Bitiruv malakaviy ishlarning mavzusini tanlash
Malakaviy ishlar mavzusi mutaxassis chiqaruvchi kafedra tomonidan belgilanadi va oliy o’quv yurti yoki fakultetning ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Malakaviy ishlar mavzusining yillik ro’yxati bitiruv amaliyoti boshlanishiga qadar yoki bitiruv kursining boshida e’lon qilinadi.
Malakaviy ishni bajarishda talabaning kurs ishi, keys stadiylar, vaziyatli o’yinlar, loyixalar tayyorlash mobaynida orttirilgan tajribasi katta ahamiyatga ega. Shu bois ilmiy izlanishlarni uzviyligini ta’minlash maqsadida talabalarga o’z tanlab olgan mavzulari bo’yicha kurs ishi yozish, keys stadiy tayyorlash, vaziyatli o’yinlar o’tkazish, malakaviy ish yozishga sharoit yaratish lozim.
Talabalarga malakaviy ishlarning mavzularini tanlash huquqi beriladi. Talaba yoki talabaning o’qishi uchun to’lov kontrakt mablag’ini to’lovchi buyurtmachi zaruriy asoslar bilan malakaviy ishlar mavzusi bo’yicha o’z variantlarini taklif etishlari mumkin. Korxonalar buyurtmasi asosida tayyorlanadigan bitiruv malakaviy ishlarning afzalligi shundan iboratki, korxona talabalaga ilmiy izlanish olib borishiga to’liq sharoit yaratadi hamda kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Shu bilan birga muallif tomonidan tavsiya etilayotgan takliflarni ishlab chiqarishga joriy etishga barcha shart sharoitlar yaratadi va ilmiy izlanishlar natijasidan manfaatdor bo’ladi. Ilmiy izlanishlar natijalari tadbiq etilganligi haqida kerakli dalolatnomani beradi (ilova № ).
Malakaviy ish mavzusi va raxbarni talabaga biriktirish kafedraning taqdimnomasi bo’yicha rektorning buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
Malakaviy ish rahbari, ishning mavzusiga muvofiq, talabaga malakaviy ishga tegishli materiallarni to’plash bo’yicha (jumladan, malakaviy amaliyot o’tkazish davrida xam) topshirik, beradi(ilova ). Topshiriq malakaviy ish bilan birgalikda Davlat attestasiya komissiisiga taqdim etiladi.
Malakaviy ish mavzusini tanlash talaba uchun o’ta muhim hisoblanadi. To’g’ri tanlangan mavzu talabaga 50%dan ziyodga ishni muvaffaqiyatli bajarishga sharoit yaratadi. Malakaviy ishlar mavzusi odatda zamonaviy, ilm va texnikaning dolzarb, kam o’rganilgan masalasiga bag’ishlanadi.
Mavzuni to’g’ri tanlashga quyidagi ishlar yordam beradi:
bitiruv malakaviy ishlar mavzulari kataloglari bilan tanishish;
soha bo’yicha ilmiy konferensiya va seminarlar tezislari to’plamlari bilan tanishish;
soha bo’yicha ilmiy jurnallardagi maqolalar bilan tanishish;
soha bo’yicha ilmiy adabiyotlar bilan tanishish.
Bu jarayon quyidagicha amalga oshirilishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |