O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxus ta’lim vazirligi



Download 4,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/95
Sana24.12.2022
Hajmi4,89 Mb.
#895505
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   95
Bog'liq
665d15552373695b753792f5454b7a8a AMIR TEMUR DAVLATINING JAHON TARIXIDA TUTGAN O’RNI QO’SHIMCHA FANINING O’QUV- - USLUBIY MAJMUASI (1)

 
g’oyani o’z fikrida 
tahlil qilganida masalaning hamma tomonini
 
hisobga olar edi. Unda o’zgalar fikrini 
eshita olish va qabul qila olish qobiliyati bor edi. 
Ko’rinadiki, Temurning siyosiy tamoyili markazida inson turadi. Temur o’z 
davrida saltanat manfaatini xalq manfaatiga bo’ysundira olgan davlat rahbari edi.
Temur siyosiy qarashlari tizimining yana bir muhim tomoni shundan iboratki, u 
har bir siyosiy masalani hal etishdan oldin shu sohaning bilimdon odamlari, olimlari 
bilan maslahatlashib, so’ngra qaror qilar edi. Uning olimlar bilan qiladigan 
maslahatlari turli shakl va darajada bo’lardi. 
Shuni ham aytib o’tish kerakki, XIV-XV asr mutafakkirlari o’z ijodlari va 
g’oyaviy karashlarida adolatli va ma’rifatparvar shohning eng oliy sifati qilib, birlari 
adolatni ko’rsatsalar, boshqalari aqlni, uchinchi toifadagilar esa - axloqiy sifatlarni 
ko’rsatganlar.
 
Shunisi qiziqarliki, agar ular o’zlarining «Ideal davlat» nomli g’oyaviy 
xayolotini nazariy jihatdan ta’riflagan bo’lsalar, XIV asrga kelib, Amir Temur uni 
amalda qo’llay oldi va o’zida buxislat va xususiyatlarni mujassamlashtirgan adolatli 
hukumdor sifatida maydonga chiqdi. 
O’z saltanati siyosatini tasavvuf asosiga qurgan Temur adolat bayrog’ini baland 
ko’tarib, xalqni quruq qonun-qoidaga emas, balki insoniy tartib-intizomga 
bo’ysunishga chaqirgan. Chunki Temur insoniy tartib-intizomga ilohiy tus berib, uni 
muqaddas deb biladi va shuning uchun ham yomonlikni maqsad qilgan kishilarni 
jilovlovchi va yaxshilik yo’lida jafo chekuvchilarni quvvatlovchi har qanday podsho 
va hokimga bo’ysunish kerak, deb hisoblaydi. 
Temur, prof. S.K.Karimovning fikricha, tasavvufning rivojlanishini yangicha 
xususiyat bilan boyitgan va uning dunyoviylik ahamiyatini yanada kengaytirgan. 
Amir Temur har gal Qur’oni Karimdan so’ng payg’ambarimiz Muhammad 
alayhissalomning muborak nomlarini hadsiz hurmat-ehtirom bilan tilga oladi, ul 
hazratning sahobalarini va avlodlari – saidlarni o’zining yagona va eng yaxshi do’sti 
deb biladi. Shunisi muhimki, Amir Temur jahonning katta qismini fath etib, xoqon 
bo’lganida ham islomga taalluqli ishlarni dunyoviy ishlardan ustun qo’ydi. Bu haqda 
u shunday yozadi: «Avval Tangri taolo toatini ado etib bo’lgandan keyingina kundalik 
ishlarga qo’l urdim». 
Yoki: «Men o’n ikki narsani o’zimga shior qilib olib, saltanat martabasiga 
erishdim... davlat va saltanatimga bog’langan mening birinchi tuzugim Tangri-
taoloning dini va Muhammad Mustafoning shariatiga dunyoda rivoj berdim, har erda 
va har vaqt islom dinini quvvatladim, chunki uning shariat va dini oyinga asoslangan, 
uning metin poydevori ustida qurilgan saltanat tartibotlari musulmon xalqi tomonidan 
tez tushunilgan hamda ijro etilgan. Raiyat (xalq)dan uzoq, islomiy talablarga 
tayanmaydigan podsholikning halokati yaqin bo’lganidek, din va shariat zaiflashgan 


121 
yurtda ulug’ a’mollar xor etiladi, adolat oyoqosti qilinadi, jabr-zulm, fisqu fasod 
kuchayib ketadi.
Mazkur aqidadan kelib chiqqan Amir Temur yozadi: «Qaysi mamlakatda dindan 
qaytishlik (ilhod) va zindiqlik (xudosizlik, dinga ishonmaslik) kuchaysa va u 
diyorning aholisi, sipohu raiyati turli maslakka kirib, ittifoqlari buzilsa, u 
mamlakatning halokati yaqindir». Shu kunlargacha ham Amir Temurning tasavvuf 
tariqatlariga munosabatini belgilashda yagona fikr yo’q. Birov uni futuvvatchi desa, 
boshqasi Yassaviya, ayrimlari Naqshbandiya ixlosmandi sifatida yoritadilar va 
baholaydilar. 
«Komil ishonch bilan aytishimiz mumkinki, – deb yozadi iqtisodchi olim 
Z.Salohiddinov, – Amir Temur shaxsi, uning tarixiy jasorati futuvvatchilik ta’limoti 
bilan sug’orilgan el-ulus ichidan unib chiqdi, o’sdi, ulg’aydi. Zotan Temurning 
ijtimoiy kelib chiqishi ham oliy hukmron tabaqaga mansub bo’lmay, u aslida raiyatga 
yaqin o’rta amaldor namoyandasi edi. Shu bois, Temur Javonmardlik qoidalariga 
amal qilib, umrining oxirigacha kamtarona amirlik darajasi bilan qanoatlandi». 
Darhaqiqat, Amir Temurning amaliy faoliyatida jo’mard-lik tariqati qoidalariga 
qatiy rioya etganligi, futuvvatchi-larning barcha xislat-fazilatlarini o’zida 
mujassamlashtir-ganligini isbotlovchi dalillar uning hayoti va faoliyatida juda ko’p. 
Bunga «Tuzuklar»dan ko’p misollar keltirish mumkin. Ularning nazdida dunyo 
boyligi emas, inson qadri ustun turgan. Shuning bilan birga, Temur tasavvufning 
Yassaviya tariqatiga ixlosi baland bo’lganligi haqida ham dalillar bor. Buning sababi 
bir tomondan «... Yassaviya ta’limoti o’zining mustahkam intizomi, pok islomiy-
mazhabiy, irfoniy-tasavvufiy g’oyalari bilan Turkiston xalqlarini mo’g’ullar zulmi va 
istibdodiga qarshi jipslashtirib tarbiyalab borgan»ligida bo’lsa, ikkinchi tomondan, 
Amir Temur Ko’ragon, Xo’ja Ahmad Yassaviyning (1166-1167 yilda vafot etgan) 
avliyolik martabasidan ma’naviy, ruhiy oziq, kuch olib kelganligidadir. 
Yirik jang va tadbirlar oldidan, jumladan, Sulton Boyazidga qarshi yurish 
boshlaganida Qur’ondan, shuningdek, Shayx Ahmad Yassaviiy maqomotidan ham 
ruhiy quvvat izlab, fol ochgan. Bu haqda Nabijon Mahdum Xotif Xo’jandiy 1836-
1837 yillarda tarjima qilgan «Tuzuki Temuriy» («Zafarnoma») asarida shunday 
deyiladi: 
Va tangri bashoratidan biri bul erdiki, o’shal vaqtki Rum poytaxti tomon yuzlanib, 
hazrat Shayx Yassaviy maqomotidan fol ochdim. Bul bashorat bo’ldikim, har urushda 
mushkul yuzlansa, bu ruboiyni o’qungiz. Ruboiy: 

Download 4,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish