Magistrlik dessertatsiyasi ishi mavzusini tanlash bo’yicha
ASOSNOMA
Tadqiqotchining F.I.O.: Tojiboyeva Dilafro’z Nuriddin qizi
Bajarilishi rejalshtirilayotgan dessertatsiya ishi mavzusi: “Algebralar mavzusini Flipped learning texnologiyasi asosida o’qitish metodikasi”
Ixtisoslik shifri: 5A1110101- Aniq va tabiiy fanlar o’qitish metodikasi (matematika)
Dissertatsiya ishi bajarilayotgan fan tarmog’i: Matematika o’qitish metodikasi
Ilmiy rahbar: p.f.d.dotsent D.I.Yunusova
Ish bajariladigan tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti
E-mail: dilfroztojiboyeva@gmail.com
1.Mavzuning dolzarbligi: Oliy ta’limdagi AKT tizimini shakllantirish va rivojlantirishda malakali kadrlarni qayta tayyorlash, yangi ehtiyojlardan kelib chiqib mutaxassislarni tayyorlash , ta’lim tizimini shakllantirish, yangi kadrlarni tayyorlashda sifatga bo’lgan talablarni takomillashtirish, bilimlarni tovarga aylantirish jarayonini jadallashtirish muhim hisoblanadi.Shuningdek ta’lim jarayonida AKTdan foydalanish shaxsning intelektual va ijodiy qobiliyatining rivojlanishiga, jamiyatning har bir a’zosining o’z malakasini oshirishi va faoliyat sohasini o’zgartira olishiga, qulay ta’lim olish uchun shart-sharoitlar yaratish samarasini oshirishga, ta’lim resurslaridan samarali foydalanishga imkon beradi.Shuning uchun ham bu boradagi nazariy, uslubiy va boshqa jihatlarni davr talablari asosida takomillashtirilishi bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligini unutmasligimiz kerak. Aynan matematika sohasiga juda katta e’tibor qaratilmoqda, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “Matematika sohasidagi ta`lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ta`limning barcha bosqichlarida matematika fanini o`qitish tizimini yanada takomillashtirish, pedagoglarning samarali mehnatini qo’llab-quvvatlash, shu bilan birga matematika sohasidagi ta`lim sifati va ilmiy–tadqiqot samaradorligini oshirishga” qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko`rsatmoqda.[2]Shuningdek, sifatli ta’lim berish, ta’lim olishni yaxshilash va o’zlashtirish natijalarini baholash usullarini takomillashtirish” kabi dolzarb vazifalar belgilandi. Shunday ekan, ta’lim tarbiya jarayonla texnologiyalaridan foydalanishni keng joriy etish muhim va dolzarb vazifalardan biridir. Bu vazifalarni amalga oshirish ta’lim muassasalarida kompyuter texnologiyalari asosida o’qitish tizimini rivojlantirish va elektron ta’lim tizimlarini yaratishni jadallashtirishdan iboratdir.
Mavzu respublikada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo’nalishlariga mos.
Ishning davlat dasturlari va ilmiy- tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liq.
Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi- Oliy ta’lim muassasalarida fanlarni o’qitish va o’quv mashg’ulotlarini pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar asosida loyihalash muammolari respublikamizda D.I.Yunusova, A.Abduqodirov, A.Axmedova, G.A.Yusupova, S.Qo’chqorova va boshqalar tomonidan tadqiq etilgan. Shuningdek, pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishni takomillashtirish borasidagi muammolarni hal etish masalasi xorijlik O.D.Fedotova, E.A.Nikolaeva,Sara-Arnold-Garza va boshqa olimlarning tadqiqotlarida aks etgan. Biz tadqiqot ishini shakllantirishda ushbu manbalardan metodologik asos sifatida foydalandik.
Tadqiqotning obekti - pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “Algebra va sonlar nazariyasi” o’quv fanining "Algebralar’ bo’limini o’qitish jarayoni.
Tadqiqotning predmeti – “Algebralar” mavzusini Flipped learning texnologiyasi asosida o’qitish mazmuni, shakli va vositalari.
Tadqiqot maqsadi – pedagogika oliy ta’lim muassasalarida Algebra va sonlar nazariyasi o’quv fanining “Algebralar” mavzusini Flipped learning texnologiyasi asosida o’qitish imkoniyatlarini aniqlashtirish.
Ishning ilmiy yangiligi-1.Pedagogika oliy ta’lim muassasalari matematika fanlari, jumladan “Algebralar” mavzusini Flipped learning texnologiyasi asosida o’qitish imkoniyatlari aniqlangan.
2.“Algebralar” mavzusi bo’yicha ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarни Flipped learning texnologiyasi asosida tashkil etish jarayoni loyihalashtirilgan.
9. Bajarilishi kutilayotgan tadqiqot ishlari rejasi:
ISHNING UMUMIY TASNIFI
KIRISH
I BOB. OLIY TA’LIM TIZIMIDA FLIPPED LEARNING TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1 Blended learning texnologiyasi va uning modellari
1.2 Ta’limda Flipped learning texnologiyasi
1.3 Oliy ta’lim muassasalarida “Algebra va sonlar nazariyasi” fanining o’qitilish holati
II-BOB
2.1 Flipped learning texnologiyasi asosida ma’ruza mashg’ulotlarini tashkil etish metodikasi
2.2 Flipped learning texnologiyasiga asoslangan amaliy mashg’ulot loyihasi
2.3“Algebralar” mavzusiga oid didaktik ishlanmalar.
III BOB. PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV ISHLARI VA UNING NATIJALARI
3.1 Pedagogik tajriba-sinov ishlari bosqichlari
3.2 Pedagogik tajriba-sinov natijalarining matematik-statistik tahlili
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
Ilmiy kengash raisi:
JDPI rektori prof. Sh.Sharipov
Ilmiy kengash kotibi:
Ilmiy rahbar: p.f.d dotsent D.I.Yunusova
Magistrant: Tojiboyeva Dilafro’z
Do'stlaringiz bilan baham: |