turli davrlarda turlicha munosabatni kechirgan tarixiy 
manbadir. Biz uni o’rganishimizda, asosan olimlarimiz B.Ahmedov, H.Boboev, 
H.Bobobekovlar tomonidan aytilgan va biz tomonimizdan rivojlantirilgan fikrlar 
asosida quyidagi qisqa xulosalarga keldik: 1) «Tuzuklar» – haqiqiy tarixiy manba; 2) 
«Tuzuklar» – dunyoviy qonun-qoidalarni o’zida mustahkamlagan tarixiy yuridik 
manba; 3) «Tuzuklar» Amir Temur davrida uning o’z qo’li bilan yoki devonida 
yaratilgan,
 
uning o’zi bir necha marta ko’rib, tahrir qilgan; 4) uning ilk nusxasi eski, 
o’zbek-chig’atoy tilida yaratilgan, uning fors tilidagi tarjimasi XVII asrda amalga 
oshirilgan va bizgacha shu holda etib kelgan; 5) «Tuzuklar» davlat tuzugi, uni 


133 
boshqarish, mustahkamlash borasidagi huquqiy asoslarni belgilab beradigan, shariat, 
odat va qonunlarga tayangan tavsiya hamda qoidalardan iborat bo’lgan, u o’z 
davrining Konstitusiyaviy qo’llanmasidir; 6) o’zbek davlatchiligi tarixida uning 
nihoyatda yuksak ahamiyati va o’rni bor.

Download 4,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish