O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxus ta’lim vazirligi


Huquq manbalari tizimida «Tuzuklar»ning o’rni



Download 4,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/95
Sana24.12.2022
Hajmi4,89 Mb.
#895505
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   95
Bog'liq
665d15552373695b753792f5454b7a8a AMIR TEMUR DAVLATINING JAHON TARIXIDA TUTGAN O’RNI QO’SHIMCHA FANINING O’QUV- - USLUBIY MAJMUASI (1)

Huquq manbalari tizimida «Tuzuklar»ning o’rni 
XIV-XV asrlarda vujudga kelgan Amir Temur saltanatining huquq manbalari 
respublikamizning huquqshunos olimlari asarlarida batafsil tahlil etilgan. Temur 
davlatida harakatda bo’lgan huquq manbalari quyidagilardan shakllangan: 
1

Musulmon huquqidan. 
2. Amir Temurning huquq yaratish ijodidan – «Temur tuzuklari», yorliq va 
farmonlardan. 
3. Amir Temur davlati tarkibiga kirgan turli mintaqa va joylardagi huquqiy 
normalar va institutlardan; 
4. Markaziy Osiyo va bu mintaqa tarkibida yashayotgan xalqlarning odat va 
udumlaridan.
5. Shu xalqlarning bir-biridan farq qiluvchi diniy normalaridan. 
6.
 
Shu xalqlar va davlatlarning siyosiy udumlari tarkibiga kiruvchi odatlardan. 
7. Mahalliy hokim, raislar, ma’muriy doiraviy birliklar, mansabdor shaxslarning 
huquqiy ijodidan. 
8. Sud va ma’muriy amaliyotlardan iborat bo’lgan. 
Shuningdek, qisman Yaso («Yasoq») qonunlari ta’siri ham bo’lgan, albatta. O’rta 
asr mutloqiy monarxiyasini tashkil qilgan bunday
 
ulkan davlat mexanizmi ichki tartib 
va intizomni ta’minlab turadigan qonunchiliksiz faoliyat ko’rsatishi mumkin emas 
edi. Buni hukmdorning o’zi ham chuqur tushunib etib «Tuzuklar»da ko’rsatib o’tgan 
edi. Jumladan, u bu boradagi tajribalarni xulosalab, «tajribamdan ko’rib bildimki, 
davlat agar dinu tartib asosida qurilmas ekan, to’ra va tuzukka bog’lanmas ekan, 
unday saltantning shukuhi va qudrati tartibi yo’qoladi. Yoxud qalang’i-qasang’i 
odamlar kirib chiqadigan shiftsiz, usti ochiq, eshigi, to’sig’i yo’q uyga o’xshaydi». 
Bunda dini-oyin, diniy tartib va qoidalar, intizom va urf-odatlar, ularning bajarilishi 
bo’lsa, to’ra-odat huquqlari, tuzuk hukmdorlarning dunyoviy qonunchilik faoliyati 
natijasida qabul qilingan aktlari tushunilgan. Demak, bu xulosa o’sha davrdagi 
harakatda bo’lgan huquq manbalari tizimini o’zida aks ettirgan.
Fikrimizcha, Amir Temur davlatida harakatda bo’lgan asosiy huquq manbalarini 
quyidagicha guruhlash mumkin: 1. Amir Temur davlatida islom dini hukmron 
mavqega ega bo’lganligi, uning tarkibiga kirgan xalqlarning asosan shu dinga e’tiqod 
qilganligi uchun ham huquqning asosiy manbai musulmon huquqi hisoblangan. 
Musulmon huquqi – musulmon dini va arab teokratik davlati tashkil topishi bilan 
O’rta asrlarda vujudga kelgan, o’zida diniy (kanonik) va dunyoviy huquq (fiqh)ni 
birlashtirgan huquqiy tizimdir. Amir Temur davlati doirasida ko’proq islomning 
hanafiylik mazhabi keng tarqalgan, chunki bu huquqiy maktab asosan turkiy xalqlar 
ichida keng yoyilgan. Bu o’rinda shuni ta’kidlashimiz lozimki, musulmon huquqi 
barcha musulmon davlatlarida, jumladan, Amir Temur davlatida ham o’zgarishsiz, bir 
xilda amalda bo’lgan degan fikrni quvvatlay olmaymiz. Musulmon huquqi xuddi 
Amir Temur tuzuklari singari dunyoviy qonunchilik normalari bilan to’ldirib borilgan. 
2. Bu davlat harbiy-monarxik davlat bo’lganligi uchun hamda armiya va aholining 
xizmat qiluvchi tabaqasi ko’proq turk va turk-mo’g’ul urug’laridan kelib chiqqan 


134 
kishilar bo’lganligi tufayli qadimgi turk huquqiy odatlari (to’ralar) huquqning ikkinchi 
manbaini tashkil qilgan. Ayniqsa, davlat boshlig’ini saylash, armiya va uning tuzilishi 
haqidagi qoidalar, oila va nikohning ba’zi masalalari (masalan, esirlik), suvdan 
foydalanish borasida ko’plab huquqiy odatlar mavjud bo’lgan. Keyinchalik 
«Tuzuklar» yozilganda, bu odatlarning, ayniqsa, harbiy qurilishga oid masalalari 
yozma qonunchilik bilan mustahkamlangan. 
3. Dunyoviy qonunchilik
bu davlatda turk-chig’atoy va fors tillarida bitilgan yakka 
tartibda, subektiv huquqni vujudga keltiradigan farmon va tarxon yorliqlari bilan birga 
normativ (umumiy) Konstitusiyaviy ahamiyatga molik aktlar – «Temur tuzuklari» 
ham qabul qilingan. «Tuzuklar», uning kelib chiqishi, yozilish tili to’g’risida olimlar 
o’rtasida turli fikrlar mavjudligini ko’rib o’tdik. Bundan tashqari uning o’zi qanday 
hujjat, avtobiografik asarmi, tarixiy manbami yoki tarixiy yuridik manbami? – degan 
masala ham bor. «Tuzuklar»ni nashrga tayyorlagan olimlardan N.P.Ostroumov, uni 
o’rgangan olimlardan O.Eshonov, X.S.Samatova, Sh.Z.O’razaevlar uni O’rta 
asrlarning o’ziga xos harbiy-ma’muriy kodeksi sifatida xarakterlaydilar. «Temur 
tuzuklari, – deb yozadi H.Boboev, – Temur kodeksi, ya’ni Amir Temurning davlatni 
va uni idora qilish qonun-qoidalarining tamoyillari to’plamidir». Asrimiz boshida 
protektorat ostidagi Buxoro amirligini o’rgangan D.I.Logofet esa, uni Konstitusion 
hujjat deb ataydi hamda shu fikrga tayangan holda Konstitusion Kodeks Turkistonda 
600-500 yillar ilgari paydo bo’lgan deb hisoblaydi. Temur tuzuklari Konstitusiyami 
yoki boshqa hujjatmi? – degan savolga javobni ushbu atamaning ma’nosini tahlil 
qilish orqali bilib olish mumkin. «Konstitusiya» so’zi lotin tilida «Tuzish», 
«Tuzilish», «Yaratish», «Nizom» kabi ma’nolarni anglatsa-da, bu, ammo uzoq tarixiy 
rivojlanishga ega. Qadimgi (antik) davrlarda, «Konstitusiya» atamasi siyosiy tuzumni 
anglatgan bo’lsa, XVII asrlarda bu so’z orqali «renta», «shartnomaviy renta» 
ma’nolari anglashilgan. Keyinchalik uni yana qadimgi grekcha mazmuniga qaytib, 
«Konstitusiya» deganda, davlatning huquq bilan aniqlanadigan tarkibiy tuzilishini 
nazarda tutganlar. Buyuk fransuz burjua inqilobi arafasida esa «Konstitusiya» atamasi 
«davlatning holati» mazmunini anglatgan. «Ana shu ma’noda shuni ta’kidlash 
mumkinki, – deb yozadilar professorlar U.Tojixonov va A.Saidovlar, – Sharq va 
Osiyo sivilizasiyasiga xos bo’lgan, shariat bilan bir qatorda XIII-XIX asrlarda O’rta 
Osiyo xalqlarida davlatning holatiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatgan, alohida shakl va 
xarakterdagi konstitusiyaviy hujjat Chingizxonning «Yaso»si va Amir Temurning 
«Tuzuklari» bo’lgan». 
Agar Konstitusiyani yuridik akt – huquqning asosiy manbai deb oladigan bo’lsak 
va unda davlat boshqaruvi, tuzilishi hamda qonunchiligining asosiy prinsiplari 
mustahkamlab qo’yilishi, davlatning hokimiyat va idora organlarining tuzilishi 
vazifalari, sud va harbiy qurilish, shuningdek, moliya tizimlarini huquqiy tartibga 
solishidan kelib chiqsak, «Tuzuklar» hech, shubhasiz, Konstitusion hujjatdir. Chunki 
mana shu masalalarning barchasi «Tuzuklar»da aks etgan va ularni huquqiy tartibga 
solish choralari belgilangan. Undagi huquqiy normalarni hozirgi zamon huquq 
tarmoqlari bo’yicha tasnif etganda, quyidagicha guruhlanishni ko’rish mumkin: a) 
davlat huquqiy normalar – davlat boshlig’i, vazirlar, devonlar (tarmoq boshqaruv 
organlari) devonbegi, davlatni boshqaruv prinsiplari (mashvarat-kengash), maslahat, 
to’ra va tuzukka asoslanish, mahalliy boshqaruv, chegara viloyatlarini harbiy va 
fuqaro boshqaruvini amalga oshirish uchun suyurg’al (hadya) qilib berish va hokazo, 


135 
b) fuqarolik va moliya huquqi normalari - er, mulkning shakllari – suyurg’ol, iqto, 
tanho; ularni berish tartibi, tushunchasi, bunday mulklarni olganlarning 
majburiyatlari, omonatlar, soliqlar, jangda yarador va halok bo’lgan askarlar ta’minoti 
va boshqalar; v) jinoyat va jinoyat-prosessual huquqi – jinoyatlarga jazo berish, har 
bir shaharda adolat uylari, qozixona-dorul amorat tashkil qilish, qozi askar, ahdos va 
raiyat qozilari, ularni tayinlash, yolg’on guvohlik uchun jazo tayinlash va boshqalar; 
g) harbiy-huquqiy normalar – armiyani tuzish, uning qo’mondon tarkibi va ta’minoti, 
harbiy xizmat va xizmatchilarni moddiy-ma’naviy rag’batlantirish, harbiy guruhlar, 
to’plar va bo’limlarni tuzish kabi masalalarni o’z ichiga oladi. 
Yuqoridagilarga asoslanib, D.I.Logofetning Turkistonda g’arbiy Yevropadan 600-
500 yil oldin Konstitusiya vujudga kelgan, degan fikrni ham adolatli deb bilamiz. 
«Tuzuklar», bundan tashqari, XIV asrning ikkinchi yarimiga oid ijtimoiy-siyosiy 
voqealarni o’rganishda qo’l keluvchi Temur saltanati, uning davlat tizimi, 
boshqarilishi, sud qurilishiga oid juda muhim qoidalar va ma’lumotlarni o’zida aks 
ettirgan tarixiy hujjatdir. Yoki, yuridik tilda aytganda, ma’muriy-siyosiy va harbiy 
Kodeksdir. Uning tuzilishiga kelganimizda, ikki qism (ikki maqola)dan iborat bo’lib, 
birinchi qismi tarjimai hol xarakteriga ega. Bunda 150 yil davom etgan mo’g’ul-
chig’atoy sulolasining istibdodidan qutulish, O’rta Osiyodagi markazlashgan davlatni 
tuzish bilan bog’liq ijtimoiy-siyosiy voqealar bayon etiladi.
Ikkinchi qismida

Download 4,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish