129
mazkur tarixiy manbaga past nazar bilan qarab, uning muallifi Amir Temur ekanligini
shubha ostiga qo’yadi. O’zining 1918 yilda chop ettirgan «Ulug’bek va uning davri»
asaridagi, shuningdek, 1928 yilda chop etilgan «Mir Alisher va siyosiy hayot» nomli
asarlarida ham bu fikrni davom ettiradi. «Temur tuzuklari» qalbaki bo’lib, XVII asrda
Hindistonda bitilgan degan fikrni ilgari suradi. Bunda u hujjatli dalillarni keltira
olmasdan: «Agar Amir Temur chindan ham Qozog’on janglarida qatnashganda,
rasmiy tarix bu haqda bilgan bo’lur edi», – deyish bilan chegaralanadi. Ko’rinib
turibdiki, V.V.Bartoldning «Tuzuklar»ga bergan bahosi asosida uning quyidagi ikki
xulosasi yotadi:
1. Tuzuklarning «Tarjimai hol» qismida keltirilgan 1360 yilgacha bo’lgan
voqealarda, ya’ni Amir Temur va otasi Tarag’ay Bahodirning amir Qozog’on olib
borgan janglarda qatnashganligi to’g’risida rasmiy tarixlarda hech qanday ma’lumot
yo’q.
2. Bunday asar yozish XV asrdagi Eron uchun mutlaqo xos emas. Bu o’rinda
haqiqatan ham V.V.Bartold haq. Zero, «Tuzuklar» tuzish Eron uchun emas, balki
azal-azaldan Turon, Turkiston uchun xos an’ana bo’lgan.
Ushbu manba Eronda emas, Turkistonda vujudga kelgan. Buning isboti uchun VI-
VII asrlarga taalluqli Xitoy manbalaridagi Samarqand ibodatxonasida saqlangan Turk
qonunnomasi haqidagi ma’lumotlarga e’tibor bersak bas.
Amir Temurning Oltin O’rda xoni To’xtamishxon ustidan erishgan g’alabalari rus
xalqining mo’g’ullar zulmidan kutulishi borasidagi harakatida ijobiy rol
o’ynaganligini tan olgan rus tarixchisi A.Yu.Yakubovskiy ham V.V.Bartoldning
fikriga suyangan holda «Tuzukoti Temur»ning avtobiografik
xarakterdagi asar
emasligi, balki XVII asrda Hindistonda yozilganligi va uning XV asrdagi Eron
madaniyati uchun (?) xarakterli emasligi hozirgi vaqtda aniqlangan, degan noto’g’ri
fikrni beradi. Binobarin, M.I.Ivaninning «Chingizxon va Temurlang davrlarida
mo’g’ul-tatarlarining va O’rta Osiyo xalqlarining harbiy san’ati va istilolari» (SPb.,
1875) kitobini yozishda Temur tuzuklaridagi ma’lumotlar asos bo’lganligini ko’rsatib:
«Temurning harbiy tashkiloti haqida bu asosda aytilgan fikrlar tarixiy aniq material
bo’la olmaydi», – deb yozadi. Ammo bu katta olimning o’zi boshqa tarixiy
manbalarda keltirilgan va aynan Temur tuzuklariga zid bo’lgan biror ma’lumotni o’z
fikrining isboti sifatida keltirolmagan.
Amir Temur shaxsiga va uning faoliyatiga bunday munosabat, albatta, hamma rus
yoki sobiq sho’rolar tarixchilarining qarashlariga xos emas. «Temurday
buyuk shoh
va inson xotirasiga munosabatni ko’rib achinib ketasan, – deb yozgan edi O’rta
Osiyoni tadqiq etgan olimlardan D.N.Logofet – axir u o’zining xalqini taraqqiyotning
yuqori bosqichiga olib chiqqan, o’z davrining o’ta madaniyatli vakili edi... Biz esa
Osiyo tarixiga taalluqli dalillarni bilmay, bilishga ham qiziqmay, uni yovvoyi
deymiz».
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida yashagan ma’rifatparvar
olim Ahmad Donish
Amir Temur shaxsi va faoliyatiga hamda uning «Tuzuklar»iga yuksak baho bergan
edi. Jahon tarixida har ming yillik yoki yuz yilliklarda birin-ketin uni yangilovchilar
dunyoga kelib turadilar, xuddi shuningdek, bir eraning tamom bo’lishi, boshqasining
boshlanishidir. Qachonki, jahon yilnomalari ming yillik va yuz yilliklarga to’g’ri kelar
ekan, musulmonlar orasida, albatta, Yupiter, Merkuriy va Zuhro yulduzlarining
xislatlarini o’zida mujassamlashtirgan, din va imonni yangilovchi insonlar va ana
130
shunday xislatlarni o’zida gavdalantirgan davlat boshliqlari hamda ularga yordam
beruvchi kishilar dunyoga keladi.
Agar chuqurroq nazar tashlasak, har bir kasb-
hunarda, san’atda shunday yangilovchilarni ko’rasan, odatda esa kishilar bularga
e’tibor qilmaydilar. Biz uchun barcha ming yillik va yuz yilliklarning
yangilovchilarini aniqlash muhim emas. Kim buni xohlasa, «Tuzuki Temuriy»dan
aniqlashi mumkin», – deb yozadi olim.
Amir Temur Ko’ragoniyning o’zi sakkizinchi yuz yillikning (hijriy
Do'stlaringiz bilan baham: