7. MS PowerPoint da malakaviy ish himoyasi taqdimotini tayyorlash. MS PowerPoint da taqdimotni tuzish jarayoni quyidagi harakatlardan iborat:
taqdimotni umumiy bejash usulini tanlash;
slaydlarning mazmuniy o’lchamlarini tanlash;
yangi slaydni va uning tarkibiy qismlarini qo’shish;
slayd xajmiy o’lchamlarini tanlash;
slaydlarga bezashda zarur bo’lgan o’zgarishlar kiritish;
slaydlarni ko’rsatishda tovushli animasiya jihatlarini yaratish.
Taqdimotni tayyorlash jarayonida Microsoft PowerPoint da ko’rsatilayotgan ma’lumotlar bitiruv malakaviy ishini mazmuni va mohiyatini, natijalari, xulosalarini, takliflarini aks ettirishi lozim.
Taqdimot quyidagi tavsiflarga ega bo’lishi kerak:
slaydlar soni (7 – 10 ta);
slaydlarning mazmuniy o’lchamlari;
birinchi slayd malakaviy ishning mavzusi, obekti, bajaruvchi talaba. Ilmiy rahbar va ish bajarilgan kafedra hamda oliy o’quv yurti to’g’risida to’liq ma’lumot berishi zarur;
ohirgi slayd ma’lumotlar manbalari tavsifiga bag’ishlangan;
qolgan slaydlar loyiha mazmunini erkin shaklda ifodalaydi;
texnik bajarilishi.
Slaydlar avtoko’rinish tartibida yoki sichqoncha yordamida namoyish etiladi.
Eng kamida 3 ta animasiya jihatlari va 1 ta ovoz jihatidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Har bir slayd birinchi varaqga qaytish tugmachasiga ega.
Kamida ikkita slaydda Word hujjatlarida ma’lumot berilishi mumkin.
8. Bitiruv malakaviy ishlar annotasiyasini tayyorlash va chop etish. Universitet bo’yicha tayyorlanayotgan bitiruv malakaviy ishlar mazmuni va moxiyati bilan qisqa muddatlarda tanishib chiqish maqsadida, ularning muallif annotasiyalarini yozilishini va chop etilishini uslubiy jixatdan ishlab chiqish katta axamiyat kasb etadi.
Bitiruv malakaviy ishi muallifning annotasiyasi - uning qisqacha umumlashtirilgan mazmuni xisoblanadi. Annotasiyaga qo’yiladigan asosii talab - bitiruv malakaviy ishi mazmunini aniq va ravshan bayon etish.
Muallifga annotasiya matnining quyidagi ketma - ketligi tavsiya etiladi:
mavzuning dolzarbligi;
ishning maqsadi va vazifalari;
tadqiqot obekti va predmeti;
tadqiqot uslubiyati va uslublari;
tadqiqot natijalarining ilmiy jixatdan yangilik darajasi;
tadqiqot natijalarining amaliy axamiyati va tadbiqi;
ish tuzilishi va tarkibi;
bajarilgan ishning asosiy natijalari;
xulosa va takliflarning qisqacha umumlashgirilgan ifodasi.
Mualliflik annotasiyasiga asosan korxona va tashkilotlar ushbu bitiruv malakaviy ishni tayyorlagan talabani ishga taklif etishi mumkin.
Muallif annotasiyasi A4 formatdagi oq qog’ozning ikki tomoniga kompyuterda bosilishi lozim. Annotasiya 1,5 intervalda 2 bet xajmida bosiladi. Annotasiyani chop etishda Microsoft Word matn muxarriri va 14 o’lchamli Times New Roman shriftidan foydalanish zarur.